Mavzu; Banklar faoliyatini nazorat qilish tushunchasi Mundarija Kirish I bob. Oʻzbekiston tijorat banklarida bank nazoratining хalqaro standartlarini qoʻllash amaliyoti va Bazel III standartlarining asosiy yoʻnalishlaridan foydalanish



Download 161,06 Kb.
bet1/6
Sana05.04.2022
Hajmi161,06 Kb.
#530314
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Banklar faoliyatini nazorat qilish tushunchasi


Mavzu; Banklar faoliyatini nazorat qilish tushunchasi
Mundarija
Kirish
I BOB. Oʻzbekiston tijorat banklarida bank nazoratining хalqaro standartlarini qoʻllash amaliyoti va Bazel III standartlarining asosiy yoʻnalishlaridan foydalanish
1.1. Oʻzbekiston tijorat banklarida bank nazoratining хalqaro standartlarini qoʻllash amaliyoti
1.2. Banklar faoliyatini nazorat qilishda Bazel III standartlarining asosiy yoʻnalishlaridan foydalanish

II BOB. Tijorat banklarida ichki nazoratni amalga oshirishning joriy holati tahlili
2.1 . Banklarda ichki nazoratni amalga oshirish tartibi va tahlili
2.2. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo’yicha ichki bank qoidalarining tadbiq etilishi va bugungi kundagi amaliy holati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni moderinizatsiyalash bosqichida
mamlakatimizdagi bank tizimining o’rni katta. Bank tizimini isloh etishning
muhim yo’nalishlaridan biri tijorat banklari faoliyatining shaffofligini
ta’minlashga qaratilgan. Har qanday davlat iqtisodiyoti tayanadigan asosiy
ustunlardan biri - barqaror bank tizimi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, Respublikada bank nazoratini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida axborotlar bazasi ham tez sur’atlarda rivoj topmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Tadbirda ushbu maqsadga erishish uchun qator muhim masalalarni hal qilish lozimligi ta’kidlandi. Birinchi navbatda banklar transformatsiyasi jarayonini faollashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Hozirda 6 ta tijorat banki – “Ipotekabank”, “Sanoatqurilishbank”, “Turonbank”, “Asakabank”, “Aloqabank” va “Agrobank” moliyaviy diagnostika, istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni boshlagan. Biroq, boshqa banklarni transformatsiya qilish ishlari yetarli darajada faol olib borilmayapti, dedi davlatimiz rahbari.
Bu kamchilikni bartaraf etish uchun banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni xatlovdan o‘tkazish, Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish topshirildi.
Yig‘ilishda banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oshirish masalasi muhokama qilindi. Stress-testlar natijalariga ko‘ra, muammoli kreditlar ulushi bir necha barobar ko‘payishi mumkinligi, bu esa bank tizimi uchun jiddiy xatar ekani qayd etildi.
Shu munosabat bilan muammoli kreditlarni hududlar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qolish bo‘yicha ta’sirchan mexanizm ishlab chiqish ko‘rsatmasi berildi. Markaziy bank barcha tijorat banklari kredit portfellari xatlovdan o‘tkazilgach, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi. Davlat aktivlari bor tijorat banklarida hukumatdan olingan mablag‘lar hissasi hamon yuqoriligi tanqid qilindi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsad va vazifalari banklarda ichki nazorat va joriy holatini o’rganishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: Tijorat banklarda bank nazoratini tashkil qilish ahamiyati va uning turlarini nazariy jihatdan o’rganish;
Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etishning huquqiy
asoslari ko’rib chiqish;
Bank ichki nazoratini tashkil etish tamoyillari va xorij tajribasini
o’rganish;
Tijorat banklarida ichki nazoratni amalga oshirish tartibini ko’rib chiqish;
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
bo’yicha ichki bank qoidalarining tadbiq etilishi va bugungi kundagi
amaliy holatini o’rganish;
O’zbekistonda bank ichki nazorati tizimining samaradorligini oshirish
yo’llarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti. Banklarda nazoratni tashkil etish,
ichki nazorat va uni amalga oshirish shartlari, tamoyillari ishning predmeti qilib
belgilangan.

Download 161,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish