4
qobiliyatini mustahkamlashni hal etishga yo’l beradi. Ilg’or texnologiyalarni egallab
borish, ishlab chiqarishning zamonaviy tuzilmasidan munosib o’rin olishga imkon
beradi. Binobarin, fermer o‘zi yetishtirgan mahsulotni o‘zi qayta ish¬lashni yo‘lga
qo‘yishi, shu orqali qishloqqa sanoatni olib kirishi qanday ahamiyatga ega ekani va
pirovardida aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bugun barchaga ayon
haqiqat. Mazkur islohotlar ichki bozor talabini qondirish, mamlaka¬timizning
eksport salohiyatini oshirishda katta samara berishini hayotning o‘zi isbotlab turibdi.
Chorvachilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Bu tarmoq
aholini go’sht, sut, sariyog’, tuxum kabi qimmatli oziq – ovqat mahsulotlariga, qayta
ishlash
korxonalarini esa teri, jun, qorako’l teri, pat va par kabi xom ashyolarga
bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
Chorvachilik tarmog’i aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga
ega. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida band bo’lgan 3,1 mln. kishining 1,1 mln.
dan ortig’i chorvachilik sohalarida faoliyat yuritmoqda.
Yaylov chorvachiligi esa iqtisodiyotning boshqa sohalari uchun “tashlandiq”
hisoblangan past hosilli, qish oylari o’ta sovuq, yoz oylari esa jazirama issiq bo’lgan
cho’l va dasht yerlarda aholini yashashi ishlab chiqarish bilan shug’ullanishi hamda
arzon chorvachilik mahsulotlari yetishtirish imkonini beradi.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida barcha sa’yi - harakat faoliyatdan
olinadigan foyda summasini ko’paytirib, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga
qaratiladi.
Chorvachilikda foydani shakllanishini
nazorat va tahlil qilish, ortiqcha
xarajatlarni aniqlash va ular sarfini keskin kamaytirish samaradorlikni oshirishda
dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining “Naslchilik
to’g’risida”, “Veterinariya to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va qishloq
xo’jaligida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora – tadbirlari
to’g’risida”gi 308-sonli va 2008 yil 21 apreldagi 842 – sonli qarorlari muhim
ahamiyat kasb etdi.
Kurs ishining asosiy maqsadi Chorvachilikda mahsulotlarini
qayta ishlashni
tashkil etish hozirgi holatini tahlil qilish va uni oshirish imkoniyatlariga oid takliflar
ishlab chiqishdir.
Qo`yilgan maqsadga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishiladi:
- qishloq xo’jaligining resurslar salohiyatini o’rganish;
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishning nazariy
asoslash va adabiyotlarni sharhlash;
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishning hozirgi
holatini ko’rib chiqish;
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishga doir taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish.