Mavzu: daromad va almashtirish samarasi



Download 232,25 Kb.
Sana01.05.2022
Hajmi232,25 Kb.
#601416
Bog'liq
Ishlab chiqarish nazariyasi

MAVZU:ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI


1
2
3

Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma′lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o`z ustaxonasiga ega bo`lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.

  • Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma′lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o`z ustaxonasiga ega bo`lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.

Ishlab chiqarish omillari
Ishlab chiqarish funksiyasi.
Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin:
2. Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik
almashtirish normasi
Izokvantalar.
Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz.
Rasmda keltirilgan Q1 egri chizig`i 60 dona stul ishlab chiqarishni ta′minlaydigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Q2 egri chizig`i 80 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini, Q3 egri chizig`i esa 100 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Rasmdagi Q1, Q2 va Q3 egri chiziqlarga izokvantalar deyiladi.
Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta′minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Izokvantalar chapdan o`ngga va yuqoriga qarab joylashib borsa, ularga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmi ham mos holda oshib boradi.
Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo`lib, ularning har biri ma′lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to‘g‘ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o`zida akslantiradi.
Ma′lum vaqt oralig`ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot desak, o`rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgaruvchan ishlab chiqarish omillari sarfiga nisbati bilan aniqlanadi.
Bu yerda: Q - umumiy mahsulot miqdori; AP- o`rtacha mahsulot; F-sarflangan resurslar.
Chekli mahsulot - bu o`zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo`shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o`sgan qismiga aytiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bitta omil, ya′ni faqat mehnat saflansa chekli mahsulot quyidagicha aniqlanadi: MPL
Бу ерда - - qo`shimcha birlik mehnat sarfi hisobiga ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot miqdori
Agar ishlab chiqarishda mehnat sarfi o`zgarmas bo`lib, mahsulot ishlab chiqarish faqat kapitalga bog`liq bo`lsa, chekli mahsulot ga teng: MPK KQ
Bu yerda: -bir birlik qo`shimcha kapital sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot; - bir birlik qo`shimcha sarflangan kapital.

3. Izokosta va ishlab chiqarish xarajatlarini minimalashtiruvchi omillar sarfini aniqlash

  • Ishlab chiqarish resurslari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab chiqarish masalasi firmalar uchun asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalani soddalashtirish uchun ikkita o`zgaruvchi omilni ko`ramiz: mehnat va kapital. Mehnat sarfi ( L ) soatbay ish haqi bilan, kapital sarfi (K ) - uskuna, mashina va mexanizmlardan foydalanish vaqti (soatlarda) o`lchanadi. Faraz qilaylik, mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanadi va ijaraga olinadi. Mehnat haqi bir soatlik ish haqi bilan o`lchanadi va uni W orqali belgilaymiz. Kapital narxi - uskuna, mashinalarning bir soatlik ijara haqiga teng deylik va uni r deb belgilaymiz.

Izokosta
ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo`lib, u umumiy qiymati bir xil bo`lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi, ya′ni umumiy qiymati bir xil bo`lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi.
Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni S deb belgilasak, ishchi kuchiga sarfini WLva kapitalga sarfini rK desak, izokostani ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
S=WL+rK
Izokosta
Agar firmaning umumiy xarajatlari ikki variantda bo`lsa, ya′ni C1 va C2 hamda C1Izokostaning joylashuvi
Firma byudjetining o`sishi yoki resurslar narxining pasayishi izokostani o`ngga siljitadi, byudjetning qisqarishi va resurslar narxining oshishi izokostani chapga siljitadi.
tenglamani quyidagi ko`rinishda yozamiz:
tenglamadan kelib chiqadiki izokostaning burchak koeffitsienti quyidagiga teng:

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 232,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish