Mavzu: Avtomobil kuzovini ta`mirlash ishlari uchun kerakli texnologik jihozlar



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana31.03.2022
Hajmi1,67 Mb.
#520952
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
avtomobil kuzovini tamirlashda ishlatiladigan texnologik jihozlar



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
ANDIJON MASHNASOZLIK INSTITUTI 
“MASHINASOZLIK” fakulteti 
“YER USTI TRANSPORT TIZIMLARI” kafedrasi 
“TEXNOLOGIK JIHOZLAR VA ULARNING EKSPLUATATSIYASI” 
fanidan 
KURS ISHI 
 
Mavzu: Avtomobil kuzovini ta`mirlash ishlari uchun kerakli 
texnologik jihozlar. 
 
Bajardi:
“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishi 
4-kurs 081-11-guruh talabasi:_________________________ 
Tekshirdi:
N.Ikromov 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Andijon – 2015 yil 



MUNDARIJA 
 
KIRISH…………………………………………………………………………….3 
LOYIHANING MAQSAD VA VAZIFASI………………………………………5 
ASOSIY QISM……………………………………………………………………7 
KONSTRUKTORLIK QISMI…………………………………………………….13 
XULOSA…………………………………………………………………………..27 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………...29 
ILOVA………………………………………………………………………………30 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Bugun O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati zamonaviy texnologiyalar bilan 
jihozlangan qator korxonalarni o‘z ichiga oladi. Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, 
xorijnikidan aslo qolishmaydigan o‘ta sifatli ehtiyot qismlar va nozik detallar ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan turli yo‘nalishdagi ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil 
etildi. Bamperlar, pribor panellari, o‘rindiqlar, avtoemallar, germetiklar, avtomobil 
salonining ichki qoplash qismlari, glushitel, trubalar, balkalar ishlab chiqaradigan 
korxonalar shular jumlasidandir. “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining 
talablariga javob beradigan xususiy ishlab chiqaruvchilar esa turli xil boshqa ehtiyot 
qismlarni yetkazib bermoqda. 
Yurtimizda yengil avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgach, ularga 
xizmat ko‘rsatuvchi keng tarmoqli butun bir infratuzilma yaratildi. Xususan, joylarda 
ochilgan jahon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan, ilg‘or texnologiyalar bilan 
ta’minlangan, avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatuvchi ko‘plab shoxobchalar 
ishining yo‘lga qo‘yilgani yurtimizda bu soha jadal taraqqiy etayotganidan dalolatdir. 
Avtomobilsozlik sohasida ilg‘or tajribaga ega “General Motors” korporatsiyasi 
bilan hamkorlik aloqalari sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xodimlar 
malakasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun sharoit yaratish bilan bir 
qatorda iste’molchilarning tanlash imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda. “GM 
O‘zbekiston” mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatini va umuman yurtimiz 
iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. 
O‘zbekiston – avtomobilsoz davlat. Bu jahon hamjamiyati tomonidan ham 
yuksak darajada e’tirof etilgan haqiqatdir. Bularning barchasi, avvalo, istiqlolimizning 
sharofati, davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida uzoqni ko‘zlab, 
bosqichma-bosqich 
amalga 
oshirilayotgan 
izchil 
islohotlar 
berayotgan 
samaralardandir.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga 
qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Dastur ishlab 
chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 24 



milliard AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida 
ishlamoqdamiz. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari — 18,5 milliard dollarni, 
modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha 
loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Dasturga kiritilishi 
mo‘ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-gazni 
qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to‘qimachilik sanoati, qurilish 
materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalardan avvalo “GM-Uzbekistan” 
YoAJni aytib o’tish mumkin. Bu zavodda ishlab chiqarilayotgan Nexia, Damas, Matiz, 
Spark va Cobalt kabi avtomobillarining butlovchi qismlari mahalliylashtirish dasturiga 
kiritilgan bo’lib, 2009-2013 yillarda Nexia (N-150, Euro-3) 110000 ta ishlab 
chiqarilishi va mahalliylashtirish darajasi 54 % ni, Damas (B-150) 25000 ta ishlab 
chiqarilishi va mahalliylashtirish darajasi 51,1 %ni, Matiz (M-150, Euro-3) esa 75000 
ta ishlab chiqarilishi va mahalliylashtirish darajasi 52 % ni tashkil etishi mo’ljallangan. 
2013-yil yakunlariga ko’ra bu amalga oshirildi.




Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish