Mavzu: Elektron hukumat


Xozirda Elektron xukumatning 3-asosiy turi mavjuddir



Download 1,16 Mb.
bet3/8
Sana02.07.2022
Hajmi1,16 Mb.
#731684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektron hukumat.

Xozirda Elektron xukumatning 3-asosiy turi mavjuddir


  • Hukumat-Axoli (G2C)

(Government to Citizens)

  • Hukumat-Biznes (G2B)

(government to biznes)
- Hukumat-Hukumat (G2G)
(Government to Government)
Ayrim davlatlarda Elektron xukumatning G2S (Government to science), G2N ( Government to third sector) kabi turlari mavjuddir.
G2G (government to Government)

  • Davlat –davlatga bunda Davlat boshqaruv apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muasassalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron xijjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.


G2C (Government to Citizens)
Davlat fuqarolarga bu tizimda fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari , turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy xujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shunungdek turli xil to’lovlar bo’yicha tranzaksiyalarni online usulda amalga oshirishlari mumkin.
G2F (Government to Foreigners ) Davlat xorijliklarga – bu tizimda , Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan xolda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi.
G2B (Government to biznes)
Davlat biznsga – mazkur tizim yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish , turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshrish, shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va hokazolarni online amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni online yuborish imkonini berish ko’zlanadi.
"Elektron-hukumat" tizimini yaratish arzon va samarali ma’muriy boshqaruvga olib kelishi bilan jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi, buning natijasida hokimiyatning xalq oldidagi mas’uliyati oshadi.
"Elektron-hukumat" tizimining asosiy tamoyillaridan biri - har bir fuqaro hukumatga istalgan zamon va makonda murojaat etishi mumkinligi. Ya’ni, "Elektron-hukumat" fuqarolarni davlat bilan o‘zaro munosabati va davlat xizmatini sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun geografik qayerdajoylashishidan qat’i nazar, ta’minlashi lozim.
Hozirgi vaqtda fuqarolarga axborot yetkazish passiv va muntazam bo‘lmagan holda ommaviy axborot vositalari orqaligina amalga oshiriladi. Odamlar yangi qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan gazeta, televideniye hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishadilar. Lekin bu hujjatlar bilan ular zaruriyat tug‘ilganda tanisha olmaydilar.Masalan, biror davlat idorasiga murojaat etilganda axborot izlash muammosi bilan bog‘lik xizmatlarga duch kelinadi. Ma’lumotlarni har doim ham e’lonlar taxtasidan topib bo‘lmaydi, bunday hollarda fuqarolar kerakli ma’lumotlarni berish imkoniyatiga to‘liq ega bo‘lmagan xizmatchilarning maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar. Axborot chanqoqligini chala qondirgan fuqaro bundan so‘ng bir necha marta navbat kutib, koniqarsiz xizmatga duch keladi. Bundan tashqari, davlat xizmatlari to‘lovini to‘lashda ham fuqaro jamg‘arma bankida navbat kutishi mumkin. Axborotning to‘liq bo‘lmaganligi va xizmat ko‘rsatishda davlat xizmatchilarining sovuqqonligi tufayli fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan imtiyozlardan bexabar bo‘lgan holda ulardan foydalana olmasligi mumkin. Bu muammolarni hal qilish uchun barcha davlat muassasalari xizmatlarining tavsifi va ro‘yxatlari hamda me’yoriy-huquqiy axborotlarni fuqarolarga yetkazish imkoniyati mavjud bo‘lmog‘i zarur. Mamlakatda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish doirasida bunday axborotlar standartlashtirilgan bo‘lib, Internet saytlarida e’lon qilinishi lozim.
Lekin "Elektron-hukumat" Internet orqali axborot almashinish faoliyatini amalga oshirish boshlanmasdan, balki davlat xizmatlarini shu tizim orqali bajarish imkoniyatini yaratishdan boshlanadi.
"Elektron-hukumat" tizimi fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qo‘mitalar, tashkilotlar, umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi.
"Elektron-hukumat" tizimini yaratishdan asosiy maqsad ob’ektiv omillarni kamaytirgan holda davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarni fuqarolar bilan yaqinlashtirishni ta’minlashdir.
Xullas, "Elektron-hukumat" tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim sifatida emas, balki davlat boshqaruvini amalga oshirish tamoyiliniyag jamiyatni axborotlashtirishdagi keng ko‘lamli elementi ko‘rinishida qaralmog‘i lozim.
Albatta, sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar saylov tizimi, qonunchilik faoliyati, barcha darajadagi hokimiyatlarning fuqarolar oldidagi mas’ulligi nazoratini amalga oshirish tizimlari, ularning birlashmalari va tadbirkorlik faoliyatini qamrab olishi lozim. Qisqacha aytganda, bu jarayonni jamiyat hayoti asosini aniqlovchi uch muhim sub’ektning o‘zaro munosabatlari ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bular: hukumat, fuqarolar va biznes sub’ektlar. Bunda mamlakat fuqarolari birgalikda fuqarolik jamiyatini tashkil etsa, biznes sub’ekglari esa mamlakatning iqtisodiyotini aniqlaydi, davlat esa o‘zaro munosabatlarni birlashtiruvchi yoki integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. “Elektron-hukumat”da iqtisodiy vazifalar byud- jet, moliyaviy-kredit, tuzulmaviy, investitsion, ba- holash, izktimoiy, tashqi iqtisodiy va boshqa ijti- moiy-iqtisodiy siyosat yo‘nalishlari mexanizmlarini yaratish orqali amalga oshiriladi. , Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish uchun alohida shaxs, jamoa va jamiyat qiziqishlarini har tomonlama inobatga olish, muqammal qarordarni shakllantiritdsa hukumat ilmiy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, jamoat va diniy tashkilotlarni jalb qilishi. mumkin.
Hukumat kamchiligi - cheklangan resurslarni taqsimlashda samarali ta’sir kursatishni to‘liq ta’min- lay olmasligi va jamoa orasida cheklangan resurslar- ni taksimlash siyosatini xolisona ta’minlanishiga mos kelmasligida namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruv qarorlarining ijrosini ta’min- lashda salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar to‘rt guruhga bo‘linadi:
axborotning cheklanganligi, qabul qilingan boshqa- ruv qarorlariga hukumatning jamiyat munosabatini to‘liq nazorat qila olmasligi (jamiyatning qiziqish, ehtiyoj va imkoniyatlarini inobatga olmagan holda bir tomonlama boshqaruv qarorlari qabul qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin);
siyosiy jarayonlarning takomillashmaganligi (say- lovchilar ta’sirida ijtimoiy guruh qiziqishi, ay- rim davlat organlari tomonidan noto‘g‘ri siyosat yuri- tish va boshqaruvning muvofiq usullarini qo‘llamas- lik holatlari va hokazo);
davlat apparatini nazorat qilishning cheklangan- ligi (boshkaruv xodimlari soni va budjet sarf-xara- jatining oshib ketishi);
iqtisodiy qarorlar qabul qilishda bozor va huku- mat kamchiliklarining ta’siri natijasini taqqosla- gan holda davlat boshqaruvining optimal shakli va che- garalarini aniqlash mumkin.
Odatda, davlat boshqaruvining to‘rtta modeli k.eng tatbiq etiladi.
Amerika modeli.Iqtisodiy jarayonlarda liberal- lashgan miLlyy iqtisodni boshqarish tizimida asosiy e’tibor bozor munosabatlarini muvofiqlashtirishga karatiladi.Davlat boshqaruvida huquqiy bazalardan foydalanish usuliga asoslanib, jamiyatning rivojla- nishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Amerika modeli- da jamiyat va iqtisodni boshqarishda hukumatning ara- lashuvi juda kam. Bu o‘z samarasini bermoqda. Olim- larning ta’kidlashicha, demokratik davlat boshqaruvijamiyat va iqtisodni dinamik ravishda rivojlanishi- ni ta’minlamoqda.
Yapon modeli. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivoj- lanishida iqtisodiy va shakllanmagan davlat boshqaru- vining turli usullaridan foydalaniladi. Yagganiya iqti- sodiyoti rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati bozor munosabatlarini shakllantirish mexanizmi asosida dav- lat korporativ tuzilmasi yotadi. Bunda jamoaning dunyo- qarashi, xamjihatlig i, shaxsning qiziqishi, jamoa va davlat siyosatiga tobeligi asosiy mezon hisoblanadi.
Nemis modeli. Milliy iqtisodiy-ijtimoiy boshqa- ruv tizimi asosida bozor munosabatlari (asosan, ra- qobat) va davlat tomonidan fuqarolarni samarali ij- gimoiy ximoya kilish tizimi yotadi.
Shved modeli.Davlat ijtimoiy-iqtisodiy boshqa- ruvida hukumatning bevosita ishtirok etishi asosiy holat hisoblanadi. Bunda asosiy omil tenglik va ham- jihatlik hisobLanadi, xalqni ijtimoiy himoya qilish tizimini yaratish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida hukumatning bevosita ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish