mavzu: falsafa: uning predmeti va usullari soat



Download 44,63 Kb.
bet1/4
Sana23.09.2021
Hajmi44,63 Kb.
#182466
  1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу


1-MAVZU: FALSAFA:UNING PREDMETI VA USULLARI

2 soat (1 soat ma’ruza, 1 soat seminar)

1.Falsafa tushunchasining kelib chiqishi, shakllanishining asosiy bosqichlari.

2.Dunyoqarashning mohiyati, tarixiy shakllari

3.Falsafa dunyoqarash shakli sifatida falsafaning funksiyalari

4.Fan dunyoqarash shakli. Falsafa va fanning muttanosibligi va farqi

Tayanch tushunchalari:

Falsafa, dunyokarash, gnoseologiya, mif, tafakkur, diniy akidalar, diniy ekstremizm, fanatizim.

Biz yashab turgan dunë nixoyatda murakkab. Bu dunë chukur o’zgarishlarni kechiraëtgan dunë. O’zgarishlar esa inson va jamiyat xaëtini barcha tamonlarini kamrab olmokda. Bu o’zgarishlar inson va koinot, davlatlararo, millatlararo munosabatlarni, siniflar, turli ijtimoiy guruxlar orasidagi munosabatlarni o’z ichiga kamrab oladi. Xozirda biz shunday davrga yetib keldikki, unda jamiyat takdiri, insoniyat takdiri birichi o’ringa chikmokda.

Ijtimoiy xaët o’zgarishlari, ilmiy-texnik tarakkiëtning jadal odimlari kishilar oldiga yangidan-yangi talablar ko’ymokda. Bunday o’zgarishlar shu kadar jadal sur’atlar bilan amalga oshmokdaki, ularni o’z vaktida tushunib yetish nixoyatda mushkul. Insonda bu o’zgarishlarni tushunishgina emas, balki ularda bevosita ishtirok etish, o’z faoliyati orkali amalga oshirish talab etiladi. Xozirgi davrda yetuk mutaxasis o’z ishining ustasi bo’lishining o’zi yetmaydi. Xozirgi davr kishisi oldiga ko’yiladigan eng muxim talablardan biri olamni, atrofda kechaëtgan vokea-xodisalarni to’gri tushunish, olamga ongli munosabatda bo’lish.

Biz xaëtning o’ziga xos yangi tamonlariga, yangicha turmush tarziga, yangicha iktisodiy, ijtimoiy munosabatlarga ilgarigi andozalardan voz kechishga, yangicha fikrlashga o’rganmokdamiz. Biz asta-sekin olam xakidagi karashlar turli-tumanligini, fikrlar xilma-xilligini kidirmokdamiz, yangicha tafakkur usullarini egallamokdamiz. Bularning xammasi birgalikda ko’p jixatdan xolisona, okilona dunëkarashining shakillanish jaraënidir.

Insonning dunëkarashining shakillanishi murakkab jaraën bo’lib, unga juda ko’p omillar: ijtimoiy xaët sharoitlari, amaliy faoliyati, jamiyatning ma’naviy xaëti, shu jumladan, fan madaniyat, turli-tuman karashlar, ijtimoiy munosabatlar ta’sir ko’rsatadi.

Falsafa umuminsoniy madaniyatning tarkibiy kismi, ijtimoy ong, inson dunëkarashining shakllaridan biri bo’lib xisoblanadi. Falsafa, falsafiy dunëkarash ustida so’z yuritmok uchun dastavval, dunëkarash nima? U kanday shakillanadi? Kanday ko’rinishlarga ega? Kabi savollarga javob topish lozim.

Inson o’z xaëti davomida o’zini o’rab turgan dunëni o’rgana boradi, tabiat, jamiat, murakkab olamni tushunishga xarakat kiladi. Bularni xammasi okibatda muayyan fikrlarni, karashlarni yuzaga keltiradi.

Kishilarning olam xakidagi fikrlari dunëkarash tushunchasida ifoda etiladi.

Dunëkarash umumiy tarzda olib karalganda kishilarning olam xakida yaxlitlashgan, umumlashgan bilimlarini ifodalaydi. Dunëkarash dunëni anglash, inson tafakkurining eng muxim tomoni xisoblanadi. Dunëkarash deganda, birinchi navbatda kishilarning olam xakidagi umumlashgan bilimlari nazarda tutiladi. Bu bilimlar kundalik xaët tajribalaridan kelib chikkan bo’lishi ëki kasbga, faoliyatga doir bo’lishi, amaliy kiymatga ega ëki nazariy kiymatga ega bo’lishi mumkin. Shu bilan bir katorda dunëkarashda kishilarning olamga, tabiatga, jamiyatga, boshka kishilarga munosabati o’z ifodasini topadi. Kishilarning munosabati moxiyatida ularning o’z oldilariga ko’ygan maksadlari, orzu-umidlari, xaët, yashash, undagi, o’zlarini o’rni xakidagi tushunchalar ëtadi.

Shundan kelib chikkan xolda dunëkarash kishilarni yaxshilik, ëmonlik, adolat, odamiylik xakidagi tasavvurlarini, kadriyatlarini o’z ichiga oladi. Shunday kilib dunëkarash ayrim kishilar, ijtimoy guruxlar va xokazolarning olamga munosabatlarini ifodalovchi tushuchadir. Falsafadan lugatda “Dunëkarash dunëga (ya’ni tabiat, jamiyat, tafakkurga) karashlarning yaxlit sistemasi bo’lib, bu karashlar inson faoliyatiga muxim ta’sir ko’rsatadi” deb ta’riflanadi.

Dunëkarash kishilarda amaliy xaët jaraënida, insoniyat orttirgan tajribani o’zlashtirish jaraënida shakllanadi. Dunëkarashning xarakteri pirovard natijada ijtimoiy tarakkiët darajasi bilan; fan, madaniyat, maorifning tarakkiëti darajasi bilan belgilanadi.

Shu o’rinda dunëkarashning tarixiy tiplari ustida fikr yuritiladi. Dunëkarash kishilarning olam xakidagi umumlashma xarakteriga ega bo’lgan bilimlari sifatida muntazam o’zgarib, yangilanib boradi. Jamiyat tarakkiëtining o’ziga xos tomonlari, xususiyatlari unda aks etadi. Kishilik jamiyati tarakkiëti jaraëni dunëkarashning muayyan tarixiy tiplarida o’z ifodasini topadi. Bular:

1.Mifologik (afsonaviy)

2.Diniy

3.Ilmiy-falsafiy dunëkarash

Mifologik dunyoqarash - a) ijtimoiy tarakkiëtning eng kuyi boskichlariga to’gri keladi. Bu davrlarga xos bo’lgan xususiyat ilm fanning xali tarakkiy etmaganligi okibatida kishilarda olam xakida sodda tasavvurlarning paydo bo’lishi;

b) bu tasavvurlarda xaët bilan xaëlning o’zaro ajratilmaganligi;

v) bu dunëkarashda olamning umumlashgan xolda sinkretik karashlar tarzida ifoda etilishi.

Mifologiya yunoncha nakl, rivoyat ma’nolarini ifodalaydi. Mifologiya kadimgi jamiyatlarga xos bo’lgan xalk ogzaki ijodida, nakllar, afsonalar, rivoyatlarda vokelikning afsonaviy, xaëliy ifoda etilishidir. Mifologiya tabiat kuchlari va ijtimoiy xodisalarni jonlashtirishga, xissiy afsonaviy obrazlar orkali tasvirlashga asoslanadi.

M: kadimiy grek afsonalarida Zevs momakaldirok va yashin xudosi sifatida tasvirlangan, Apollon Zevsning o’gli, kuch-kudrat xudosi bo’lgan.

Mifologik dunëkarash inson dunëkarashining eng kadimiy shakli bo’lib, unda inson va dunë, fikr va xis-tuygu, bilim va xaël, moddiylik va ma’naviylik umumlashgan xolda ifoda etilgan, unda xaël va xaët, tabiiylik va iloxiylik, bilim va e’tikod yaxlit ifoda etilgan.

Mifologiya olamni anglashning dastlabki usuli edi va o’z davrida kishilar xaëtida muxim o’rin tutgan. Mifologiya doirasida kishilar o’tmish, xozir, kelajakni tasavvur etganlar, dastlabki kadriyatlar tizimini yaratganlar. Keyinchalik mifologiya xalk ogzaki ijodi, ëzma ëdgorliklar, adabiët, san’atda o’z ifodasini topdi. Garchi mifologik dunëkarash o’z axamiyatini ma’lum darajada yo’qotgan bo’lsada, madaniyat, fan, san’at tarakkiëti uchun o’ziga xos asos bo’lib xizmat kildi va xizmat kilmokda: chunki miflar(afsonalar)da xalklarning ko’p ming yillik tajribalari, umuminsoniy kadriyatlar o’z aksini topgan va xalklar ma’naviyatining o’ziga xos ildizlari bo’lib xisoblanadi.

Ijtimoiy rivojlanishning nisbatan keyingi boskichlarida kishilarning olamga munosabatlari diniy dunëkarashda o’z ifodasini topdi. Diniy dunëkarash olamni iloxiy kuchlarga boglab tushuntirishdir: diniy dunëkarash e’tikod asosiga kurilgan dunëkarashdir.

Diniy dunëkarash iloxiylashtirish, diniy xulk va diniy urf-odatlar bilan chambarchas boglik. Diniy dunëkarash, uning asosiy tomonlari, tarkibiy kismlari «Falsafa» darsligida berilgan, uni mutaolaa kilishingizni tafsiya etaman.

Men dikkat-e’tiboringizni diniy dunëkarashni falsafiy taxlil etish lozimligiga karatmokchiman. Gap shundaki, diniy dunëkarashni cheklangan, xato dunëkarash tarzida emas, balki insoniyat ma’naviy madaniyatining muxim tarkibiy kismi sifatida karalmogi lozim. Shu ma’noda diniy dunëkarash:

a) kishilarning olamga o’ziga xos munosabatini ifodalaydi;

b) diniy dunëkarash doirasida ajdodlarimiz bizga meros kilib koldirgan umuminsoniy, Axloqiy kariyatlar mujassamlashgan;

v) din, diniy dunëkarash ijtimoiy xaëtda, ijtimoiy-siësiy munosabatlarda muxim o’rin tutib kelgan;

g) asrlar mobaynida diniy dunyokarash kishilarni baxamjixatlikka, xamkorlikka, yaxshilikka xizmat kilishga undagan.

Yukoridan kelib chikkan xolda, din, diniy dunyokarash umuminsoniy madaniyatning tarkibiy kismi sifatida xam milliy, xam umuminsoniy kadriyat sifatida baxolanmogi lozim.

Din, diniy dunyokarash xozirgi davrda aloxida axamiyatga molik muammo xisoblanadi. Zotan mustakillik milliy o’zlikni anglash, milliy kadriyatlarni tiklanishi demakdir.

Xozirgi davrning o’ziga xos xususiyati xakida I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sagasida. Xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakkiët kafolatlari» asarida «XX asr ajoyib ilmiy kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari ko’yniga kirib borayotgan asr… ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri. Shu bilan birga bu asrning oxiri diniy kadriyatlarning uygonishi…, diniy ma’naviyatga o’ziga xos tarzda kaytish davri…» (33-bet) deb ko’rsatildi va unda dinninng, e’tikodning goyat nozik muammo ekaligi, diniy ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm mustakillik, barkarorlik, tarakkiyot uchun jiddiy xavf ekanligiga e’tibor karatildi. Biz bu xakda, bu xavfning oldini olish va unga yo’l ko’ymaslik xakida, din, diniy dunyokarash bilan dindan xokimiyat uchun kurashish maksadlarida, siyosiy maksadlarda foydalanishni o’zaro farklash lozimligi xakida xulosa xosil kilgan edik.

Mifologik dunëkarash xam, diniy dunyokarash xam falsafiy dunyokarashning asosi bo’lib xizmat kildi.

Kishilar kadimdan olam, borlikning moxiyatini tushunishga urunganlar.

Falsafiy dunëkarash kishilarga odamning moxiyatini, ularning olamga va o’z-o’ziga munosabatlarini tushunishga yordam beradi.

Falsafiy dunyokarash kishilarni okilona fikrlashga o’rgatadi.

Falsafiy dunyokarash kishiga olamni tushunish, narsa va xodisalar o’rtasidagi munosabatni aniklash, muxim tomonlarini nomuxim tomonlaridan ajratib olib, o’rganish, borlikning o’ziga xos tomonlari, ziddiyatlarini paykay bilish va taxlil etish imkoniyatini beradi.

Okilona fikrlash, falsafiy fikr yuritish. Avvalo, asosli fikr yuritish, o’z karashlarini ximoya kila olish, erkin fikrlay olishdir. Falsafiy fikrlashni kishiga majburlab singdirish mumkin emas. Falsafiy fikrlash dialektika konunlarini yoddan bilish emas. Falsafiy fikrlash asosida vokelikni to’gri, xech kanday ko’shimchalarsiz, kanday bo’lsa shundayligicha tushunish, taxlil kila bilish yotadi.

Falsafa bir karashda murakkab tushunchalar bilan ish ko’rsada, murakkab bo’lib ko’rinsa-da, aslida u real xayot bilan bevosita chambarchas boglik.

Xar bir davrning o’z falsafasi bo’ladi. Xar bir davr falsafada o’ziga xos tarzda ifodalanadi. Masalan, biz 1917 yildan 90 yillargacha bo’lgan davrni turgunlik davri deb baxoladik. Bu davrning ijtimoiy xayoti, muammolari dogmatik falsafada o’z ifodasini topdi. Garchi bu davrda falsafa marksizm fadsafasi tomonidan jamiyatni revolyusion-tankidiy kayta kurish davri deb, ta’riflagan bo’lsa-da, aslida real xayotni o’rganishga emas, balki real ziddiyatlarni xaspushlashga, vokelikni bo’yab ko’rsatishga xizmat kiladi. Okibatda marksizm falsafasi kurug o’zgarmas koidalar, dogmalar yigindisi bo’lib koldi.

Falsafiy dunyokarash o’ziga xos masalalarga o’z dikkatini karatadi. Bu masalalarning ko’pchiligi inson va insoniyatni uzok davrlardan beri kiziktirib kelgan. Xar bir avlod ularga kayta-kayta murojaat kilishga majbur. Olamni bilish, o’rganish, falsafiy fikr yuritishga, dunyokarashni shakllantirishga yordam beradigan vositalardan biridir. Falsafiy dunyokarash o’zining bir kator xususiyatlari bilan dunyokarashning boshka shakllaridan farklanadi.

1. Falsafiy dunyokarash olam xakidagi yaxlit, muayyan tizimga tushgan bilimlar yigindisidir.

2. Falsafiy dunyokarashda olam kanday bo’lsa shundayligicha aks etadi. Olam bir butun yaxlit tizim. Olamdagi barcha narsa va xodisalar xarakatda, o’zgarishda, tarakkiyotda. Olam kanday bo’lsa shundayligicha tushunish birinchi navbatda, xarakat o’zgarish tarakkiyotni tushunishdir,.

3. Olamdagi barcha narsalar, xodisalar o’zaro alokadorlikda, xarakatda tarakkiyotda. Olamni falsafiy tushunish – premet va xodisalar, aloka va munosabatlarni tushunishdir.

4. Falsafiy dunyokarash kishilarda muayyan tayyorgarlikni, madaniyatni talab kiladi. Falsafiy tushunchalar, terminlar, tamoyillarni o’zlashtirish, falsafa va fanlar tarakkiyotiga suyanish muxim axamiyatga ega.



5. Falsafiy dunyokarash ilmiy dunyokarashdir. Unda olam xakidagi
obyektiv mazmunga ega bo’lgan bilimlar aks etadi.

6. Falsafiy dunyokarash kishilar ma’naviy madaniyatini
shakllantirishni vositasi xisoblanadi.

7. Falsafiy dunyokarash olamni akl farosat yordamida anglashni
ifodalaydi. Shuning uchun xam falsafiy dunyokarash olamni kuzatishni, o’rganishni, taxlil kilishni, mantikiy xulosalar chikarishga insonni jalb kiladi.

8.Falsafiy dunyokarashning moxiyatida insonning odam va olam
xakidagi dunyoning inson manfaatlariga mos tushushining,
xayotning mazmuni, insonning xayotdagi o’rni xakidagi fikirlari
yotadi. Shu nuktai nazardan karaganda falsafiy dunyokarash olam va
odamning moxiyatini anglashdir.


Download 44,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish