Mavzu: Axborot texnologiyalari fanining mazmuni va uning bugungi taraqqiyot darajasi Reja


Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish



Download 33,71 Kb.
bet2/2
Sana11.09.2021
Hajmi33,71 Kb.
#171905
1   2
Bog'liq
Axborot texnologiyalari

Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish

bugungi kun zarurati

Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish zarurati 70-80 yillardan boshlab (o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishi pasayib ketgach ) dars metodlarini, shakl va metodlarini o‘zgartirish, yangilik kiritishdan boshlandi. Nostandart (ular 40-50 tadan oshdi) darslarga axborot texnologiyasini (kompyuter. filmoskop, kodoskop va h.k) va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan takomillashtirib borilmoqda.

Mustaqillikka erishgach, ta'limda, umuman, barcha jabhalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, hech qanday to‘siqlarsiz axborot izlash, olish, tekshirish, uzatish hamda axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Ushbu chora-tadbirlarning uzluksiz amalga oshirilib borilishi O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan.

Globallashuv jarayoni ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.

Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini - o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.

Axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson va kompyuter” muammosi markaziy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta'lim jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning to‘g‘ri, maqsadli tamonga qaratilgan yo‘nalish, imkoniyatlarini topishga to‘g‘ri keladi.

O‘quv jarayoni axborotni taqdim qilishdek alohida va muhim funksiyani bajarishi lozim. Bu jarayonda “Inson – inson” va “Inson – kompyuter” o‘rtasidagi aloqa bog‘lovchi vosita “axborot” hisoblanadi. Ta'lim sohasining asosiy resursi – axborotdir, shuning uchun axborot tushunchasiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.

Yer yuzida jonli mavjudotlarning paydo bo‘lishi bilan birgalikda ularning taraqqiyoti xamda atrof muhit to‘g‘risidagi, voqea-hodisalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilish va ular to‘g‘risida axborot olish, shu axborotlar asosida yashash sharoitlarini belgilash, rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan birgalikda tabiatning insonlar tomonidan o‘rganilishi davomida bu axborotlarga yaratilayotgan va ishlatilayotgan mashinalar, apparatlar, o‘lchov asboblari, texnologik jarayonlar xaqidagi axborotlar qo‘shilib bordi.

Axborot odamlar o‘rtasida uzatiladigan ma'lumotlar hisoblanib, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot darajasini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.

Axborot - agarda tayyorlangan ma'lumotlardan biror narsa (jarayon, hodisa) to‘g‘risida aniqlikni oshirish maqsadida foydalanilsa, u holda foydalanilgan ma'lumotlar axborot deb ataladi.

Axborotlar ta'lim – tarbiya jarayonlarini boshqarishda asosiy manbaa bo‘lib hisoblanadi, chunki ular ob'ektdan olingan axborotlarni tizimlarga (qismlarga) ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha uzatish algoritmlarini amalga joriy etishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Axborot – iste'mol uchun tayyorlangan, tevarak – atrof (manbaalar) dan olingan ma'lumotlar axborot deb ataladi.

Axborot voqea va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni beradi. Hodisa, voqealar mazmun – mohiyatini ochib beradi. Axborot termini kishilik jamiyatining barcha jabhalarida qo‘llaniladi va ular asosida ta'lim – tarbiya jarayoni olib boriladi hamda pedagogik faoliyat boshqariladi2.

Axborot – fanning eng umumiy tushunchalaridan biri. Axborot qandaydir ma'lumot, ba'zi bir dalillar, bilimlar va h.k.lar mohiyatini anglatadi. Hozirga qadar axborotning yagona ta'rifi ishlab chiqilmagan. Eng ko‘p qo‘llanayotgan ta'riflari quyidagicha ifodalanadi: axborot tashqi muhitga moslashish jarayonida undan olingan malumot3.

Demak axborot degan savolga qisqacha javob berishimiz uchun ikkita ob'ektga: manba va iste'molchi orasidagi bog‘lanishga murojaat qilishimiz zarur.

Axborot manbaiga tabiiy ob'ektlar - sayyoralar, yulduzlar, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar, maydon, o‘rmonlar hamda fan va texnikani rivojlantirishdagi ilmiy tajribalar, mashinalar, texnologik jarayonlar kiradi.

Axborot iste'molchilari ro‘yxati xam katta bo‘lib unga, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar, turli xil o‘lchov asboblari kiradi.

Shuning uchun axborot keng doiradagi tushuncha bo‘lib, jamiki ob'ektlar, mavjudodlar, jarayonlar haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Axborot manbalari va iste'molchilarining har xilligi axborot shaklining turli ko‘rinishda bo‘lishiga olib keldi:

– belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea-hodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi;

– matnli – harf, raqam va belgilar to‘plamidan tarkib topgan ma'lum ma'noni anglatuvchi so‘zlardan iborat axborot;

– grafik – tasvirlardan iborat bo‘lgan tasavvur ko‘rinishidagi axborotlar.

Axborotning mavjud bo‘lishi, saqlanishi, uzatilishi uchun biror-bir material - ob'ekt bo‘lishi zarur. Bunday ob'ektlar juda ko‘p bo‘lib va ularning soni taraqqiyot natijasida o‘sib bormoqda.

Axborot – 1) amalda qo‘llanadigan aniq xabar. Axborot kishilar orasidagi, odamlar va EHM orasidagi ma'lumot almashinish hodisasi; 2) axborot – biror voqea , jumladan, ta'lim – tarbiyaga oid xabar, ma'lumot4.

Axborot atrof-muhit ob'ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlardir. Keng ma'noda axborot insonlar o‘rtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.

Keyingi paytlarda axborotlarning haddan tashqari ko‘payishi sababli, ularni insonning jismoniy imkoniyatlari doirasida xal etilishi mumkin bo‘lmay oldi. Bunday muammolarni hal etish maqsadida yaratilgan zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari, ayniqsa, shaxsiy kompyuterlar insonning eng yaqin yordamchisiga aylandi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish orqali axborotlarni qayta ishlash ta'lim samaradorligining muhim omillaridan biri bo‘lib qoldi.

Ta'lim tizimi oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot olish va qayta ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir etib boradi. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi tobora maslahatchiga, yo‘l–yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. O‘qituvchi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va o‘zlashtira olishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘quvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo‘ladi.

Ta'limda o‘qitishning va bilimlarni o‘zlashtirishrishning nutq, so‘z, tovush bilan bog‘langan usullari ikkinchi navbatga o‘tib, o‘qitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq usullari birinchi o‘ringa o‘ta boshlaydi.

Global kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi kishilar muloqotining kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi o‘ziga xos usul va shakllarini vujudga keltirmoqda.

Bu usullar endi kishilik munosabatlarining yangi shakllari, faoliyatlarining yangicha turlari, tafakkur qilish va o‘zini – o‘zi anglashning o‘zgacha tarzi bilan xarakterlanadi.

Axborotlar ustida ish olib borish, ularni uzatish va foydalanuvchiga axborotlarni yetkazish axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. Bunda kompyuter va inson o‘rtasida o‘zro kommunikatsiya o‘rnatiladi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, pedagogik jarayonda kommunikatsiya ushbu jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.

Ba'zi hollarda muloqot va kommunikatsiya o‘zoro sinonim tarzida qo‘llanilib kelinadi. Ba'zi adabiyotlarda ular quyidagicha farqlanadi.

Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o‘zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.

Kommunikatsiya – jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi bu - kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi.

Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayiraboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunday axborot ayirboshlash munosabatining kommunikativ shakli sifatida ta'riflanadi. Odamlar muloqotga kirishayotganda ular tildan foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati – muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki, xatti – harakatlar bilan ham bir – birini tushunishdan iborat.

Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug‘iladigan ular o‘rtasidagi aloqa rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot hamqorlikdagi faoliyat qatnashchilari o‘rtasida axborot almashinishni o‘z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o‘zaro ta'siridir. Bunda faqat so‘zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida biror so‘z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o‘zaro ta'sir) va perseptiv (o‘zaro idrok qilish).

Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o‘zaro munosabati va hamqorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o‘qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o‘quvchilar bilan o‘zaro tushunish va o‘zaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida munosabatlarni ta'minlamay turib amalga oshirib bo‘lmaydi.

O‘z navbatida ana shunday yo‘nalishda o‘zoro tajriba almashish (masalan “O‘rgan-o‘rgat” tadbiri) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy va ma’naviy yangilanish uchun keng yo’llar ochildi. Mustaqillikning birinchi kunidan boshlab bozor iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, zamonaviy texnalogiyani tadbiq etish va jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga kirishning eng maqbul yo’llarini qidirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni mustaqil yechishga to’g’ri keladi.Shu bois respublikaning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnalogiya bilanta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi telekommunikasiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qoldi. 1991 – 1994 yillarda O’zbekiston hamdos’tlik davlatlari orasida birinchilardan bo’lib axborotlashning yaxlit davlat siyosatini amalgam oshirishga asos soldi.“Axborotlash haqida”gi, “EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasini huquqiy himoyasi haqidagi”, “Aloqalar haqidagi” qonunlar bilan O’zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha axborotlash, qayta qurishning  milliy dasturi va telekommunikasion tarmoqni rivojlanishining normative huquqiy asoslari yaratildi va axborot resurslari rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy shart-sharoit va kafillik ta’minlandi.O’bekiston uchun mulkchilikning hususiy va aralash  shakllariga o’tish, energatik, xomashyoviy resurslaridan unumli foydalanish davrida kompyuter texnologiyalaridan milliy iqtisodni boshqarishda foydalanish toboro muhim bo’lib bormoqda. 1993 – 1995 yillarda davlat boshqaruvi va bank muassasalarining informasion tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy etibor beriladi.Soliq qo’mitasida ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilishning yagona tizimi, abiturentlarni testlar asosida qabul qilish uchun kompyuter tizimi yaratildi. Hisob va statistikaning halqaro tizimga mos tahlil qilsih va statistika davlat muassasalarida kompyuter tarmog’ini yangi texnik darajda tashkil etmoqda. Vazirlar Mahkamasiga xizmat ko’rsatish tizimi avtomatlashtirilgan, hususiylashtirish va mablag’ ajratish jarayonlarini ma’lumot bilan ta’minlash va telekommunikasion fondli tizimlar yaratilgan. Banklarga Prezident farmoni asosida soliq imtiyozlari berislishi O’zbekiston banklar tizimini kompyuterlerlar bilan jihozlashga imkon berdi. Deyarli barcha tijorat banklarirespublika miqyosidagi electron tizimga bog’langan. Ishbilarmonlikning takomillashishi kompyuter texnikasidan xomashyo va Tovar maxsulotlarini hisoblash sohasida foydalanishga sharoit yaratib berdi.

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

Ichki omillar.

Tashqi omlilar.

Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k.

Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib o’tdi.

1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero,siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.

2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.

3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi. 

4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «yelektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.

5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga yega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.

Informatika – informasiya (xabar, axborot, ma’lumotlar)ni jamlash va qayta ishlashning usullarini o’rganadi.Informatika fan sifatida axborotlash jarayonlari qonuniyatlarini o’rganadi. Informasion jarayon keng tushuncha bo’lib, ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to’plash, qidirish va istemolchiga berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’zida jamlaydi.

Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan bo’lsa-da, uning alohida fan sifatida ajratilishi 40 – 50 –yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda ko’pchilik tadqiqotlar axborot qidirish muammolari bilan uzviy bog’liq edi. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi.Informatikaning yuzaga kelish va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning o’rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita xisoblash texnikasi ko’magida qayta ishlanadi va bu fan o’zining hususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga egadir.Informasiya xabar ko’rinishida bo’ladi. Xabar – bu informasiyaning so’zlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma’lumotlar va h.k.  ko’rinidagi turdir. Xabarlar mazmuni bilan quiziquvchilar ma’lumotni istemol qiluvchilar deb yuritiladi.Ma’lumot turlari biologic, social va elementlar bo’lishi mumkin. Kishilik jamiyatidagi axborotlar – sotsial, o’zimliklar va hayvonot dunyosidagi axborotlar – biologic, tabiatdagi boshqa axborotlar – element ma’lumotlar deyiladi.Ma’lumotning uchta asosiy xossasi mavjud:  atributiv, programatik va dinamik. Ma’lumotning atributiv xossasi shundaki, uningsiz inforamtsita mavjud emas, progmatik xossasi – ma’lumotni amaliyot uchun qo’llanish darajasini belgilaydi, dinamik xossasi – uni vaqt bo’yicha o’zgarish jarayonini belgilaydi. Informatika fanining rivojlanishi ma’lumotlarni jamlab, qaytda ishlash imkoniyatiga emkoniyatiga ega bo’lgan kompyuterlarning dunyoga kelishi bilan bevosita bog’liq. Chunki ma’lumotlarni qayta ishlashning ahamyatga molik qismi shunday avtomatik qurilmalarga yuklanyaptiki, ular inson ishtirokisiz uzoq muddat davomida ma’lumotlarni bir necha marta tezroq qayta ishlash imkoniyatiga egadir.

Kompyuter (inglizcha kompyuter – “hisoblovchi” ma’nosini bildiradi)ning yaratilishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan o’zgartirish imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida zamonaviy hisoblash texnikasidan unumli foydalanishga va informatika fanini mukammal o’rganishga chorlaydi.

Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan javraen axborot texnologiyasi deb ataladi.


Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli boskichlarida ham mavjud bo’lgan bulsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining uziga xos xususiyati shundaki, tsivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga yerishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch yenergiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik kilmokda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi urinni yegallamokda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin.Birinchi turdagi texnologiyalar mexnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.YAratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy kism sifatida uz ichiga oladigan tizimlardan iborat.Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmokda.Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:

Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.

Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.

Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.

Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish.



Adabiyotlar ro’yxati.

  1. Axborot texnologiyalari S.Qosimov

  2. Axborot texnologiyalari 1-qism T.Maxarov

  3. www.ziyonet.uz

1


2



3



4



Download 33,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish