Mavzu: G‘O‘za karantin kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari



Download 77,5 Kb.
bet5/8
Sana19.02.2022
Hajmi77,5 Kb.
#459110
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU G‘O‘ZA KARANTIN KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Fuzariozning birinchi belgilari gulyonbargda dog‘ paydo bo‘lishidan boshlanadi. Dog‘ gulo‘ringa, so‘ngra yosh ko‘sakka o‘tadi. Ko‘sak usti har xil o‘lchamli, oqish-sarg‘ish, qo‘ng‘ir yoki ko‘kimtir-qora nekrozlar, so‘ngra esa pushti yoki qizg‘ish tusli, zamburug‘ sporalaridan tashkil topgan qatlam bilan qoplanadi. Kasallikni Fusarium oxysporum, F. merismoides va boshqa turlar qo‘zg‘atadi Sanders, Snow, 1978; Pinckard va b.q., 1981, Peresipkin va b.q., 1990).
Gommozning ko‘sakdagi alomatlari «Gommoz» bo‘limida keltirilgan. Qo‘zg‘atuvchi bakteriya haqiqiy parazit, ammo shikastlanmagan ko‘sak ichiga bevosita kira olmaydi, ko‘pincha ko‘sak teshikchalari yoki gullarning nektar bezlari orqali yomg‘ir tomchilari ichida yoki hasharotlar organlariga yopishib kiradi. Ko‘sak ichida bakteriya juda tez ko‘payadi, to‘qima va hujayralarni halok qiladi, tola momiqlanmaydi, sariq tus oladi (Pinckard va b.q., 1981).
Nigrosporoz. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ Nigrospora maydis (синонимлари N. oryzae, N. gossypii) sog‘lom ko‘sak ichiga kira olmaydi. Parazit ko‘sakka hasharotlar (pichanxo‘r, qandala va kanalar) yordamida kirishi xabar qilingan (Spravochnik., 1956). Ko‘sak endi ochilayotganda bevosita kontakt mavjudligida, nam, pishmagan tolani oson zararlaydi. Oqibatda paxta bo‘lakchalari momiqlanmaydi, kulrang tus oladi, chanoqlardan to‘kilib ketishi kuzatiladi (Karimov, 1976; Rasulev, 1981). Zamburug‘ning Steroptes reniformis kanasi bilan simbiozga o‘xshash aloqalari mavjudligi va parazit kana ichida tolaga o‘tib zararlashi aniqlangan. Kana esa Nigrospora maydis zamburug‘ining mitseliysi bilan oziqlanib saqlanishi, boshqa ko‘sak chirishini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlari mitseliysi bilan oziqlanganlari esa yashovchanligini bir avloddan ko‘p saqlamasligi isbotlangan. Zamburug‘ alohida shikastlashiga nisbatan zamburug‘ va kana kompleksi 20-30 baravar ko‘proq ko‘sakni zararlashi aniqlangan (Pinckard va b.q., 1981).
Ko‘sak ichki yopishqoqligi. Ochilmagan ko‘sak zararlanadi. Kasallik hasharotlar, asosan beda qandalasi (Adelpbocoris lineolatus) ko‘sakni shikastlaganda paydo bo‘ladigan teshikchalardan kiradigan mikroorganizmlar (aktinomitset, bakteriya va achitqi zamburug‘lari) tomonidan qo‘zg‘atiladi. Tola yemiriladi, chiriydi, sarg‘ish-qo‘ng‘ir yoki to‘q-qo‘ng‘ir shilimshiq massaga aylanadi, chigit chiriydi, chanoq xunuk shakl oladi. Kasallik O‘zbekistonda keng tarqalgan (Karimov, 1976; Rasulev, 1981; Peresipkin, 1987; Peresipkin va b.q., 1990).
Boshqa mamlakatlarda kasallikni Nematospora turkumiga oid achitqi zamburug‘larning 3 turi (N.coruli AQShda, N.gossypi AQSH va tropik Afrikada, N.nagpur Hindistonda) qo‘zg‘atishi isbotlangan va yana 2 turi (Spermohthora gossypii, Eremotbecium cymbalariae) sababchi bo‘lishi ehtimol qilingan. Nematospora turlari ko‘sak ichiga tolani rangli qiluvchi qizil qandalalar (Desdercus sp. va Nezaria sp.) yordamida kirib, rivojlanayotgan tolani o‘rab turgan qand moddasini parchalaydi va tolani shilimshiqqa aylantiradi (Pinckard va b.q., 1981).
Aspergillyoz. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ Aspergillus niger ko‘sakka hasharotlar (ko‘sak qurti va b.q.) paydo qilgan teshikchalar orqali kiradi. Yosh ko‘saklar och sarg‘ish tus oladi, tola kulrang, chigit esa shilimshiq massaga aylanadi. 30-40 kunlik ko‘saklarda och-pushti dog‘ paydo bo‘ladi va asta-sekin butun ko‘sakni qoplaydi, ko‘sak quriydi, qo‘ng‘ir tus oladi, tola po‘k massaga aylanadi (Karimov, 1976; Peresipkin, 1987; Peresipkin va b.q., 1990).


Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish