Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni



Download 3,81 Mb.
bet14/131
Sana22.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#691736
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131
Bog'liq
9-sinf kimyo

Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Tuzlarning gidrolizi haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya - 1) Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi. “Gidroliz” so‘zi yunoncha “gidro” — suv, “lizis” — parchalayman degan ma’noni anglatadi.
Tuzlar gidrolizi ularning tabiatiga, eritma konsentratsiyasi va haroratiga bog‘liq ekanligini bilib oldik. Demak, kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzlar to‘la gidrolizga uchraydi.
Ayrim tuzlarning suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi. 8-jadval

1. Kaliy nitrat tuzining suvdagi eritmasi indikatorlar rangini o‘zgartirmaydi:

K+ ioni suvning dissotsiatsiyalanishidan oz bo‘lsada, hosil bo‘lgan OH ioni bilan KOH ni hosil qiladi. KOh kuchli elektrolit, ionlarga batamom ajragan bo‘ladi: KOH ↔ K++OH. NO3– ionini H+ ioni bilan birikishidan hosil bo‘lgan HNO3 ham kuchli elektrolit, u ham ionlarga ajrab ketadi: HNO3 ↔ H+ + NO3–.
Demak, kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo‘lgan tuzlarning eritmalari muhiti neytral bo‘ladi. Ya’ni bunday tuzlar gidrolozlanmaydi.
gidrolizlanmaydi.
2. Alyuminiy nitrat kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz. Bunday tuzlar gidrolizlanadi. Alyuminiy nitrat tuzining gidrolizlanganini indikatorlar rangini o‘zgartirganligidan bilish mumkin:

Suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘layotgan OH ionlari Al3+ ioni ga birikib dissotsiatsiyalanmaydigan ion AlOH2+ ni hosil qiladi. Natijada eritmada H+ ionlari ortiqcha bo‘lib qoladi. Eritmada H+ ionlarining ortiqcha bo‘lib qolishi muhitni kislotali qilib qo‘yadi. Bu jarayonda Al3+ ioni AlOH2+ ioniga, AlOH2+ ioni esa yana bitta OH ionini biriktirib Al(OH)2+ ioniga aylanadi.
Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti kislotali bo‘ladi.
3. Natriy karbonat kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuz. Bunday tuzlarning suvli eritmalarida ham kimyoviy jarayon sodir bo‘ladi. 8-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, indikatorlar rangining o‘zga rishidan muhitning ishqoriy ekanligini bilamiz. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda:

kuchsiz kislota anioni suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan h+ ionini biriktirib dissotsiatsiyalanmaydigan HCO3 ionini hosil qiladi.
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi.
4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar to‘liq gidrolizga uchrab, kuchsiz asos va kuchsiz kislota hosil qiladi:

Eritmaning muhiti esa hosil bo‘lgan asos bilan kislotaning nisbiy kuchi bilan belgilanadi. Demak, hosil bo‘lgan asos kuchliroq bo‘lsa, kuchsiz ishqoriy, kislota kuchliroq bo‘lsa, kuchsiz kislotali bo‘ladi, hosil bo‘lgan asos va kislota ning kuchi teng bo‘lganda neytral muhitda bo‘ladi.



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish