Mavzu: Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari. Reja: kirish


Budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirish



Download 62,21 Kb.
bet2/4
Sana05.12.2022
Hajmi62,21 Kb.
#879138
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari

2.Budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirish.
Budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi.Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni - mudofaa, milliy havfsizlikni ta’minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliya-lashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning budjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo‘lishi shart. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslarning daromadi (foydasi) dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi.
Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy budjetlar daromadlilik darajasini tartibga solib turish maqsadida ajratmalar ajratilishi mumkin. Bordi-yu, ajratmalar evaziga ham mahalliy budjetlarning xarajatlari qoplanmasa, u holda subventsiya yoki dotatsiya beriladi. Agar kelgusi yilda mahalliy budjetlarning o‘z manbalari barqarorlashib, soliqlari hajmi ko‘payib borsa, respublika soliqlaridan ajratmalar berishning zaruri-yati bo‘lmaydi.Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mehnatkashlarga yaqin bo‘lganligidan ular ijtimoiy masalalarni - maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin odatda bu soliqlar va yig‘imlar ular budjetlari xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos. Mahaliy budjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb masala-lardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy hukumatgina o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishi mumkin. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning budjetiga tushadi. Ular hisobidan boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
U yoki bu mamlakatdagi muayyan hududning soliq tushumlari barqarorligi ushbu hududning rivojlanganlik darajasiga, unda ishlab chiqarish hajmlarining oshib borishiga, iqtisodiyotning tarmoq tarkibiga, kichik biznesning rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi.

Davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishi
Davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta‘minlash maqsadida hududlarning iqtisodiy va unga bog'liq ravishda byudjet salohiyatini yaxshilash, hududlardagi soliq bazasini kengaytirish maqsadida tadbir-korlik faoliyatini va kichik biznesni rivojlantirish, hududlarga xorijiy investitsiyalar oqimini rag'batlantirish, mamlakat byudjet amaliyotida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari g'azna ijrosini samarali va to'g'ri tashkil qilish, byudjet mablag'larining maqsadli ishlatilishini ta‘minlash, moliya-byudjet-g’aznachilik organlari xodimlarining malakali bo'lishiga erishish,byudjet ijrosining avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda byudjet ijrosining shaffofligi,tezkorligi va samaradorligini ta‘minlash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lovlarga soliq deyiladi.Yig‘im deganda budjet tizimiga to‘lanadigan Soliq kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi ob’yektiv zaruratdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’yektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, ular soliqlarning ob’yektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatning norentabel (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshqalar) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlar ob’yektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi. Vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun- qoidalari.



Download 62,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish