Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchisi mantiqiy tafakkurini o’stirishda o’quv tamoyillari roli



Download 150 Kb.
bet8/9
Sana16.12.2022
Hajmi150 Kb.
#889144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G’afurova Ziynatning

2.Ko’rsatmali metodlar. Ta’limning ko’rsatmali metodlari o’quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bunday o’qitishda ayniqsa, boshlang’ich sinflarda keng foydalaniladi.atrof-borliqdagi predmet va hodisalar va ularning turli tuman modellari ( har xil tipdagi ko’rsatma-qo’llanmalarni) kuzatish ob’yekti hisoblanadi.ta’limni kursatmali metodlarini ta’limning og’izaki metodlaridan ajratib qo’yib bo’lmaydi. Ko’rsatma qo’llanmalarni namoyish qilishni har doim o’qituvchining va o’quvchilari bilan birgalikda olib boriladi.V.Zankov tadqiqotlarida o’qituvchining so’zi bilan ko’rsatma vositalaridan birgalikda foydalanishning 4ta asosiy formasi aniqlangan.1)O’qituvchi so’zlar yordamida o’quvchining kuzatishlarini boshqaradi; 2) Og’izaki tushuntirishlar ob’yektining bevosita ko’rinmaydigan tomonlari haqid ma’lumot beradi;3) ko’rsatma-qo’llanmalari o’qituvchining og’izaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yokianiqlashtiruvchi illyustrasiya bo’lib xizmat qiladi;
Matematika darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda, bir tomondan ,o’quvchilarning idrok etishlariga ,ikkinchi tomondan ularning tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi holdako’rsatma qo’llanmalar zarur, ikkinchi holda esa ko’rsatma-qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin,bu hollarda bolalarni tajribalarini, ilgari to’plagan tasavvurlarini faollashtirishda bunday shakldagi figuralarning muhim alomatlarini( 3ta burchak, 3ta uch, 3ta tomon) ta’kidlovchi turli uchburchaklarning modellaridan foydalaniladi. Shu bilan birga o’qituvchi bolalarga qanday predmetlar uchburchak shaklida bo’lishini eslab ko’rishni taklif qiladi.Shunday qilib matemtika o’qitishda bevosita idrok etish bilan o’quvchilarning o’zining o’zini va atrof-muhitdagi hodisalarni emas, balki ”borliq dunyoning fazoviy formalari va miqdoriy munosabatlarini” o’rganadi, shuning uchun matematika o’qitishda huddi ana shu tomonlarni ajratib olishga harakat qilinadi, predmetlarning sifat alomatlari muhim bo’lmay qoladi.
II.2. Matematika darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stirishga yo’naltirilgan texnologiyalar
Hozirgi davr talablardan biri- bu mantiqiy fikrlay oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalashdir. Bunday yoshlarni tarbiyalashda boshlangich sin oqituvchilarining xizmati benihoya katta. Ayniqsaboshlangich sinf oqituvchisi darslarda oquvchilarni ijodkorlikka orgatmogi lozim . Matematika darslari qanchalik qiziqarli bolsa, oquvchilarning oylash , fikrlash, hisoblash qobiliyatlari shuncha takomillashadi. Oqitishning samaradorligining oshirish va bolalarni kamol toptirish uchun eng oldin beriladigan masala mazmuniga birinchi navbatda e’tibor berilsa , unumli foyda beradi. Chunki hozirgi kunda biz matematika darslarida op vaqt misollar yechishga berilib, masalalar bilan ishlashga , ayniqsa, topqirlikka doir topshiriqlar: rebuslar, qiziqarli masalalar, boshqotirgich, krassvord bilan ishlashga kam e’tibor qaratishimiz asosida kichik yoshdagi oquvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanmay qoladi . Oquvchilar beriladigan masalani yetarlicha mulohaza qila olmaydilar, unda berilgan va izlanayotgan sonlarga kora shartlarni aniqlab , chuqur izlanmay, mexanik ravishda amallarni bajaradilar. Asosan, masala yechishda biz oquvchilarni sida yechib korsatilgan namunada qanday ketma-ketlik bolsa , shunday yechishga odatlanganmiz . Bu esa oquvchilarni ma’lum bir tizim asosida masalada berilgan sonni ishlatib , masala mazmuniga va soralayotgan miqdorga e’tiborsizlikka olib keladi va bola matiqiy ikrlamay xulosa chiqaradi.Ta’lim jarayoni , qolaversa, dars jarayonida oquvchilarni mustaqil fikrlashga har bir topshiriq ustida ijodiy yondashuvga, asosli xulosa chiqarishga undash uchun qiziqarli matiqiy masalalar va nostandart masalalarning bajarishning roli katta. Boshlangich sinf matematika kursida biz qiziqarli masalalardan foydalansak , bu oquvchilarni darsga bolgan qiziqishlari va faolligini oshiradi. Agar bolalarning yosh xususiyatiga moslab mantiqiy masalalar bersak, ularda ijodkorlik, hayotiylik, maqsadga intilish kabi xislatlar rivojlanadi . Chunki bu qiziqarli va mantiqiy masalalar yechimi togri amal bilan chiqmaydi:bular ustida ishlash yechimni toppish uchun topshiriqdagi har bir sozga , gapga e’tibor berib , uning hayotdagi ornini bilib , unga asoslanib, yechgan oquvchigina togri yechimga boradi .Agar bola masala oqilayotganda biror detallga e’tibor bermasa, bu uni notogri yechiga olib boradi.Agar e’tibor berib qaralsa , ya’ni masalada gap borayotgan fikr va predmet ustida diqqat bilan qaralsagina , ya’ni bola koz oldiga gavdalantirilsa ijobiy natijaga erishiladi. Oddiy koringan masalalar yechimi hech qachon birdaniga chiqmaydi. U ozida sirli jumboqni yashiradi. Buni yechish uchun oquvchi ijodkor bolmogi lozim. Mantiqiy topshiriqlar oyinlar, didaktik materiallar bilan amaliy ishlar darsda nisbatan katta orin egallashi kerak.
Boshlangich sinf matematika darslarida mantiqiy oyinlar oquvchi biluv faoliyatini oshirish vositasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Didaktik oyin oquvchi ta’lim- tarbiya olishi, uning har tomonlama rivojlanishi uchun muhimvosita bolib xizmat qiladi. Bolalarga har bir oyinni orgatishda muayyan ta’limiy maqsadni nazarda tutish oqituvchi diqqat markazida bolishi zarur. Oyin orqali oquvchi otiladigan mavzu yuzasidan bilm oladi, konikma malakalarga erishadi . Oyinning eng muhim ahamiyati ham shundadir .
Didaktik oyinlarning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, u oquvchilarni hamjihatlikka, intizomlikka sezgilikka , topqirlikka, e’tiborli bolishga, qatiylikka undaydi.
Didaktik oyinlar oquvchi faoligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi . Har bir oyinga kirishgan oquvchidan oquv topshiriqni bajarishga yangicha munosabatda bolishni talab etadi , uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib chiqaradi. Oquvchi ijodkorligini oshirishda mantiqiy oyinlar nihoyatda zarur.Mantiqiy oyinlar oquvchi tafakkuriga moljallangan bolib, oquvchi biluv faoliyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Inson bilishning hisiy va mantiqiy bosqichi mavjud. Odanzotning hissiy bilishi uning sezgi , idrok , tasavurlarida oz ifodasini topadi. Insonning mantiqiy bilishi uning tushuncha , hukm , xulosalarida, oz ifodasini topdi.
Oquvchi mantiqiy oyinlarda ishtirok etib , oyin shartlari yuzsidan mushohada yuritib , ma’lum hukm va xulosalarni chiqaradi.
Shunday oyinlardan ba’zilarini keltiramiz:
Quyida keltiradigan ,,Sonni top’’ mantiqiy oyini 4-sinfning 1-choragi boshida matematika fanidan 3-sinfda otilganlarini takrorlash darslarida otkazish mumin . Oyin umumsinf ishi tariqasida otkazilishi mumkin. Oquchilarda quyidagi topshiriq aytiladi: ,, Uchta quticha ichida ,,bir xonali son ‘’ , ,,ikki xonali son’’ , ,,uch xonali son ‘’ deb yozilgan :1. Bir xonali son 2. Ikki xonali son 3. Bir xonali bolmagan son . Bu uchala yozuv notogri ekanligini bilgan holda har bir qutichada bunday kartochka joylashganligini toppish mumkinmi?’’ Har bir oquvcuhi mantiqan fikr yuritib ,togri vatez bajargan oquvchi doskaga chiqib, sinf oquvchilari bilan umumsinf muhokamasida mantiq oyinini izohlaydi.
Oquvchi quyidagi cha mushohada qilishi mumkin: Uchinchi qutichadagi ,, Bir xonali bolmagan son ‘’ yozuv xato bolgani sababli 3- qutichada ,, Bir xonali son ‘’ yozilgan kartochka joylashgan . Bu oquvchining chiqargan dastlabki togri hukmi boladi.
2-qutichada ,,Ikki xonali son ‘’ yozuv xato bolgani uchun unda yo bir xonali son yoki uch xonali son yozilgan kartochka joylashishi mumkin. Ammo , ,,bir xonali son ‘’yozilgan kartochka 3-qutichada joylashgan. Demak , 1-qutichada joylashgan boladi. Oyin golibi ragbatlantiriladi.
Boshlangich sin oquvchilari bilan matematika darslarida mantiqiy oyinlarni tashkil qilish va unio otkazish borasida quyidagilarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiq :
-Dars maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda mantiqiy oyinlarni tanlash.
-Mantiqiy oyinni shunday tashkil etish kerakki, unda barcha sinf oquvchilari jalb qilingan bolsin.
- Mantiqiy oyinni otkazish jarayonida oquvchilarning umumsinf, guruh va yakka tartibda oquv faoliyatlari mutanosibligini ta’minlash . Tabaqalashtirilgan didaktik oyinlardan foydalanish.
- Dars jarayonida mantiqiy oyinini otkazishning qulay vaqtini belgilash.
-Oyin goliblarini aniqlash.
Kichik maktab yoshdagi bolalarni oqitish jarayonida mantiqiy topshiriqlarni bajarishga orgatish natijasida oquvchilarning biluv faoliyatlari oshadi, ulrda topqirlik, sezgilik, hushyorlik kabi sifatlar tarkib topadi.
Mantiqiy topshiriqlar oquvchi tafakkuriga moljallangan bolib, biluv faoliyatini rivojlanishga karra yordam beradi.
Oquvchi mantiqiy topshiriqni bajar ekan, topshiriq yuzasidan mushohada yuitib, ma’lum hukm va xulosalarni chiqaradi. Mulohazalarning real yoki yolgon ekanligini aniqlaydi.
Hozirgi boshlangich sinf matematika darsliklari ( 3-sinf va 4- sinflar )ni tadqiqot mavzusi yuzasidan varaqlar ekanmiz deyarli har bir darsda organilishi zarur bolgan mantiqiy mazmundagi oquv topshiriqlari orin olganini guvohi boldik.
Bunday topshiriqlarni ayrimlarini tahlil qilamiz.
3 –sinf matematika darsligining 5- betdagi oquv topshirigini qaraylik.
Rasmda tortburchaklar nechta? Togri tortburchaklar –chi ? Kvadratlar-chi ?
Ushbu topshiriqni oquvchilarning matematikadan geometrik shakllarga doir bilim, malaka va konikmalari mustahkamlashga, oquvchilarni topqirlikka, ziyraklikka olib kelishga qaratilgan oquv topshiriqlaridir. Oquvchi bu topshiriq ustida ish olib borar ekan , dastlab chuqur diqqat bilan kozdan kechirib, songra mustaqil bajarishga kirishadi. Ushbu topshiriqni bajarishda togri tortburchak , kvadrat, uchburchak, beshburchak kabi geometric figuralarning oziga xos xususiyatlari hisobga olish zarur. Oquvchi ushbu shakda 3 ta kvadrat , 4 ta togri tortburchak, 2 ta uchburchak borligini bilib oladi.
Darslikning 14- betdagi mantiqiy topshiriqni tahlil qilaylik :
Mahmud 15 yoshda. Alisher 9 yoshda . Mahmud 10 yoshga bolganida Alisher necha yoshda bolgan?
Ushbu mantiqiy masalani muhokama qilayotgan oquvchi shunday fikr yuritadi. Mahmud hozir 15 yoshda u 10 yoshda bolganida, yoki 5 yil avval,Alisher yoshi 9 – 5 = 4 yoshda bolgan. Ushbu masalani yana boshqa oquvchi quyidagicha ifodalashi mumkin.
Mahmud bilan Alisher yoshlari orasidagi farq 15 – 9 = 6 yosh. Mahmud 10 yoshda bolgan paytda shu farq saqlagan holda 10 – 6 = 4 yosh. Alisher yoshi aniqlanadi.
Bunday topshiriqning afzalligi – oquvchini mantiqan fikrlashga undaydi. Turli xil mulohaza yuritish yollarini qidirishga olib keladi. Oquvchi fikrlash doirasi kengayadi.
Darslikning 18- sahifasidagi mantiqiy topshiriqni bajarishdan maqsad- ketma- ket keluvchi natural sonlar, ularni taqqoslashga oid bilim malakalari rivojlanadi.
Topshiriq; Oquvchi ketma- ket keladigan ikki soni qoshdi. Ularning kattasi 46 , bularning yigidisini toping.
Demak, shunday mulohaza yuritiladi. Ketma- ket keluvchi sonlardan kattasi 46 bolsa, undan oldin keluvchi son 45 boladi. Ularning yigindisi

  1. + 46 = 91 ga teng boladi.

Rebuslar ham mantiqiy topshiriqlarning bir korinishidir. Darslikning 26- sahifasidagi rebuslarning yeching.
* 5 : * = 9 4 * : * =7
6 * : * = 8 8 * : * =9
Topshiriqni tahlil qilaylik.
Bunday topshiriqni bajarishdan maqsad, oquvchilarning jadvaldagi hollarda kopaytirish va bolishga oid bilimlarni mustahkamlash, ularni topqirlikka, ziyraklikka jalb qilishga undaydi.
5 : * = 9
Bolinuvchidan 10 lik xonadagi va boluvchi noma’lum, ammo bolinma 9 ga teng bu sonlarni toppish uchun oquvchi quyidagicha fikr yuritadi: Bolinuvchi 5 raqam bilan tugayapdi, 9 ga karrali ikki xonali son va 5 raqami bilan tugallanadigan son bu 45 sonidir. Bolinuvchi 45 bolsa, boluvchi 5 soni boladi.
Darslikning 81-sahifasidagi mantiqiy topshiriqda qozichoq va echkilarning ogirliklari orasidagi munosabat ifoda etilgan. Oquvchi mantiqan fikrlab, muvozanatdagi tarozini korib, echki vazni aniqlanadi.
Amal ishoralari va qavslarni orinli ishlatib, togri tenglikni hosil qilishga doir topshiriq ham topqirlikni, mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Darslikning 85-sahiasidagi 14- topshiriq shu maqsadda yonaltirilgan;
1 . . . 2 . . . 3 . . . = 1 12 . . . 3 . . . 4 . . . = 1
Oquvchilar mantiqan fikrlab , quyidagi yechim variantlarini berishlari mumkin
( 1 + 2 ) : = 1 (12 : 3 ) :4 = 1 yoki 12 : ( 3 * 4 ) = 1
Darslikning 144- sahifasidagi mantiqiy topshiriq geometric shakllarni toppish, gemetrik figuralarni muhim xossalarini ajrata bilish konikmasi tarkib topishga ijobiy ta’sir korsatadi.
ABCDEK oltiburchakning tomonlari teng. Oltita turli tomonli va torta teng yonli uchburchaklarni toppish va nomlarini kochirib yozish. Teng yonli uchburchaklar orasida teng tomonli uchburchaklar bormi ?
Ushbu topshiriq mantiqiy topshiriqlar turkumiga kiradi. Sababi yuqoridagi savollarga jaob izlash , bevosita oquvchidan mantiqan togri mulohaza yuritishni talab etadi.
Berilgan ABCDEK oltiburchak muntazam chunki, barcha tamonlari ozaro teng.
AB = BC = CD = DE = EK = EK
Barcha uchburchaklar: ABC, ACH, CHD, AKE, CHD, AKE, AEH, EHD, ACD, AED CDE, ACE,
Ushbu uchburchaklardan turli tomonli uchburchaklar: ACH, AEH, CHD, EHD, ACD, ADE lar
Teng yonli uchburchaklar: ABC, AHE, CDE, ACE; hamma tomoni teng bolgan shakl – uchburchak mavjud: ACE
Oqituvchi bu topshiriqni oquvchilar bilan hamkorlikda geometric shakllar naboridan foydalanib, yoki ozlari qolda tayyorlab shu shaklni tuzib, undan yuqorda nomlari olingan shakllarning muhim xossalarini amalgam sinab korib, xulosa chiqarishlari zarur.
Tortinchi sinf matematika darsligi mualliflari : A. Qochqorov , Sh, Sariqova, I. Rahmonovalar ozlarining darsliklarini koplab qiziqarli, topqirlikka oid, mantiqiy topshiriqlarni kiritganlar.
Darslik sahifalaridagi ayrim masalalarni tahlil qilaylik;
Daeslikning 7- sahifasidagi 5- mashq mantiqiy topshiriq bolib , oquvchidan topqirlikni talab etadi.
Masala: Pallali tarozi va 200 g li tosh yordamida 3 marta olchash orqali unni 2 ta 800 g li va bitta 2 kg li qismlarga ajrating.
Ushbu topshiriqni oquvchilar mulohaza yuritib, quyidagi mazmunda yechadilar.
Masala shartida un 3 kg 600 g deb rasmda korsatilgan. 200 g li tosh yordamida 2 marta olchab, 400 g un olindi. Endi tarozining bir pallasiga 400 g un, ikkinchi pallasiga yana 400 g un olindi, natijada ikkalasi qoshilib 800 g un hosil boldi. Natijada yana bir maratoba 800 g un tarozining chap pallasiga qoyiladi.Ong tomondan 2 kg 800 g qolgan undan 800 g ajratib olinadi, natijada2 kg un ajralib qoladi. Shunday qilib, uch olchash natijasida 800 g va 2 kg un alohida-alohida ajratiladi.
Darslikning shu sahiasidagi 6-masalani ham oquvchilar qiziqib bajarishadi.
Masala. Televizorda 72 qismli multfilm haftaning har seshanba, chorshanba, payshanba kunlari korsatiladi. BU multfilm necha hata davomida tola korsatiladi?
Masala muhokamasida haftada uch kun multfilm korsatilgani sababli 1 haftada 3 kun , demak 72 qismli multfilm 72 : 3 = 24 namoyish etiladi.
Darslikning 14- betidagi matematik jumboq ham mantiqiy tafakkurni talab etadi:
Topshiriq: Toti tulkiga quyidagi matematik jumboqni beribdi:
Bir son oyla, unga 18 ni qosh yigindini 2 ga kopaytir.Kopaytmaga 4 ni qosh, natijani 2 ga bol, bolinmadan oylagan sonni ayir.Natija 20 ga teng boldi shundaymi?

  • ha

Toti aytgan matematik jumboqning siri nimada?
Ushbu mantiqiy topshiriqni bajarishdan maqsad oquvchining mantiqiy taakkurini ostirish , topshiriq ustida mantiqiy fikrlab,togri yechmni izlashga orgatish.
Darslik sahialarida figuralarni almashtirisgga oid , shakl almashtirish yordamida yangi shakllar hosil qilishga oid topshiriqlar koplab keltirilgan. Quyidagi topshiriq ham shulardan.
118- bet 6- topshiriq
3 ta chopni ornini shunday almashtiringki, natijada 4 ta bir xil kichik kvadrat va 1 ta katta kvadrat hosil bolsin.
Bunday topshiriq oquvchilarning mantiqiy fikrlashlarini ostiradi, topqirlikka undaydi.
172-betdagi 4-topshiriq ham mantiqiy tafakkurni ostirishga xizmat qiladi.
Topshiriq: Bochkada 10 litr suv bor. Berilgan (4 litrli va 3 litrli )idishlar yordamida qanday qilib bochkada 5 litr suv qldirish mumkin?
Bu muammoli topshiriqni bajarish jarayonida oquvchilar chuqur mulohaza yuritishlari talab etiladi.Ushbu masala yechim variantlari har xil bolishi mumkin.Shunday yechim yollaridan biri
Bochkadan 4 litrli idish bilan 2 marta suv olinadi. Bochkada 2 litr suv qoladi, olingan 4 litrli suvni 3 litrini 2-idishgaga olchanib qayta solinadi.Natijada bochkada 5 litr suv hosil boladi.


XULOSA
Shunday qilib, muammo borasida o'qilgan, o'zlashtirgan, kuzatgan va pedagogik amaliyot davrida bu borada sinov darslarimizda hal qilgan ishlarimizdan tegishli xulosalar chiqardik.
Har qanday jarayon - harakatdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning moddiy o'zgarishidir. O'qitish jarayoni ham yosh avlodga aqliy kuchlarni rivojlantirish va aqliy sifatlarni shakllantirishgа qaratilgan harakatdir.
Demak, o'qitish jarayonining qanday tushunishimiz kerak? O'qitish jarayoni o'qituvchining va u rahbarlik qilayotgan o'quvchilarning aqliy qobiyaliyatini o'stirish, ularni hayotga tayyorlashni amalга oshirish maqsadida bilim, ko'nikma va malakalar tizimini ongli hamda puxta o'zlashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi ishlarning majmuasi deb tushunishimiz kerak.
Bu vazifalar biz o'qituvchilarning faoliyatimizga ham ko'pgina talablarni qo'yadi albatta.
Kichik maktab yoshi o'quvchilarining mantiqiy tafakkurini o'stirish vositalari tizimi motivlari asosida, ma`lum bir maqsadga yo'naltirilgan holda boshqarishni talab qiladi va ta`limning barcha bosqichlarida o'quvchilarning ta`limiy motivlarini asosini ajrata bilish, o'quvchilarning faoliyatiga munosabatini shakllantirish, ularning emotsionalligini oshirish kerak. Tajribalar va nazariy bilimlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, o'qituvchi o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatlarini tashkil qilishda, mantiqiy tafakkurini o'stirishda etakchi rol' o'ynaydi. O'qituvchining shaxsi, bilimi o'quvchilarga va ishiga munosabati pedagogik-metodik mahorati, bularning barchasi ko'p hollarda o'rganilayotgan masalani echishda muvaffaqiyat keltiradi. O'qituvchi o'quv materialining strukturasini tayyorlaydi, ta`lim metod va formalarini aniqlaydi, ta`lim jarayonini tashkil qiladi, har bir o'quvchining qobiliyat va xususiyatlarini hisobga olgan holda o'qitadi. Demak, darslarda o'quvchilarning mantiqiy tafakkurini o'stirishda ta`lim tamoyillaridan foydalanish juda katta samara beradi.



Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish