Mavzu: biotexnologiyada odam va hayvon hujayralaridan foydalanish


-rasm. Rizobakteriyalarning asosiy faoliyat mexanizmlarining sxematik ifodasi ( rasm



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana13.07.2022
Hajmi1,16 Mb.
#786700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4 Biotexnologiyaga kirish Amaliy topshiriq

5.2-rasm. Rizobakteriyalarning asosiy faoliyat mexanizmlarining sxematik ifodasi ( rasm 
Frontiers in Plant Science / Functional Plant Ecology. 

2013. 

Vol. 4. 

Article 356
 dan 
olingan). 
Qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilishning biotexnologik usullaridan biri yuqorida 
nomlari keltirilgan PGPR asosida yangi biopreparatlar olish texnologiyasi hisoblanib, u nafaqat 
inson va hayvonlar salomatligi uchun zararsiz, ekologik sof vosita sifatida, balki tuproq 
mikrobiotasini sog‘lomlashtirish uchun polifunksional samaraga ega tizimni shakllantirishga 
xizmat qiladi.
Rizobakteriyalar vakillarining o‘simlik patogenlariga nisbatan antagonistik faol va 
stimullovchi vosita sifatida qo‘llanilib kelinayotgan turlari ko‘plab topiladi. Ular ildiz atrofini 
makon qilib, o‘sha joyda introduksiyalanib, koloniallanish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan bir 
qatorda, ushbu ekologik makonda ozuqa manbai bo‘lgan uglerod va energiya manbai uchun 
raqobatga kirishadi hamda turli xil metabolitlar yoki zamburug‘larning hujayra devorini 
parchalovchi fermentlar ajratib chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lib, hozirgi kunda qishloq xo‘jalik 
amaliyotida tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
 
Simbiotik azotni o‘zlashtirilishida biotexnologiyaning genetik asoslari 
O‘simliklar rivojlanishining cheklovchi asosiy omillardan biri ularning azotli birikmalar 
bilan etarli darajada ta’minlab turilmasligidir. Faqat ba’zi tuproqlar, masalan qora tuproqlarda 
harakatchan azot birikmalarining miqdori o‘simliklar ehtiyojini to‘liq qondirishi mumkin. 
Bunday holatda, ya’ni azot tanqisligi sharoitida o‘simliklar atmosfera havosining qariyb 80% ini
tashkil etadigan molekulyar azot (N
2
) qurshovida bo‘ladi.


Biologik bog‘langan azotning ahamiyati, birinchidan, uni olish iqtisodiy jihatdan arzon, 
tejamli jarayon ekanligiga asoslanadi. Texnik azotni ishlab chiqarish yuqori harorat (300 
0
S) va 
yuqori bosim (350 atm)ni talab qilsa, atmosfera azotini o‘zlashtirilishi oddiy harorat va bosimda 
amalga oshadi. Azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar tomonidan olinadigan azot, mohiyati 
jihatidan mutlaqo «tekin» hisoblanadi. Ikkinchidan, mikroorganizmlar tomonidan havodan 
o‘zlashtirilishi hisobiga hosil bo‘ladigan biologik azotning ahamiyati va uning miqdori juda 
kattaligidadar. 
Ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarda butun er yuzidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari 
tuproqdan bir yilda 100 mln tonna azotni o‘zlashtirilishi; undan mineral o‘g‘itlar bilan birga 12 
mln tonnasining qaytarilishi, qolgan etishmaydigan 88 mln tonna azotfiksator mikroorganizmlar 
hisobiga kompensatsiya qilinishi qayd etiladi. 
Ko‘plab mikroorganizmlar biologik azotni o‘zlashtirish xususiyatiga egadirlar. Keyingi 
yillarda olib borilgan tadqiqotlar mikrob-azotfiksatorlar guruhi to‘g‘risida ma’lumotlarni boyitdi. 
Ular taxmin qilingandan ko‘ra ko‘proq bo‘lib chiqdi. Hozirda tugunak bakteriyalar va 
azotobakterdan tashqari anaerob azot to‘plovchi (
Clostridium pasterianum
), shuningdek bir qator 
mikobakteriyalar, 
ba’zi termofil bakteriyalar, ko‘pgina zamburug‘lar, alvon rang 
bakteriyalarning ham uchrashi isbotlangan. 
Ko‘pgina tadqiqotchilarning erkin yashovchi azotfiksatorlarning bir yilda 1 ga erga 10-
15 kg atrofida azot to‘plashiga oid fikrlari o‘xshash bo‘lib, dukkakli o‘simliklar va tugunak 
bakteriyalar faoliyati natijasida turli o‘simliklarning ildiz va er usti qismlarida yiliga har 
gektariga 75-100 kg va undan ortiq azot to‘planishi isbotlangan. Dukkakli o‘simliklarning turli 
xil turlari fosfor va kaliy bilan to‘liq ta’minlanganda yiliga har bir gektar erga: sebarga-150-160,
bo‘ri dukkagi-160, beda-300 kg gacha azot to‘play oladi (5.1 - rasm). 


5.3 - rasm. Dukkakli o‘simliklar tugunaklari faoliyatining umumiy ko‘rinishini 
ifodalovchi chizma. 
Ma’lumki, azot o‘simliklar tomonidan bevosita o‘zlashtirilmaydi. Uning o‘zlashtirilishi 
uchun nitrogenaza fermenti zarur bo‘lib, o‘simliklarda boshqa eukariot organizmlar singari bu 
ferment uchramaydi. Faqat ba’zi prokariotlar – molekulyar azot - N

ni o‘zlashtirish 
xususiyatiga ega bo‘lib, ular bilan ko‘plab o‘simliklar simbioz munosabatiga kirishadilar. 
Simbiotik azotfiksatsiya tizimlari genetikasi tizimini ishlab chiqilishi ularning yo‘naltirilgan 
konstruksiyalarini tuzish va qishloq xo‘jaligida keng foydalanish imkonini beradi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish