Mavzu: Empirik tadqiqot usullari


Tadqiqot ob`ekti yuzasidan tajriba, kuzatish, eksperiment olib boriladi



Download 20,79 Mb.
bet3/7
Sana07.07.2022
Hajmi20,79 Mb.
#754943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
emperik tadqiqot 1

 
Tadqiqot ob`ekti yuzasidan tajriba, kuzatish, eksperiment olib boriladi.
 
Tajriba natijalari dastlabki ishlovlardan o`tkaziladi.
 
Kuzatish, tajriba natijalari ilmiy tushunchalarda aks ettiriladi.
Empirik tadqiqotning II-bosqichi: to`plangan ilmiy dallilar o`rganiladi, tadqiqot ob`ektiga xos xossa- xislatlar aniqlanadi. Bu bosqichda analiz-sintez, turkumlash metodlaridan foydalaniladi.
Empirik tadqiqotning III-bosqichida: tadqiqot ob`ekti haqidagi dastlabki empirik umumlashmalar bayon qilinadi.
Empirik bilishning eng asosiy kurinishi - ilmiy dalil. Shundan kelib chikkan xolda xar kanday ilmiytadkikot ilmiy dalillarni tuplash, sistemaga solish va umumlashtirishdan boshlanadi. Empirik bilish nuqtai nazaridan ilmiy dalil (fakt) deganda; a) borlikda kuzatiladigan xolat, borlikning biron-bir kurinishi yoki uni anglash; b) biron-bir xodisa, jarayon xakidagi chinligi isbotlangan bilim; v) kuzatish va eksperiment jarayonida xosil chilingan empirik bilim nazarda tutiladi. Ilmiy dalilning axamiyati olimlar tomonidan kup bor e’tirof kilingan. Mashxur fizik olim Nils Bor ilmiy dalillarning ilmiy terminlar, tushunchalar tarzida mavjud bulishni nazarda tutib “Biron - bir tajribadan olingan dalilni tushunchalarsiz ifodapash mumkin emas” deydi. Lui de Broyl esa “eksperiment natijaasida shunchaki oddiy dalil emas,balki asoslash lozim bulgan ilmiy dalil xosil buladi” deydi. U “eksperimental kuzatish ilmiy kiymatga ega bulmogi uchun ma’lkm darajadafikr yuritmogimiz, nazariy xarakterga ega tasavvurlarni shakllantirmogimizlozim”, deb xisoblaydi.
Akademik V.I. Vernadskiy “Ilmiy dalillar ilmiy bilim va ilmiytadkikotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Agar ular tugri aniklanganbulsa, munazaraga urin kolmmaydi”degan edi. Falsafa fanlari doktori, professor S.A.Lebedev empirik bilimlardeganda kuyidagilarni nazarda tutadi:
1. Empirik bilishning eng sodda kurinini kuzatish natijasida xosilbulgan dastlabki bilim. Bunda kuzatishning ob’ekti va amalga oshiriladiganvakti anik belgilanadi. Kuzatish va eksperiment ilmiy bilim xosil kilishga yunaltirilgan buladi va muayyan maqsadni uzida ifodalaydi. Maqsad degandailmiy muammoni xal etishda ilgari surilgan biron-bir goya, tadkikotgipotezasi nazarda tutiladi. Demak, kuzatish, eksperiment biron-bir goyani tasdiqlash yoki inkor etish maqsadida olib boriladi.
Kashf etiladigan xossalar, qonuniyatlar va funksiyalar aslida hodisalar, belgilar va qiymatlar ortida «yashiringan» bo‘ladi. Hodisa va xossalarni qayd etgan faktlar bayoni berilgandan keyin ular tahlil qilinadi, umumlashtiriladi. Umumlashtirish jarayonida qonun va qonuniyatlar ochiladi, g‘oya, nazariya ishlab chiqiladi. A.Eynshteyn o‘zining mashhur formulasini ishlab chiqishdan oldin fizika fanida qo‘lga kiritilgan ko‘plab empirik va eksperimental tadqiqot natijalarini o‘rgandi, faktlarni shakllanayotgan yangi fizik tamoyillar asosida tahlil qildi. Demak, har qanday nazariy kashfiyot, umumlashma va xulosani «tomiri» empirik tadqiqotlarga borib taqaladi.
Empirik tadqiqot usuli – bu ob’ektning bevosita yoki asboblar yordamida idrok qilsa bo‘ladigan unsurlari, belgilari va xossalari haqida ma’lumotlar olish, faktlarni guruhlashtirish, tavsiflash, tasniflashni bajaradigan amallar, qoidalar va talablar tizimidir. Bunday usulning qimmatli tomoni shundan iboratki, ob’ektni tuzilishi, mohiyati yoki funksiyaonal qonuniyatlarini namoyon etadigan xossalar, ularning miqdoriy va me’yoriy qiymatlari xususida bevosita axborot olinadi. Shu turdagi empirik ma’lumot nazariy tadqiqot doirasiga kiritiladi, oqibatda jiddiy kashfiyotlar qilinadi, texnologik loyihalar, tuzilmalar ishlab chiqiladi.
Dastlabki qimmatli ma’lumotlar beradigan empirik usullar qatoriga kuzatish va o‘lchash kiradi.
2. Kuzatish va o‘lchash empirik usul sifatida
Kuzatish empirik tadqiqotda birlamchi fakt va bilim beradigan manba va usuldir. Manba sifatida kuzatish ob’ekt xususida har tomonlama, ya’ni uning idrok qilsa bo‘ladigan unsurlar va xossalariga oid axborot va faktlarni olish imkoniyatini beradi.
Usul sifatida kuzatish qanday funksiyani bajaradi? Buni quyidagi ta’rifdan bilish mumkin. Kuzatish – bu reja asosida faol, tizimli va maqsadga muvofiq bevosita yoki asbob yordamida ob’ektning tashqi yoki ichki,
o‘zgaruvchan yoki barqaror xossalari, tuzilishi, miqdoriy qiymatlarini qayd etish, olingan axborotni ilmiy faktga aylantirish usulidir.

Download 20,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish