Xodimlarga berilgan avanslar hisobi va xodimning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzi hisobi



Download 468,61 Kb.
Sana05.06.2022
Hajmi468,61 Kb.
#639503
Bog'liq
Xodimlarga berilgan avanslar hisobi va xodimning boshqa (1)

Xodimlarga berilgan avanslar hisobi va xodimning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzi hisobi

Bajardi: MMT-86 Oqbo’tayev Jasurbek


Xodimlarga berilgan bo‘naklarning hisobi
Korxonalar o‘zlarining xodimlariga turli maqsadlarda bo‘nak tariqasida mablag‘larni berishlari mumkin, masalan ish haqi bo‘yicha, qiladigan safari bo‘yicha, tayyorlov maqsadida va boshqa maqsadlarda. Bunday debitorlik qarzlari bo‘yicha hisobkitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
4210 “Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar” – bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga ish haqi bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga ish haqi bo‘yicha bo‘naklar kassadan to‘lov qaydnomalari asosida beriladi. Umumiy berilgan bo‘nak summasiga to‘lov qaydnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan avanslar “
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar oy oxirida xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va jami hisoblangan ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar»
Kredit 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar “
Xodimlarga ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi
4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga xizmat safarlari bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga xizmat safarlari bo‘yichabo‘naklar korxona rahbarining xizmat safari to‘g‘risidagi buyrug‘i, xizmat safari uchun ketadigan sarf-harajatlarning dastlabki hisob-kitoblari asosida hisoblanadi va kassadan to‘lov qaydnomalari yoki chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak summalariga kassa hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar»
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisobotiga asosan yopiladi, ya’ni:
Debet 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» yoki 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»,
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 «Ma’muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-
1090 «Materiallar schyotlari» va boshqalar
Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar»
Agar berilgan bo‘nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisoboti summasidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda ortiqcha berilgan summa korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa» Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar»
Xodimlarga xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi
•4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar» - bu aktiv schyot
korxonaning o‘z xodimlariga umumxo‘jalik harajatlari uchun hisobot davri ichida bergan
mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Bunday bo‘naklar,
odatda, mayda xo‘jalik buyumlarini naqd sotib olish va uchun xo‘jalik ishlari bo‘yicha
moddiy javobgar bo‘lgan shaxslarga beriladi. Xodimlarga umumxo‘jalik maqsadlaridagi
bo‘naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak
summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda
e’tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisobotiga asosan yopiladi, ya’ni:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420
«Ma’muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari» va boshqalar
Kredit 4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Agar berilgan bo‘nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisoboti
summasidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda ortiqcha berilgan summa korxona kassasiga
qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa»
Kredit 4230 “ Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Xodimlarga umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklarning analitik hisobi
har bir xodim bo‘yicha olib boriladi
•4290 « Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar» - bu aktiv schyot korxonaning
o‘z xodimlariga yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan maqsadlar uchun hisobot davri
ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Bunday
avanslar bo‘lib, masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mollarini bozorlardan sotib
olish, ish joylari korxonaning ma’muriy binosidan uzoq joylarda joylashgan
xodimlarning ish haqlarini tarqatish , telefon-telegraf harajatlarini to‘lash uchun berilgan
bo‘naklar hisoblanadi.
Xodimlarga bunday bo‘naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi
buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4290 «Xodimlarga berilgan boshqa avanslar »
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda
e’tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisobotiga asosan yopiladi, ya’ni:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420
«Ma’muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari»,1100
«boquvdagi va o‘stirishdagi mollar», 6710 « Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisobkitoblar» va boshqalar
Kredit 4240 «Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar »
Agar berilgan bo‘nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisoboti
summasidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda ortiqcha berilgan summalar yuqorida keltirilgan
tartibga o‘xshab korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab
qolinadi
Xodimlarga berilgan avanslarning analitik hisobi ushbu schyot bo‘yicha ham har
bir xodim bo‘yicha olib boriladi

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 468,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish