Mavzu: Avtomobil kuzovini ta`mirlash ishlari uchun kerakli texnologik jihozlar


Kuzovlarga texnik xizmat ko`rsatish



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana31.03.2022
Hajmi1,67 Mb.
#520952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
avtomobil kuzovini tamirlashda ishlatiladigan texnologik jihozlar

Kuzovlarga texnik xizmat ko`rsatish.
KTXK da platforma bortlarining
eshiklarning qulflari va oyna ko`targichlarning ishga yaroqliligi, orqani ko`rsatish 
ko`zgusining o`rnatilishi, qishda
 
esa isitish tizimining ishga yaroqliligi tekshiriladi; 
kabina va platforma tozalanadi, avtomobil yuviladi, radiator qoplamasi, kapot, 
qanotlar, kabina devorlari va oynasi hamda nomer belgilari artiladi. 



1-TXK da bu ishlarga qo`shimcha ravishda oyna tozalagichlarning ishlashi,
brizgovik va qanotlarning mahkamlanishi, platformaning avtomobil ramasiga 
mahkamlanishi, kuzov bo`yog`ining, suyanchiq va o`rindiqlar qoplamalarining holati 
tekshiriladi. 
2-TXK da 1-TXK da bajariladigan ishlarga qo`shimcha ravishda kabinaning 
ramaga mahkamlanishi tekshiriladi, (qanotlar, oyoq qo`yadigan zinapoyalar, 
brizgoviklar, yonilg`i baklari kronshteynlarga va kronshteynlar esa ramaga 
mahkamlanadi, kuzov ilgaklari va qulflari moylanadi. 
 
 
 
 
 
 
 



ASOSIY QISM 
Kuzov, kabina va qanotlarning yaxlit metalldan payvandlab ishlangan 
korpuslarini ta`mirlash. 
Kuzov va kabinalarni qismlarga ajratish.
Avtomobil birga sirtlari yuvilgan 
kuzov va kabinalar shassidan ajratib olinadi va avval qisman qismlarga ajratiladi, 
bunda korpusni ichki va tashqi tomonlardan berkitib turuvchi barcha detallar olinadi. 
Olingan detallar holatiga qarab komplektlash, ta`mirlash yoki util omboriga tushirish 
uchun tegishli ishlab chiqarish uchastkalariga jo`natiladi. 
Kuzov (kabina) korpusidan eskirgan bo`yoq qo`lda metall qirg`ich va 
cho`tkalar yordamida yoki bo`yoqni ketkazuvchi pasta va suyuqliklar ishlatib 
kimiyoviy usul bilan yoxud pitra otish usulini qo`llab ketkaziladi. Oxirgi usul lok-
bo`yoq pardani yuzadan tozalab tushiradi va bo`yaladigan kuzov yuzasini oldindan 
sifatli qilib bo`yashga tayyorlashga mos keluvchi g`adir-budurlik hosil qiladi.
Kuzov (kabina) butunlay detallarga ajratilmaydi, chunki uning ko`p qismi 
payvandlab yasalgan. Kuzovni (kabinani) tekshirish va zarur bo`lganda tutib turuvchi
hamda boshqa shikastlangan elementlarini almashtirish mumkin bo`ladigan darajada 
qismlarga ajratiladi. Panellarni biriktirib turgan boltlar burab olinib, nuqsonli
payvandlanadigan joylari qirqiladi, parchinlangan choklari parchin mixlar
kallaklarini olib tashlab, ajratiladi. Ko`zdan kechirish mumkin bo`lgan detallar 
birikmasi shikastlanmagan bo`lsa, qismlarga ajratilmaydi. 
Kuzovlar (kabinalar) korpuslarining asosiy nuqsonlari: korroziyalanib 
shikastlanadi; deformatsiyalanadi, pachoqlanadi, eziladi, teshiladi va yirtiladi; payvand 
birikmalar yemiriladi; toliqib darz ketadi; ishqalanish oqibatida material yupqalashadi; 
detallar mahkamlanadigan joylardagi rezbalar shikastlanadi. 
Detallarning geometrik o`lchamlariga qarab ularning yaroqliligini aniqlash 
imkonini beruvchi nazorat andaza va konduktorlar yordamida kuzovlarning (kabinalar) 
nuqsonlari aniqlanadi. O`tqazish joylari shikastlangan detallar, to`g`rilab tiklashning 
iloji bo`lmagan deformatsiyalangan detallar, shuningdek korroziya natijasida ko`p 
yemirilgan detallar yaroqsizga chiqariladi. Detal qisman korroziyalangan bo`lsa, u 
tiklanadi. 



Kuzovlarni (kabinalar) qismlarga ajratish, nuqsonini topish va ta`mirlash qulay 
bo`lishi uchun stendlardan foydalaniladi. Kabina stendning buriladigan ramasiga 
o`rnatilib, ikki joyidan mahkamlanadi. Kabinani ta`mirlashda u dasta yordamida 
A-A 
o`qi atrofida aylantiriladi va uning holati stopor
 
bilan qotirib qo`yiladi.
Kuzovlar (kabinalar) va qanotlarning shikastlangan joylarini bartaraf etish. 
Kuzovlar (kabinalar) va qanotlarni tiklash texnolognk jarayoni mahlum tartibda 
bajariladigan operatsiyalarni o`z ichiga oladi. 
Kuzov va kabinalarning deformatsiyalangan korpuslarini kuch gidrotsilindrlari 
bilan tahminlangan stendlarda yoki uzaytirgichlar to`plami yordamida qisman 
to`g`rilanadi. Kuzov korpuslari ko`p deformatsiyalanganda qizdirib to`g`rilash, kam 
deformatsiyalanganda esa sovuqlayin to`g`rilash usuli qo`llaniladi. Dastlabki 
to`g`rilash payvandlash ishlari boshlanishi oldidan bajariladi, chunki uzaytiruvchi kuch 
qo`llanilganda detal darz ketishi yoki yorilishi mumkin. Bu nuqsonlar payvandlab 
bartaraf etiladi. 
Kuzovlar va kabinalarning shikastlangan joylari gaz payvand yordamida kesib 
yoki pnevmatik yuritmali «qaldirg`och dumi» shaklidagi keskich bilan kesib olib 
tashlanadi. Kesishdan oldin shikastlangan joylar andazalar yordamida bo`r bilan 
rejalanadi, andazalar shakli qo`shimcha ta`mir detallariga mos kelsada, biroq ulardan 
har tomonga 25 mm kichikdir. 
Qo`shimcha ta`mir detallarini tayyorlash odatda varaq prokatni belgilashdan 
boshlanadi. Unga detalning tashqi konturi, ichki kesmalar konturlari va teshiklar o`rni 
chiziladi, shuningdek bukish joylari ham ko`rsatiladi. Varaq prokat to`g`ri va doira 
pichoqlar bilan jihozlangan gilotina qaychida reja buyicha kesiladi. Zagotovkalarni 
tayyorlashning aniqroq va samaraliroq usuli prokatni gilotina qaychi va press-qaychida 
tayanchdan foydalanib rejasiz yoki quyma andazalar yordamida kesishdir. 
Zagotovkalarni bukish odatda universal bukish shtamplarida ekstsentrik yoki 
friktsiop presslarda, kamdan-kam hollarda esa profil bo`yicha
 
bukish dastgohlarida 
profillangan asbobdan foydalanib bajariladi. 



Havol fazoviy detallar qo`lda va urib chiqarish mashinasida, maxsus 
matritsalarda (qolip-bloklarda) qoliplab, bosqonlarda shtamplab, presslarda cho`zib 
tayyorlanadi. 
QTD dagi teshiklar presslarda andazalar yoki bo`lish-nusxa ko`chirish 
qurilmalari yordamida shtamplarda presslab ochiladi. Teshiklarni parmalab ochish
unumsiz va tejamsiz usuldir. 
Darzlar, teshiklar va yoriqlar gaz payvand yordamida yoki karbonat angidrid
gazi muhitida yoy yordamida payvandlab bartaraf etiladi. Darzning ko`payib 
ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun payvandlash oldidan uning uchlari parmalanadi, 
so`ngra payvandlanadigan joylar to`g`rilanadi. 
Payvand choklarni bolg`alash va tozalash payvandlanadigan joyni puxtalash, 
germetiklnkni yaxshilash hamda kuzovni zarur profilga keltirish maqsadida bajariladi. 
Bolg`alash uchun pnevmatik to`g`rilash bolg`asi va tirgaklar komplektndan 
foydalaniladi. Payvandlangan joylar pnevmatik yoki elektr jilvirlash mashinalariga 
o`rnatilgan jilvir toshlar yordamida tozalanadi. 
Kuzov va kabinalarni pardozlash ularga to`g`ri geometrik shakl va zarur g`adir-
budurlik berish uchun mo`ljallangan. Eyilgan va do`ppaygan joylar pnevmatik 
to`g`rilash bolg`alarida yoki qo`lda bartaraf etiladi. qoplamalar sirtidagi bir 
oz 
ezilgan 
joylar kavsharlab yoki plastik massalar bilan tekislanadi. 
Kuzov yoki kabinaning tekislangan joylari korroziya izlaridan, payvandlashda 
hosil bo`lgai kuyundi va g`uddalar pnevmatik yoki elektr jilvirlash mashinalari yoxud
elektromexanik cho`tkalar yordamida tozalanadi. Kuzov yoki kabina sirti ishqorli
eritma bilan yog`sizlantirilgach, suv bilan yuviladi, issiq havo bilan quritiladi,
keyin grunt qatlami surkaladi, shpaklyovkalanadi va pnevmatik yoki elektr jilvirlash
mashnnalari yordamida, shuningdek qo`lda pemza va jilvir qog`oz yordamnda 
jilvirlanadi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish