Mavzu. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish


Navbatdagi muxim vazifa siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat xayotida siyosiy



Download 410,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana29.06.2022
Hajmi410,73 Kb.
#718065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
fuqarolik jamiyati Maruza 3-mavzu

Navbatdagi muxim vazifa siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat xayotida siyosiy 
partiyalarning rolini kuchaytirish, ular O’rtasida sog„lom raqobat muxitini shakllantirishdan 
iborat. 
Xarakatlar strategiyasida siyosiy partiyalar deputatlik guruxlarining maxalliy ijro xokimiyati 
organlari faoliyati ustidan nazorat qilishdagi xuquq va kafolatlarini kengaytirishga qaratilgan «Siyosiy 
partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
xaqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni - partiya 
guruxlari tomonidan maxalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish 
masalalarini ko‘rib chiqish, maxalliy ijroiya xokimiyati organlari mansabdor shaxslarining xisobotlarini 
eshitish xaqidagi takliflarni kiritish, tuman (shahar) xokimi nomzodini viloyat xokimi tegishli xalq 
deputatlari Kengashlaridagi partiya guruxlarining xar biri bilan maslaxatlashuvlar odkazilganidan so‘ng 
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish, xalq deputatlari maxalliy 
Kengashlaridagi partiya guruxlariga viloyatlar va Toshkent shahar xokimlariga tegishliligi bo‘yicha 
tuman (shahar) xokimlarining, shuningdek, maxalliy ijroiya xokimiyati organlari raxbarlarining 


qoniqarsiz faoliyati xaqida xulosalarni taqdim etish xuquqini berish, Qonunchilik palatasi deputatlariga 
joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya xududiy bo‘limlarining vakillarini 
biriktirib qo‘yish kabi muxim faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish nazarda tutildi. 
Mamlakatda «saylovchilar (fuqarolar) siyosiy partiyalar parlamentdagi siyosiy partiyalar 
fraktsiyalari (maxalliy vakillik organlaridagi partiya guruxlari) qonunlar, me’yoriy xujjatlar, davlat 
organlari qarorlari» sxemasi asosida fuqarolarning manfaatlari va irodasini davlat xokimiyati, jumladan, 
maxalliy xokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda, maxalliy davlat boshqaruvi 
xalq manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xarakatlar strategiyasi asosida partiya guruxlariga yangi xuquq va vakolatlar berilishi maxalliy 
vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida maxalliy 
deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, maxalliy vakillik organlarida shakllangan 
partiya guruxlari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jixatdan ta’sirchan kuchga aylanishi, xududdagi 
muammolarni ko‘tarib chiqish, ularning yechimini topishga doir faoliyatini jonlantirish uchun zamin 
tayyorlaydi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muxiti partiya guruxlari o‘rtasida 
yaqqol sezilib turishiga muxim ahamiyat berish, turli dasturiy va g‘oyaviy maqsadlar o‘rtasidagi 
munozaralar, aholi orasida o‘z elektorati qarashlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida 
tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi. 
Siyosiy partiyalarning maxalliy vakillik organlarida partiya guruxlari rolini oshirishdan asosiy 
maqsad - muxim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat xokimiyati organlarini shakllantirishni xalq 
irodasi va xoxish-istagi asosida amalga oshirishdan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini 
ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu - siyosiy partiyalarni demokratik talablar 
darajasida rivojlantirishdir. 
Maxalliy vakillik organlaridagi partiyaviy guruxlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib 
turadigan, ularning maxalliy xududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga 
shart-sharoitlar yaratib beradigan me’yoriy xujjatlarni yanada takomillashtirish fuqarolarning 
manfaatlarini maxalliy vakillik organlarida ifodalash va himoyalash uchun shart-sharoit yaratadi. 
Maxalliy kengashlardagi partiyaviy guruxlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, 
ularning maxalliy xududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-
sharoit yaratib beradigan me’yoriy xujjatlarni yanada takomillashtirish partiyaviy guruxlarning 
faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi muqarrar. 
Xarakatlar strategiyasida Vazirlar Maxkamasining Oliy Majlis palatalaridagi Doimiy vakili (bundan 
keyin - Doimiy vakil) lavozimini ta’sis etish, uning doimiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
xokimiyatlarning qonun ijodkorligi sohasida, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan 
parlament nazoratini tashkil etishda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilishi ko‘rsatildi. 
Bu kabi Doimiy vakil instituti barcha rivojlangan davlatlarda parlament va xukumat o‘rtasidagi o‘zaro 
hamkorlikni mustahkamlashning aloxida bir bo‘g‘ini 


sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Bu kabi hamkorlik ijro hokimiyatining qonunlar loyixasini 
takomillashtirishdagi rolini oshirishga, qonunlar ijrosi samaradorligini ta’minlashga, xukumat 
va parlament o‘rtasidagi aloqalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga, qonun ijodkorligi 
jarayonida ijro etuvchi xokimiyat nuqtai nazariga e’tibor berilishini ta’minlaydi.

Download 410,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish