1
Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh
shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.
Mavzu rejasi:
1.
Fe’lning zamon kategoriyasi.
2.
Fe’lning mayl kategoriyasi.
3.
Fe’lning shaxs kategoriyasi.
4.
Fe’lning vazifadosh shakllari.
5.
Fe’lning modal shakllari.
6.
Felning tuzilish jihatdan turlari.
7.
Fe’lning yasalishi.
Adabiyotlar:
1. Hamrayev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova
X., Yo‘ldosheva
Sh. Ona tili (darslik). - Toshkent: MOLIYA- IQTISOD, 2007-yil.
2. M.Hamrayev. Ona tili. - Toshkent: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. 141-150.
3. M.Hamrayev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. - T.: TDPU, 2019.
Axborot manbalari:
1.
www. tdpu. uz
2.
www. pedagog. uz
3.
www. ziyonet. uz
Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar
fe’l
deyiladi. Masalan:
Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-
ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch
uyg`otadi (Tafakkur jurnali).
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat,
belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida
anglatadi:
o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti
kabi.
2
Fe’llarning barchasi bir umumiy
nima kilmoq?
degan so`roqqa javob
bo‘ladi.
Fe’l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni:
1) ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va
o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi:
o`qimoq, yozmoq
- o`timli fe’l;
o`tirmoq,
chiniqmoq
- o`timsiz fe’l;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga
ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi:
ayt
– bo`lishli,
aytma
–
bo`lishsiz;
bilgan
– bo`lishli,
bilgani yo`q
– bo`lishsiz fe’l;
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi
munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi:
kiydi
- aniq nisbat,
kiyindi
- o`zlik nisbat,
kiyildi
- majhullik nisbat,
kiydirdi
– orttirma nisbat;
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi:
bordi,
bormoqda, bormoqchi
- aniqlik mayli;
boray, borgin, borsin
- buyruq-istak mayli;
borsa
– shart mayli;
5) ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi
zamon ma’nosini hosil qiladi:
o`rgandim
- o`tgan zamon,
o`rganayapman
- hozirgi
zamon,
o`rganmoqchiman
– kelasi zamon;
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan
bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-
son qo`shimchalari bilan tuslanadi:
qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik,
qiziqdingiz, qiziqdilar.
Demak, fe’l o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon,
shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega.
Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o`ziga xos
vazifadagi shakllari ham mavjud (
ishongan odam
– sifatdosh;
ishonib, ishongach
– ravishdosh;
ishonish, ishonmoq kerak
- harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi
shakllari gapda ma’lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo`ladi.
3
Fe’l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega:
bahola, ulg`ay,
tinchi, suvsira
– affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar;
xursand bo`lmoq, javob
bermoq, sotib olmoq
- kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe’llar.
Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil
qo`shimcha ma’nolarni aks ettiradi:
kulimsira
– kuchsizlik,
turtkila
– davomiylik,
yozib bo`ldi
– tugallanganlik kabi.
Fe’l o`ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega:
1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan:
Insonni
mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);
2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh,
hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari
vazifasini ham bajarib keladi. Masalan:
O`zingga yoqqan narsani boshqalarga
ham ravo ko`r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o`zini bilib o`zgani
unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy
harkatlaridandir (Pedagogika tarixi).
Do'stlaringiz bilan baham: |