Mavzu: Biznes qiymati,narxi va qimmatini baholash va boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari Bajardi


Biznes qiymatini baholash konsepsiyalari



Download 150,94 Kb.
bet3/8
Sana08.06.2022
Hajmi150,94 Kb.
#643984
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
biznes qiymatini baholash.Kurs ishi1-1

2. Biznes qiymatini baholash konsepsiyalari.
Korxonani baholash eng ehtimol tutilgan sotilish narxi bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymatning puldagi ifodasini aniqlashni anglatadi va u korxonaning tovar sifatidagi ikkala xususiyatini ham, ya’ni uning foydaliligini ham, ushbu foydalilik uchun zarur bo‘lgan xarajatlami ham aks ettirishi lozim. Foydalilik haqidagi tasavvur xaridoming muayyan manfaatlariga bog‘liq bo‘lganligi bois, qiymatning turli xillarini (tiklash, tugatish, investitsiya va h.k.) aniqlashga to ‘g‘ri keladi. Korxonaning qiymatini aniqlashda uning iqtisodiy konsepsiyasi ham hisobga olinishi kerak. Mazkur konsepsiya buxgalteriya modelidan farqli ravishda, korxonaning bozor qiymatini aniqlash imkonini beradi. U vaqt, xatar, tashqi raqobat muhiti va baholanayotgan biznesning ichki xususiyatlari kabi omillami hisobga oladi. Balans qiymatida (book values) yoki buxgalteriya (accounting) bahosida korxonaning aktivlari passivlar va sof o‘z sarmoyasiga teng:
A=P+O’S
bu yerda:
A — aktivlar,
P — passivlar (majbunyatlar);
O’S — o‘z sarmoyasi.
Bozor bahosida bu yerda yana bir qo‘shiluvchi — qiymat, kafolat, sug‘urta, litsenziya, mijozlar bilan yaxshi o ‘zaro munosabatlar va qayd etilmaydigan boshqa aktivlar, shu jumladan, kompaniyaning yaxshi nomining qadr-qimmati (gudvil) kabi elementlami o‘z ichiga oluvchi ko'zga ko'rinmaydigan aktivlar (NA) paydo bo‘ladi. Real o‘z sarmoyasini baholash tenglamasi ushbu holatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
A*+KA*P*+O'S*
yoki о'zgartirilganidan so‘ng:
О’S=(А*+КА*)-Р*=(А*-Р*)+КА*
Ushbu tenglama yordamida nima uchun salbiy balans o‘z sarmoyasiga ega bo‘lgan korxonalar (to‘lovga noqobil depozit institutlar, bankrot bo‘lish yoqasida turgan kredit tashkilotlari) hanuzgacha bozor tomonidan qandaydir qimmatli narsa sifatida qabul qilinayotganligini izohlash mumkin. Buning sababi shuki, salbiy balans o‘z sarmoyasi nomoddiy aktivlar qiymati bilan qoplanadi. Agar o ‘z sarmoyasining balans bahosi va uning real (bozor) qiymati mos kelmasa, u holda demak, ikkita manbaga ega bo‘lgan yashirincha yoki balansdan tashqari sarmoya mavjud:

  • aktivlaming bozor va balans baholari o‘rtasidagi farq (A-A);

  • balansdan tashqari qo‘shimchalar (KA*)ning hisobga olinmasligi, ular buxgalteriya hisobining umumiy qabul qilingan tamoyillar va qoidalarga muvofiq balansga kiritilmaydi.

Agar buxgalteriya baholari tizimi balansdan tashqari moddalaming rasmiy hisobini ko‘zda tutganda edi yashirincha sarmoya mayjud bo‘lmagan bo‘lar edi. Buxgalteriya modeli «bir xatar barchaga mos keladi» degan qoidadan kelib chiqadi. Lekin har bir korxona daromad olishda xataming turli xillariga duch keladi va daromad olishning o‘z darajasiga ega. Shunday qilib, buxgalteriya modeli biznesni real baholash imkonini bermaydi. Iqtisodiy konsepsiya bazasida
o‘tkaziladigan baholash esa korxona hozir qanday ishlayotganligi va u kelajakda qanday ishlashi munikinligi haqida haqiqiy tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.
Mazkur konsepsiyaga amal qilgan holda biznes qiymatini baholashda aktivlaming bozor va balans qiymatlari o‘rtasidagi farq hamda ushbu korxonaning bozor narxi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi balansdan tashqari qo’shimchalar hisobga olinishi lozim.
Aktivlar buxgalteriya hisobining umumiy tamoyillari va qoidalari hamda aktivlar muayyan turlarining qiymatini baholashga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar korxonalarni maqsadli yo‘nalishi va aktivlardan foydalanish bo‘yicha holatlarini aniqlash zamrligini nazarda tutadi. Bunday yondashuv biznes qiymatini baholashda o‘xshash koixona, bozor axboroti va hokazolardan keng foydalanish imkonini beradi. Korxona va uning tarkibiy qismlari qiymatini baholashning iqtisodiy modeliga amal qilgan holda, aktivlar alohida turlarining bozor va balans qiymatining turli farqi va ularning yashirincha sarmoya shakllanishiga turlicha ta’siridan kelib chiqish zarur. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, koixona qiymatini baholash uning tarkibiy qismlari qiymatining oddiy summasi emas, tarkibiy qismlaming qiymati esa butun korxona qiymatining oddiy ulushi hisoblanmaydi.
Biznesni baholashning predmeti bo‘lib, odatda, yakka tadbirkorlar — jismoniy shaxslaming o'zining kichik biznesi hisoblangan vaziyatlar ham saqlanib qolmoqda.
Biznesni baholashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olib, ushbu baholashning mohiyatiga doir masalalami batafsil ko‘rib chiqamiz.
Qiymatni baholash — bu mulkdor qandaydir predmet yoki obyektga almashish uchun tayyor bo‘lgan pul ekvivalentini aniqlash. Qiymat narxdan va xarajatdan farq qiladi. Bozor munosabatlari nuqtayi nazaridan bozor qiymati va me’yoriy hisoblab chiqiladigan qiymat ajratiladi.
Bozor qiymati — bu odatiy xaridor va sotuvchi o‘rtasida bitimlar amalga oshirilishidagi eng ehtimol tutilgan narx. Ushbu ta’rif shuni o‘zida aks ettiradiki, bozor qiymati bozordagi muayyan vaziyatdan kelib chiqib hisoblab chiqiladi, shuning uchun bozor sharoitlari o‘zgarganda bozor qiymati ham o‘zgaradi.
Me’yoriy hisoblab chiqiladigan qiymat — bu tegishli organlar (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va b.) tomonidan tasdiqlangan uslublar va normativlar asosida hisoblab chiqiladigan mulk obyekti (korxona yoki uning tarkibiy qismlari)ning qiymati. Bunda normativlaming yagona shkalalari (oraliq qiymatliklari) qabul qilinadi. Odatda, me’yoriy hisoblab chiqiladigan qiymat bozor qiymatining miqdori bilan mos kelmaydi, biroq normativlar bozor qiymati bazasiga muvofiq muntazam yangilanib turadi.
Shuningdek, baholash nuqtayi nazaridan yana investitsiya, sug'urta, soliq solinadigan va utilizatsiya qiymatlari ajratiladi. Investitsiya loyihalarining asosida investitsiya qiymati hisoblab chiqiladi.
Investitsiya qiymati - bu investitsiyalashning ma’lum maqsadlarini ko'zlagan muayyan sarmoyador uchun mulk qiymati.
Sug‘urta qiymati - bu sug'urta shartnomasi yoki polisi qoidalari bilan aniqlanadigan mulk qiymati.
Soliq solish qiymati — bu mulkka soliq solishga taalluqli tegishli me’yorli hujjatlarda mujassamlangan ta’riflar asosida hisoblab chiqiladigan qiymat.
Utilizatsiya qiymati - mulk obyektining (yer uchastkasidan tashqari) qo‘shimcha ta’mirsiz, unda mayjud bo‘lgan materiallaming umumiy qiymati sifatida ko‘rib chiqiladigan qiymati.
Baholash chog'ida foydalaniladigan o‘xshash obyektning xususiyatiga qarab takror ishlab chiqarish jqiymati va o‘rin bosish qiymati farqlanadi. Takror ishlab chiqarish qiymati - bu baholanayotgan mulk obyekti planirovkasida va o‘sha materiallardan barpo etilgan nmlk obyektining hozirda amal qilib tuigan narxlardagi qiymati.
O‘rin bosish qiymati — bu baholanayotgan obyektga o‘xshash obyektning qiymati. Takror Ishlab chiqarish qiymati va o‘rin bosish qiymatidan sug‘urtalash sohasida keng foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobida balans qiymati va qoldiq qiymat farqlanadi. Balans qiymati — bu mulk obyektini qurish yoki xarid qilish xarajatlari. Balans qiymati dastlabki qiymat va tiklash qiymati ko‘rinishida bo‘ladi. Dastlabki qiymat mulk obyektini foydalanishga topshirilish vaqtida buxgalteriya hujjatlarida aks ettiriladi. Tiklash qiymati - bu ilgari barpo etilgan asosiy vositalaming hozirgi sharoitdagi takror ishlab chiqarish qiymati bo‘lib, u asosiy fondlami qayta baholash jarayonida aniqlanadi.
Agarda korxonani yopish va biznes aktivlarini alohida qilib sotish nazarda tutilsa, u holda tugatish qiymatini aniqlash zarur. Tugatish qiymati yoki majburiy sotuv qiymati — mos marketing tadqiqotini o‘tkazish uchun juda qisqa muddatlarda mulkni sotishdan real olinishi mumkin bo'lgan pul summasi. Uni aniqlashda vositachilik haqi, korxona tugatilguncha uning ishlashini ta’minlash bo'yicha ma’muriy xarajatlar, yuridik va buxgalteriya xizmatlari xarajatlari kabi korxonani tugatish bilan bog‘liq barcha xarajatlami hisobga olish lozim. Korxona aktivlarini bozorda sotishdan olish mumkin bo‘lgan tushum va tugatish xarajatlari o'rtasidagi farq korxonaning tugatish qiymatini beradi.
Korxona qiymatini baholashda samarali qiymat tushunchasi ham ajratiladi. Samarali qiymat — bu ikkita miqdor — ushbu mulkdor uchun aktivlaming iste’mol qiymati va ulaming sotilish qiymatidan kattasiga teng bo‘lgan aktivlar qiymati.
Qiymatining har qanday turi tarixiy fakt emas, balki muayyan mulk obyektining shu lahzada tanlab olingan maqsadga muvofiq baholanishi hisoblanadi (1-jadval).
«Qiymat» tushunchasidan tashqari baholash nazariyasi va amaliyotida «narx» va «xarajatlar» (“tannarx”)tushunchalaridan ham foydalaniladi.
Narx — bu biron bir tovar yoki xizmat uchun talab etiladigan, nazarda tutiladigan yoki to‘langan pul summasini bildiruvchi ko'rsatkich. U tarixiy fakt hisoblanadi, ya’ni ma’lum vaqt vajoyga taalluqli. Xaridor va sotuvchining moliyaviy imkoniyatlari, sabablari yoki alohida muayyan manfaatlariga qarab narx qiymatdan farq qilishi mumkin.
Tannarx - bu tovar yoki xizmatni barpo etish yoxud ishlab chiqarish uchun talab etiladigan pul summasi. Tannarx xarajatlar yoki chiqimlar yig'indisini o‘z ichiga oladi Barpo etish jarayoni yoki oldi-sotdi harakati nihoyasiga yetishi bilan tannarx tarixiy faktga aylanadi. Xaridor tomonidan tovar yoki xizmat uchun to'langan narx u uchun xarid xarajatlariga aylanadi. Tannarx bozor qiymatiga ta’sir ko'rsatadi, lekin uni qat’iy belgilab bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha tushunchalami oqilona uyg'unlashtirish va ulardan foydalanish mulk obyektlarini sifatli baholash imkonini beradi. Bitim asosida yotuvchi fimdamental tushunchalar va yagona tamoyillar bilan bir qatorda mulk obyektini baholashning umumiy qabul qilingan usullari ham mayjud, ular quyida batafsil ko'rib chiqiladi.
1-jadval.

Download 150,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish