Mavzu: huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari reja: I. Kirish



Download 54,73 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi54,73 Kb.
#596368
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari reja I. Kirish (2)





MAVZU: HUQUQIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARI

REJA:

I.KIRISH:

II.ASOSIY QISM:


1.Huquqiy ta‟lim tushunchasi, maqsadi, mohiyati va mazmuni.
2.Huquqiy ta‟lim va tarbiyani takomillashtirish masalalari
3.Oilada, maktabgacha ta`lim muassasalarida va umumiy o‟rta ta`lim muassasalarida huquqiy talim-tarbiya
4.Huquqiy ta‟lim berish orqali yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishning o‟ziga xos xususiyatlari
5.Huquqiy ta‟lim-tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGANADABIYOTLARRO’YXATI
KIRISH

Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta‘lim-tarbiya ishlarining qaydarajada olib borilishidan kelibchiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. SHuning uchun, yurtimiz mustaqillikka erishgach,


―ta‘lim O‗zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e‘lon qilindi‖1.
Jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri insonto‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish, yosh avlodni yetuk shaxs, zamonamiz talablariga javob beradigan, bilimdon, yuksak ma‘naviyatli, e‘tiqodi mustahkam, irodasi kuchli, xalq, Vatan uchun jon kuydiradigan komil insonqilib tarbiyalash va voyaga etkazishdir. Zero, davlatimiz rahbari I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa ―...milliy g‗oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗ri kenglik kabi tamoyillarning ma‘no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olibborilayotgan ma‘naviy-ma‘rifiy, ta‘lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‗yish, ularni yangi bosqichga ko‗tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat‖2. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o`zining azaliy orzu niyatlariga erishdi. Tarixdan ma'lumki, xalqimiz uzoq o`tmishlardan beri o`z erki uchun mardonovor kurashib keldi. Hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov ta'kidlaganlaridek, biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Har bir fuqaroning huquq va erkinliklari qonun yo`li bilan himoya qilinishi va kafolatlanishi, so`z erkinligi, davlat boshqaruvida o`zi bevosita yoki





1ЎзбекистонРеспубликасининг таълим тўғрисидаги қонуни29.08.1997 й.N 464-I, 3-модда.


2Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент: ―Маънавият‖, 2008. –Б. 75.
bilvosita ishtirok etish huquqiga ega ekanligi huquqiy davlatning muhim belgilaridandir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik huquqiy davlat barpo qilish deb ko`rsatilgan.
Huquqiy davlat qurish uchun esa shu davlat poydevorini yaratuvchilar, ya'ni yosh avlod huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali bo`lishlari kerak. Qonunlarni biladigan, ularga roiya etadigan, davlat va jamiyat manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yib, ularni bajarishda yuksak saviyaga ega bo`lgan shaxslarni tarbiyalash huquqiy tarbiya fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
Mustaqil O`zbekistonning mustahkamlanishida qonunchilikka roiya qilish, fuqarolarning huquqiy onglilik darajasini yuksaltirish, qonunlarni hurmat qilish va ularga bo`ysunish, axloq-odob qoidalariga roiya etish kabi xislatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.
Huquqiy ta‘lim- tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo`lib, insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga roiya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Huquqiy ta‘lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratilib, yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deb yozadilar: «Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy talim- tarbiya tegishlicha bosqichma-bosqich ta'minlab borilmas ekan, insonning barcha huquqlari – davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e'tiqod erkinligi, yig`ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo`lib qolaveradi»1.

Huquqiy davlatni barpo etishda qatnashuvchi shaxs, huquq va erkinliklarini bilib qolmasdan, demokratiyaning tub ma'nosini anglashi lozim. Chunki demokratiya huquqiy davlatning tarkibiy qismidir. Huquqiy ta‘lim- tarbiya dastlab oilada, bog`chada, maktabda boshlanadi. Lekin huquqiy ta‘lim- tarbiya inson hayoti davomida doimiy ravishda davom etadigan jarayondir. Huquqiy davlat qurar ekanmiz fuqarolarning qonunlarni bilishi, qonunga itoatkorlik, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Bu borada
1Karimov I.A. O`zbеkiston buyuk kеlajak sari. –T., «O`zbеkiston», 1998. 561 b.
huquqiy fan o`qituvchilari, huquqni muhofaza qilish organlari va ommaviy axborot vositalarining xizmatlari katta bo`ladi va ular zimmasiga mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Huquqiy ta‘lim va tarbiya o`qitishdan ko`zlangan maqsad ham shundaki, yosh avlodni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini rivojlantirish hamda qonuniylik, qonunga itoatkorlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilangan.
O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Komil inson tarbiyasi har doim dolzarb mavzulardan biri bo`lib kelgan. Yoshlarni huquqiy tarbiyalash huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. yoshlarni insonparvarlik, vatanparvarlik va milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashda hamda huquqiy bilimlarini oshirishda huquqiy ta‘lim asosiy rol o‘ynaydi.
Yoshlarga huquqiy ta‘lim berishda va tarbiyalashda biz uchun qadrli bo‗lgan milliy urf-odatlarimiz, an‘analarimiz, o‗chmas merosimizga mehr-muhabbat, ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak, har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
.

Download 54,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish