Mavzu: Axborot bilan ishlash Reja



Download 22,52 Kb.
bet1/5
Sana22.07.2022
Hajmi22,52 Kb.
#838934
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot bilan ishlash-3

Mavzu: Axborot bilan ishlash

Reja:


  1. Ilmiy va o'quv axborotlari bilan ishlash muammolari.

  2. Verbal axborotni qabul qilish.

  3. Regressiya muammosi.

  4. Artikulyatsiya muammosi.

  5. Ko'rish maydoni muammosi.



    1. Ilmiy va o'quv axborotlari bilan ishlash muammolari


Insoniyat qoldirgan axborot manbalari 6-7 ming yillik tarixga borib taqaladi. Shu bilan birga dunyoda har yili yuz mingdan ortiq nomdagi jurnallar chiqadi. Hozirgi vaqtda kelib axborotlar soni shunchalik ko'payib ketganki, saturatsiya muammosi paydo bo'lgan, ya'ni ilm-fandagi axborotlar hajmi insonning axborotni qabul qilish imkoniyatlaridan oshib ketgan.


Mashhur organik-kimyogar akademik A.N.Nesmeyanovning fikricha, agar olim har kun 24 soat faqat organik kimyoga oid axborotlar bilan tanishsa, u butun umri davomida atigi 20% axborot bilan tanishishga ulgurar ekan.
Demak, agar biz ilmli bo'lishni xohlasak bu muammoga jiddiy qarashimiz kerak. Bunga axborotni yetkazish tezligi va axborotni qabul qilish tezligi o'rtasidagi nomutanosiblikni ham qo'shadigan bo'lsak, muammo yanada chigallashadi.
O'quv jarayonining axborot manbalariga auditoriya darslari, o'quv va ilmiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, Internet va kundalik jonli muloqotlar kiradi. Talabalar ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari bo'yicha ilmiy va o'quv adabiyotlaridan ko'plab axborotlarni yozib oladilar va o'rganadilar. Axborotlarni og'zaki yetkazish tezligi ularni yozish tezligidan deyarli 10 barobar yuqori bo'lganligi sababli darsda barcha axborotlarni yozib ulgurib bo'lmaydi. Shuningdek, ma'ruza darsini ham diktantga aylantirib bo'lmaydi, aks holda 90% axborot yetkazilmasdan qolib ketadi. Agar axborotlar yuqori tezlikda berilishda davom etadigan bo'lsa, auditoriya bilan muloqot yo'qolishi mumkin.
Agar talabalar zarur axborotlarni tanlash va qisqartirib yozish malakasiga ega bo'lishsa, konspektlash tezligi 7-10 marta oshar edi. Agar talabalar tez o'qish mahoratiga ega bo'lishsa, u holda axborotni qabul qilish tezligi 4-5 marta ortadi.
Hozirgi kunda barcha fanlarning nazariy materiallari ma'ruza matnlari shaklida yetarli darajada chop qilingan. Ularning mazmuni aksariyat hollarda talaba uchun qulay qilib tuzilgan. Demak, yozib olish muammosini kun tartibidan olib tashlash mumkin, asosiy muammo esa - axbototnlarni o'zlashtirish bo'lib qoladi. Bu yo'ldagi birinchi qadam esa axborotni izlash, tanlash va uni qabul qilish mahoratiga borib taqaladi.



Download 22,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish