Mavzu: Buvijonim o’gitlari



Download 253,5 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi253,5 Kb.
#458193
Bog'liq
buvijonim ogitlari mavzusida dars is


Mavzu: Buvijonim o’gitlari.
Maqsad: O’quvchilarga  “Qarisi bor uyning parisi bor,” hikimati mazmuni haqida bilim, ko’nikma hosil qilish.
 “Qarisi bor uyning parisi bor,” – deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat! Hayot saboqlaridan dars olgan, hayotning achchiq — chuchugini tatigan muxtaram keksalarimiz bor ekan, hayotimiz mazmunli, koshona uylarimiz fayzlidir. Ularning mehrli va sehrli so’zlari, hayot deb atalmish, “kitob”dan o’rgangan o’gitlari, chiqargan xulosalari bizning-da hayotimizni nurafshon etadi. Samodagi charog’on quyosh yer yuzini qizdirsa, momo – buvilarimiz o’gitlari qalbimimizni ilitadi. Zero, “Qari bilganni pari bilmas”. Haqiqattan ham, keksalarimiz o’gitlari hech qanday kitobda, hech qanaqa manbada ko’rsatilmaydi. Buni biz quyidagi hikoyada ham ko’rishimiz mumkin. Rivoyat qilishlaricha, qadimda bir mamlakatda qariyalarning yashashi man etilgan ekan. Ular ma’lum bir yoshdan oshganlaridan keyin maxsus joylarga olib borib, qarovsiz tashlab ketar ekanlar. Otasining qullardek xorlanishini istamagan bir dono yigit otasiga yashirincha qarab yuraveribdi. Qarilarsiz qolgan bu qishloq parokandalikka yuz tutibdi. Qishloqda qurg’oqchilik kelib chiqibdi. Natijada ocharchilik boshlanibdi. Qishloqda yashayotgan “dono” yoshlar buning chorasini topa olmaptilar. Otasiga yashirincha qarab yurgan, haligi yigit otasining maslahati yordamida suv yo’lini aniqlabdi. Qishloq gullab yashnabdi. Endi bu go’zal qishloqda faqat yoshlargina emas balki, qariyalar ham farovon turmush kechira boshlabdi.
Mening ham yuzlari nurli, so’zlari sehrli, mehribon buvijonim borlar. Ular oltmish yoshdalar. Umrlari davomida jamiyatning asosiy negizi bo’lgan kutubxonada faoliyat k o’rsatganlar. Kitobga bo’lgan mehrlari tufayli uyimizda ham ajoyib kutubxona tashkil etganlar. Mening ham adabiyotga bo’lgan qiziqishim aynan shu kutubxona tufayli yuzaga kelgan. Chunki bu yerdagi kitoblarning aksariyati badiiy adabiyotlardir. Bu kitoblar mahallamizning yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo’lgan insonlarini ham o’ziga jalb eta olgan. Bu kutubxona tarqatayotgan ziyo shu mahallada yashovchilarning barchalari qalbiga kirib bora olgan. Shuning uchunmi, balki buvijonim mehrlari tortadimi, bilmadim uyimizdan odam arimaydi. Buvijonim eshigimizga qadam ranjida qilgan har bir kishidan shirin so’zlarini , joiz bo’lsa, ajoyib kitoblarini ayamaydilar. “Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q,” – deya bizga uqtiradilar. “Hayotda yetti farzandni dunyoga keltirib, voyaga yetkazib, shunday farovon turmushga erishgunimga qadar neki, qiyinchiliklarni kechirgan bo’lsam, doimo aynan shu kitobga suyanganman,”- deydilar mehribon buvijonim.
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson. Darhaqiqat! Bu farovon, tinch zaminimizda inson doimo qadrli. Ayniqsa elning-yurtning g’ami deya bellari bukilgan muxtaram keksalarimiz e’zozi naqadar ulug’. 2002-yilning “Qariyalarni qadrlash yili” joriy yilning esa “Keksalarni e’zozlash yili’ deb atalishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Qachonlardir bizdek navqiron, yosh va go’zal bo’lgan bu keksalarni e’zozlash har birimizning burchimizdir. Buning uchun esa mavridini poylash shart emas. Zero, prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek savob ishni har kim har kuni qilishi mumkin . Keksalarimizni qartaytirgan bu hayot ularga bugun farovon hayot hadya etdi. Ularning oqargan sochlari kimnidir sog’inib, ko’proq o’ylaganlaridan, yuzlaridagi ajinlar esa shodon kulgilardan nishonadir. Hayotda xuddi ana shunday bo’lib qarish barchamizga ham nasib etsin. Zero shoir ta’kidlaganidek

Har kimning ham sochlariga oq tushsin ,
Ajin tushsin yuzlariga dog’ tushsin ,

Har kimning ham quvvat ketib belidan, 

Qo’llariga asov bir tayoqtushsin.

Download 253,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish