Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari



Download 75,28 Kb.
bet4/18
Sana10.04.2022
Hajmi75,28 Kb.
#541507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
mavzu

Frontal ta’limda oʻqituvchi butun sinfdagi oʻquv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ular biror bir vazifa ustida ish olib boradi.
Guruhli shaklda oʻqituvchi sinfdagi oʻquvchilarning guruhlardagi oʻquv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ularni boʻg‘inli, brigadali, koʻchma va differentsialli guruhli shaklga boʻlish mumkin.
Individual ta’lim oʻquvchilar boshqa oʻquvchilar bilan bog‘liqlikda oʻquv-bilish faoliyatini amalga oshiradi. Ya’ni, butun sinf butun topshiriqni, har bir oʻquvchi alohida mustaqil bajaradi.
Birinchi universitetlar paydo boʻlishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta oʻzgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi boʻyicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida oʻqishning asosiy shakllaridan biri boʻlib kelmoqda.
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qoʻyilmoqda:

  1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan toʻgʻriligi.

  2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.

  3. Oʻqitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta’lim oluvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash.

  4. Mashgʻulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qoʻshib olib borish.

  5. Ta’lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta’lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish.

  6. Darslarning oʻzaro uzviy va dialektik xususiyatga ega boʻlishiga erishish.

  7. Ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.

  8. Darsda ta’lim oluvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish.

  9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.

  10. Darsda ta’lim oluvchilar erkinligini ta’minlash Demak, ta’lim oluvchilarni bilim, koʻnikma va malaka bilan qurollantirishda mashgʻulotning asosiy qismini ishgʻol qilgan ta’lim shakli u yoki bu koʻrinishdagi dars turini tashkil etar ekan.

Dars – (maktabdagi) oʻquv ishining asosiy tashkiliy shakli boʻlib, unda oʻqituvchi aniq belgilangan dars doirasida oʻquvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval boʻyicha shug‘ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, oʻquv dasturiga oʻzi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
Dars oʻquv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini:
leksiya, praktikum, laboratoriya mashg‘ulotlari, amaliy, konsultatsiya, uy vazifalari, qoʻshimcha mashg‘ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg‘ulotlar sanaladi. Ular oʻquvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: toʻgaraklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, koʻrgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar.

Download 75,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish