Mavzu: Biznes qiymati,narxi va qimmatini baholash va boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari Bajardi



Download 150,94 Kb.
bet2/8
Sana08.06.2022
Hajmi150,94 Kb.
#643984
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
biznes qiymatini baholash.Kurs ishi1-1

Kurs ishining obyekti bo’lib, biznes qiymati,narxi va qimmatini baholash va boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti bo’lib, biznes qiymati,narxi va qimmatini baholash va boshqarishga oid munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Biznes qiymatining shakllanishi va uni aniqlash xususiyatlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Biznes qiymatini baholashga oid umumiy tushunchalarni o’rganish.

  • Biznes qiymatini baholash konsepsiyalari haqida ma’lum ko’nikmaga ega bo’lish;

  • Biznes qiymatini baholash maqsadlari va uni amalga oshirish bosqichlari mohiyatini ochib berish;

  • Biznes qiymatini baholashda qo’llaniladigan yondashuv va usullar tizimini bayon etish.

Kurs ishi kirish, 4ta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil topgan.


1. Biznes qiymatini baholashga oid umumiy tushunchalar.
«Biznes (ing. business) - xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining sohasini va uning iqtisodiy manfaatlarini tavsiflovchi umumiqtisodiy atama».
Biznes — daromad keltiruvchi aniq tadbirkorlik faoliyati, ish, mashg‘ulot turi hisoblanadi. Наг qanday biznes o‘zining korxona ko'rinishidagi tashkiliy-iqtisodiy shakliga ega. Hozirgi sharoitda har qanday mulk obyekti daromad manbai va bozor muomalasining obyekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan, mulk huquqi ham ana shunday obyekt hisoblanadi. Biznesning asosini, uning ajralmas mohiyatini sarmoya tashkil etadi. Sarmoya - bu boylik, ishlab chiqarish vositasi, ishlab chiqarish omillari, ya’ni daromad keltiruvchi mehnatga investitsiya qilishning turli moddiy, mulkiy shakllaridir. Mulk va sarmoya ma’lum bir tashkiliy tuzilmalar — korxonalar, tashkilotlar, firmalar doirasida hamda ma’lum bir biznes sohasida shakllanadi va foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida Respublika tijorat korxonalarining quyidagi tashkiliy shakllari belgilangan: xo‘jalik shirkatlari (to‘liq shirkat va kommandit shirkat) va jamiyatlar (mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, ochiq va yopiq aksiyadorlar jamiyati, sho‘ba xo‘jalik jamiyati, qaram xo‘jalik jamiyati), ishlab chiqarish kooperativlari va unitar korxonalar. Tijorat korxonalarining shakllari xilma-xil bo‘lishi bilan birga ulaming ixtiyorida turli xil ko‘chmas, ko‘char va nomoddiy aktivlar bo'lishi mumkin. Ular qatoriga yer uchastkalari, turli yo‘nalishdagi binolar va inshootlar, texnologik jihozlar, mashinalar, avtotransport va hokazolar kiradi. Ushbu toifadagi korxonalaming nomoddiy aktivlarini intellektual mulklar, gudvil, franshiza va boshqa ashyoviy huquqlar tashkil etishi mumkin. Biznes aktivlarining tarkibi umumiy ko'rinishda l-rasmda namoyon etilgan. Наг bir korxona o‘zining ichki iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra sarmoyaga ega bo‘lsa-da, ular orasida nafaqat umumiy belgilar, balki farqlar ham mavjud. Moddiy, mehnat, pul, axborot asosi bunda umumiy hisoblansa, farqlar korxonaning samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozordagi mavqei va rivojlanish istiqbollariga ta’sir ko‘rsatuvchi nomoddiy aktivlarda o‘z ifodasini topadi.

1-rasm.Biznes aktivlarining umumlashtirilgan tarkibi1
Biznes tadbirkorlik faoliyati sifatida turli xildagi xizmatlami ko‘rsatish bilan band bo'lgan ko‘p sonli xo‘jalik yurituvchi subyektlar (biznesni kreditlash, uni sug'urtalash, resurslar va texnologik jihozlar bilan ta’minlash) bilan o‘zaro hamkorlikni talab etadi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida biznesni shakllantirish va rivojlantirish uchun ishlab chiqarilayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlami sotish bozorlari, ko‘char va ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar bozorlari talab etiladi, bu pirovardida, biznesning ham tovar sifatida, ham tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida turli xil bozorlar va bozor tuzilmalari bilan hamkorlik qilishini nazarda tutadi (2—rasm). Mulkdorlar munosabatlarini tartibga solish va bozor mexanizmlarini rivojlantirishda ushbu biznesning qiymatini baholashga katta e’tibor qaratiladi. Biznes mulkdori uni sotish, garovga qo‘yish, sug‘urta qilish, vasiyat qilish huquqiga ega, ya’ni biznes bitim obyekti, tovar bo‘lishi mumkin va har qanday tovar singari u xaridor uchun foydali bo‘lishi kerak. Birinchi galda u daromadlar olishga bo'lgan ehtiyojlarga mos kelishi lozim. Har qanday boshqa tovar singari biznesning foydaliligi undan foydalanishda namoyon bo‘ladi. O‘z navbatida, agar biznes mulkdorga daromad keltirmasa, u uning uchun o ‘z foydaliligini yo‘qotadi va sotilishi lozim bo‘ladi. Agar boshqa kimdir undan foydalanishning yangi usullarini, daromad olishning boshqa imkoniyatlarini ko‘rsa, u holda biznes tovarga aylanadi.

2-rasm.Biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda ishtiroki2
Biznes tovaming barcha belgilariga ega va u fuqarolik-huquqiy muomala obyekti bo‘Iishi mumkin. Lekin bu alohida turdagi tovar hisoblanadi. Va ana shu alohidalikni baholovchi xususiyatlar uni baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini belgilab beradi.
Birinchidan, biznes - bu investitsiya tovari, ya’ni unga kelajakda foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar vaqt bo‘yicha ajratilgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori ma’lum emas, ya’ni ehtimoliy xususiyatga ega, mulkdor oladigan bo‘lajak daromadlaming joriy qiymati xaridor tomonidan bozor narxining yuqori chegarasini o‘zida namoyon etadi.
Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim sifatida ham yoki uning alohida kichik bo‘lagi va hatto qismi sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning muayyan sarmoya bilan, muayyan tashkiliy-iqtisodiy shakl bilan aloqasi uziladi, biznesning qismlari boshqa, sifat jihatdan yangi tizimni (korxonani) shakllantirish asosiga aylanadi. Bunda biznesning o‘zi emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari amalda tovar bo'ladi.
Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo'lgan ehtiyoj tovaming ichida ham, tashqi muhitga, ham kechadigan jarayonlarga bog‘liq. Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik biznesni ham beqarorlikka olib keladi, ikkinchi tomondan, biznesning beqarorligi jamiyatning o'zidagi beqarorlikning yanada o‘sishiga olib keladi.
To‘rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik uchun alohida ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes aylanishi mexanizmini tartibga solishda, balki biznesning bozor narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda ham davlatning ishtiroki zarur.
Biznes tovar sifatida tegishli bozorlar va ulaming infratuzilmasini rivojlantirish zaruratini shart qilib qo'yadi. Bunda ushbu tovar butunligicha ham, uning alohida qismlari bilan ham sotilishi mumkin, bu biznesni ko‘char va ko‘chmas mulk bozorlariga ham, fond (sarmoya) bozorlariga ham jalb etish imkoniyatini nazarda tutadi. Sotiladigan va xarid qilinadigan moliyaviy aktivlar (qimmatli qog'ozlar) harakatiga qarab fond bozori birlamchi va ikkilamchi bozorga bo'linadi.
Birlamchi fond bozori — qimmatli qog'ozlami (QQ) tovar sifatida birinchi marta bozorga tushadigan iqtisodiy vaziyat.
Ikkilamchi fond bozori — qimmatli qog'ozlaming ilgari muomalada bo'lgan va ma’lum bir mulkdorga - jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli tovar sifatida bozorga taqdim etilishi.
Fond bozorining ushbu ikki tarkibiy qismi o'zaro bog'langan. Ikkilamchi bozorda taklifning o'sishi birlamchi bozorda qimmatli qog'ozlaming qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin.
Fond bozori davlat va xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining sohasi sifatida unda bozoming tegishli ishtirokchilari (subyektlari)ning majburiy ishtirokini talab qiladi. Mazkur bozorni unda asosiy subyektlar — emitentlar (sotuvchilar) va sarmoyadorlar (xaridorlar) (shu jumladan, davlat)ning ishtirokisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Davlat mulkini sotishda emitent (sotuvchi) rolida va davlat ixtiyoriga qimmatli qog‘ozlami sotib olishda sarmoyador (xaridor) rolida ishtirok etuvchi davlat fond bozorining ishtirokchisi sifatida undagi «o'yinlar qoidalari»ni belgilash orqali ushbu bozomi boshqaradi. Fond bozori asosiy subyektlarining katta qismi (emitentlar va sarmoyadorlar) uning noprofessional ishtiirokchilari hisoblanadi va shu sababli bozor infratuzilmasining professional mutaxassislari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga muhtojdirlar. Bozoming professional ishtirokchilari fond bozori rivojlanishining turli bosqichlarida, ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari va fondlardan funksional foydalanish xillari bo‘yicha ixtisoslashadi (3—rasm).
Fond bozori infratuzilmasining asosiy funksiyalari va uning faoliyat turlari shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi:
• fond bozorini o‘rganish;
• qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni tayyorlash;
• qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni o‘tkazish.
Birinchi guruh funksiyalarini bajarishda infratuzilmaning faoliyati marketing tadqiqotlari, yuridik maslahatlar va axborot xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi guruh funksiyalarini bajarishda infratuzilmaning faoliyati axborot, konsalting, yuridik, baholash, sug‘urta va boshqa xizmatlami o‘z ichiga oladi.

3-rasm.Fond bozorining subyektlari va uning funksiyalari3
Fond bozori infratuzilmasi faoliyati turlarining uchinchi guruhi dilerlik, biija, depozitar va boshqa xizmatlami o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish fan va amaliyotning bir qator yangi sohalarini keng rivojlantirishni talab etdi. Xususiylashtirish jarayoni, fond bozorining vujudga kelishi, sug'urta tizimining rivojlanishi, tijorat banklarining mulk garovi ostida kreditlar berishga o'tishi asta-sekin xizmatlaming yangi turi — korxona (biznes)ni baholash, uning sarmoyasining bozor qiymatini aniqlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirdi. Korxonaning bozor qiymatini aniqlash oldi-sotdi operatsiyalari bilan tugamaydi. Aksiyalashtirish, yangi paychilami jalb etish va qo‘shimcha aksiyalami chiqarish, mol-m ulkni sug‘urtalash, mulkni garovga qo‘yib kredit olish, soliqlami hisoblash, meros qilish huquqidan foydalanish va boshqa hollarda korxona biznesini baholashga nisbatan ehtiyoj ortadi. Biznesni baholash biznesni tovar sifatida ham, tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida ham tashkil etish va boshqarish sohasidagi masalalaming keng doirasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur. Baholash ishlarini o'tkazishdan davlat tuzilmalaridan tortib to xususiy shaxslargacha manfaatdordirlar. Bular nazorat-taftish organlari, boshqaruv tuzilmalari, kredit tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari, soliq organlari va boshqa tashkilotlar, xususiy biznes egalari, sarmoyadorlar va h.k(4—rasm). Baholash ishlarini o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan tomonlar o‘zlarining iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirishga intilgan holda baholash maqsadini belgilaydi.

4-rasm.Biznes qiymatini baholashdan manfaatdor tomonlar4
Umuman olganda, biznesni baholash quyidagi holatlarda o'tkaziladi:

  • korxonani joriy boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishda;

  • fond bozorida korxona aksiyalarining oldi-sotdisi amalga oshirilgan hollarda qimmatli qog‘ozlar qiymati aniqlanayotganda (asosli investitsiya qarorini qabul qilish uchun korxonaning mulkini va xarid qilinayotgan aksiyalar paketiga to‘g‘ri keladigan ushbu mulkning ulushini, shuningdek, biznesdan kelajakda olinishi mumkin bo‘lgan daromadlami baholash zarur);

  • korxona butunlay yoki qismlarga bo‘Iib oldi-sotdi qilingan hollarda uning qiymati aniqlanayotganda (korxona egasi o‘z biznesini sotishga qaror qilganda yoki korxonaning egalaiidan biri o‘z ulushini sotishni maqsad qilganda korxonaning yoki uning aktivlarining bir qismining bozor qiymatini aniqlash zarurati paydo bo'ladi);

  • korxona tarkibiy o‘zgartirilgan hollarda (korxonaning tugatilishi, qo'shilishi, qo‘shib olinishi yoxud xolding tarkibidan mustaqil korxonalaming ajratilishi uning bozor qiymatini baholashni nazarda tutadi, chunki aksiyalaming xarid qilish yoki sotib olish, ayirboshlash naixini, qo‘shib olinayotgan firma aksiyadorlariga to'lanadigan mukofot miqdorini aniqlash zarur);

  • korxonani rivojlantirish rejasi ishlab chiqilayotganda (strategik rejalashtirish jarayonida firmaning bo‘lajak daromadlarini, uning barqaroiiik darajasini baholash zarur);

  • sug'urtalash amalga oshirilayotganda (uni amalga oshirish jarayonida yo‘qotishlar oldidan aktivlar qiymatini aniqlash zarurati paydo bo‘ladi);

  • soliq solish bazasi aniqlanayotganda (ushbu holatda korxonani obyektiv baholash zarur bo‘ladi);

  • biznesni rivojlantirish uchun investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganda (ushbu holatda uni asoslash uchun korxonaning, uning o‘z sarmoyasi, aktivlari, biznesining boshlang‘ich qiymatini bilish zarur).

Shunday qilib, biznes qiymati, narxi, qimmatiga oid umumiy tushunchalarni o’rganish natijasida biz biznes qiymati, narxi, qimmatini baholash bo’yicha umumiy tasavvurga ega bo’lamiz.

Download 150,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish