Mavzu: idrokning murakkab shakli va ularning o’rganish metodlari. Reja: Idrok murakkab psixik protsess ekanligi



Download 19,41 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi19,41 Kb.
#714926
Bog'liq
Корхона ва ташкилотлар


Mavzu: IDROKNING MURAKKAB SHAKLI VA ULARNING
O’RGANISH METODLARI.


Reja:
1. Idrok murakkab psixik protsess
ekanligi.
2. Idrokning nerv-fiziologik
mexanizmlari.
3. Idrok va xayol tasavvurlar.
4. Idrok va nutq.


Darsning mazmuni: idrok murakkab
psixik protsess ekanligi, idrokning nervfiziologik
mexanizmlari, idrok va xayol
tasavvurlar, idrok va nutq haqida
talabalarga ma’lumot berish.
Idrok murakkab psixik protsessdir. Bu urakkablik, avvalo shundan iboratki,
har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok
qilish uning shaklini (uzunchoq. va hokazo), rangini (ko’k, oq. va hokazolarni)
sezish – bu ko’rish sezgilar idrok, hidini sezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini
sezish (maza sezgilari), og’ir-engilligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul
sezgilari) va boshqa sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida
ajratilgan shu ayrim sezgilar (retseptsiyalar) idrokning retseptiv tomonini tashkil
qiladilar.
Narsa xossalarining jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki
bevosita obrazi hosil bo’ldi, bu idrokning pertseptiv tomonini tashkil qiladi.
Bunda shu xossalar narsaning o’zida qanday bog’langan bo’lsa, ayni shu tarkibda
seziladi. SHu sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham
sezgilarning mexanik jami (yig’indisi)dan iborat bo’lmay, balki yaxlit, bir butun
bo’ladi.
Idrokning nerv-fiziologik mexanizmlari ham sezgilardagiga qaraganda
ancha murakkabdir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya po’stining analiz sintez
faoliyatidan iborat bo’lib, bu faoliyat sezgi organlarimizga ta’sir qilib turadigan
narsa yoki hodisannng bitta hossasi bilan emas, balki bu hossalarning jami, butun
bir kompleksi bilan vujudga keladi. Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar
hossalari jamining ta’siri bilan hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar
sistemasidan iboratdir. har bir narsadagi hossalarning shu jamiga qarab, biz
narsalarni bir-biridan farq qilamiz.
I.P.Pavlov qilgan tajribalardan ma’lum bo’ldiki, agar analizatorga bironta
yakka qo’zg’ovchi emas, balki qo’zg’ovchilarning jami muntazam ta’sir qilib
tursa, bundan tug’iladigan reaktsiya har bir qo’zg’ovchining o’z hususiyatiga qarab
emas, balki bu qo’zg’ovchilarning o’zaro qanday bog’lanishiga, o’zaro
munosabatiga qarab tug’iladi. I.P.Pavlov bu hodisani munosabat refleksi deb atadi.
2
Bunday bog’lanishlarning ko’rish analizatorida hosil bo’lishi, masalan,
muayyan bir figuralarning qanday rang bilan chizilganligi va katta-kichikligidan
qat’iy nazar, ularning konturlarini topib olishga imkon beradi. Bunday
bog’lanishlarning eshitish analizatorida hosil bo’lishi bironta melodiyaning baland
yoki past (ingichka yoki yo’g’on) tonda ijro qilinishidan qat’iy nazar, uni tanib
olinishiga (bir xilda idrok qilinishiga) imkon beradi. Munosabat refleksi narsaning
ayrim xossalarining o’zaro ob’ektiv bog’liqligini aks ettirishdan iboratdir. Shunday
qilib, idrok bitta sezgi organining ishi bo’lavermay, balki boshqa bir qancha sezgi
organlari, bir qancha analizatorlarning faoliyati mas’ulidir. Lekin har bir idrokda
sezgi organlaridan biri eng muhim o’rin tutadi. Masalan, suratni idrok qilishda
ko’rish organi, muzikani idrok qilishda eshitish organi bosh o’rinda turadi. Idrok
ham sezgilar kabi, bosh o’rinda turadigan ana shu organlarga qarab: ko’rish,
eshitish, hid, maza va boshqa idrok xillariga bo’linadi. Bulardan hayotimiz uchun
eng muhimlari ko’rish bilan eshitish idrokidir.
Bulardan tashqari, idrokning yana aralash turi ham bor. Idrokning bu turida
yolg’iz bir sezgi organi emas, balki ikki, uch sezgi organi baravar muhim o’rinda
turadi. Ovozli kinofil’m yoki operani idrok qilishda ko’rish va eshitish sezgisi
baravar muhim o’rin tutishi aralash idrokka misol bo’la oladi.
Idrokning mazmuni uning tarkibiga kirgan sezgilarning faqat oddiy jami
yig’indisidan iborat bo’lib qolmaydi. Biz o’tmishdagi tajribamizda uchburchak va
doiralarni ko’p marta ko’rganmiz, bu figuralar bilan ko’p marta ish ko’rganmiz. Bu
figuralarning obrazi miyamizda mustahkam o’rnashib qolgan. Shu sababli, bu
rasmlarni ko’rishimiz bilan ilgari bizda hosil bo’lgan tasavvurlar yana esimizga
kelib, miyamizda uchburchak yoki doiraning yaxlit obrazi paydo bo’ladi. Atrofyonimizdagi
hamma narsalarni idrok etish ana shunday amalga oshiriladi. Shunday
qilib, idrok jarayonlariga xotira faoliyati ham qo’shiladi. Shu sababli idrokning
fiziologik asosida avval hosil bo’lgan muvaqqat nerv bog’lanishlari ham
mavjuddir.
Agar idrok jarayoniga xotira ishtirok qilmay qo’ysa edi, u holda idrok
unchalik mazmunli bo’la olmas edi, hamma buyum va hodisalar nazarimizda har
gal yangi va notanish narsadek bo’lib ko’rinaverardi. Xotira tufayli biz narsalarni
har gal aynan o’sha narsa yoki o’xshash narsa, yo bo’lmasa bir-biridan boshqaboshqa
narsa deb idrok qilamiz. Har bir idrok ma’lum darajada tanib olish va
umumlashtirish jarayoni hamdir.
Ko’p hollarda idrokimiz tarkibiga o’tmishdagi tajriba bilan birga xayol
tasavvurlari ham kiradi. Idrokning mazmuni ba’zan idrok qilinayotgan ob’ektning
o’ziga qaraganda kengroq, boyroq bo’ladi. Masalan, biz uy ichida turib, qirov
bosgan deraza oynasiga qarasak, odatda, qirov allaqanday tropik o’rmon va
gullarga o’xshab ko’rinadi. Kechqurun yoki oydin kechalarda bog’ yoki
o’rmondagi daraxtlar ba’zan xayoliy tus olib, ko’zimizga allaqanday g’alati bo’lib
ko’rinadi.
Idrok qilinayotgan ob’ektlarning o’z tomonimizdan «qo’shib» shu tarzda
kengaytirilishi xayolimiz mas’ulidir. Lekin bunda xayol jarayonlari ham, xotira
jarayonlari singari, idrokda ixtiyorsiz, ongimiz uchun «bilinmaydigan» bir suratda
3
sodir bo’ladi. Idrok jarayonlarida xayol ishtirok etganligi bizga idrok natijalarini
analiz qilib ko’rganimizdagina ma’lum bo’lib qoladi. Masalan, o’rmondagi
to’nkaning qorasi bironta yovvoyi hayvonga o’xshab ko’zga ko’rinsa, bu holda
hayvonning obrazi bu to’nkani idrok qilayotgan kishining xayoli mahsulidir. Idrok
tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati ham kiradi. Bunda tafakkur va nutq, faoliyati,
avvalo idrok qilinayotgan narsa va hodisaning nomini ovoz bilan yoki o’z ichidan
aytishda va bilishda ifodalanadi. Narsa va hodisaning nomini so’z bilan ifodalash
demak–bu narsa va hodisaga nom berish va uni mavjud tushuncha doirasiga
kiritish demakdir. Masalan, biz 28 «A»- rasmni uchburchak va 28 «B»- rasmni
doira deb aytamiz va shu bilan birga ularni biz bilgan geometrik tushunchalar
doirasiga kiritamiz. Idrok qilayotgan narsa va hodisalarni anglab va tushunib
olishimiz sababi ham shundadir. Agar idrok qilayotgan biron narsa yoki hodisamiz
yangi, noma’lum bo’lsa, bizda darrov fikr faoliyati boshlanib, «bu nima», «buning
nomi nima» degan savol tug’iladi. Bu hol ham idrok jarayonida tafakkurning
ishtirokini ko’rsatadi. har bir idrok hukm (gap) formasida ifodalanadi, masalan:
«bu kitob», «bu odam», «bu muzika» va hokazo. Odamning idroki sezgi
organlariga ta’sir ko’rsatayotgan biron narsaning oddiygina obrazi emas, balki
odamning tajribasi zaminida anglab, tushunib olinadigan obrazdir.
Narsa va hodisalarni nomini atab, biz idrokimiz mazmunini ochiq ravshan
qilamiz, bu idrokimizni boshqa kishilar uchun ham aniqlaymiz.
Nutqni, rasmlarni, badiiy suratlarni, muzika va boshqa san’at asarlarini idrok
qilish, moddiy buyumlarni idrok etishga nisbatan ko’p darajada murakkabdir. SHu
jumladagi idrokning mazmuni, asosan, odam hosil qilgan tajribaning boyligi, unda
tafakkur va xayolning nechog’li taraqqiy qilganligi bilan belgilanadi.
Idrokimizda nutq ishtirok qilganligidan, idrokning fiziologik asosi birinchi
signal sistemasiga oid nerv tutashuvigina bo’lib qolmay, balki ikkinchi signal
sistemaning ham nerv bog’lanishlari idrokning fiziologik asosidir. Idrokda ikkinchi
va birinchi signal sistemalari birlashgan holda amal qiladi.
Biz idrok qilishda masofalarni baholashda aylanalarning ta’sirini mazkur
masofalarning ular uchun ob’ektiv tarzda bir xil ekanligini inobatga olgan holda
taqqoslab aniqlashimiz mumkin. Odatda idrok qilanayotgan jism (buyum, shakl)
sirtlari orasidagi masofani biz idrokdagi haqiqiy va o’zgarmas masofalar bilan
taqqoslash imkoniyati yo’q holatlarda, ba’zan esa ularning bilinar yoki bilinmas
ta’sirini hisobga olishimiz zarur.
Filogenezda jismlar (buyumlar) va ularning orasidagi masofani baholash
ko’rsatkichi ustunlik qiladi.
Alohida jism sirtlari orasidagi masofani solishtirish va aniqlash zaruriyati
inson rivojlanshining keyingi bosqichlarida paydo bo’lgan. Ushbu zaruriyat
qachon inson xo’jalik buyumlari va mehnatning murakkab qurollarini ishlatsagina
yuzaga keladi. Shaxs ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida ko’z
bilan chamalash bilan aniqlanadigan masofani mukammallashtirmasdan turib,
undan foydalanish mumkin emasligiga iqror bo’la boshlagan. Masofani ko’z bilan
chamalash (kuzatish)ning o’rniga dastavvaliga o’lchami bir xil buyumlarni
bevosita solishtirish orqali, keyinchalik esa uzunlikning tasodifiy mezonlari
4
(etalonlari) yordamida aniqlash vujudga kelgan.
Insonlar tomonidan foydalana boshlangan o’lchamlar davr o’tishi bilan ko’z
bilan chamalab (kuzatish orqali) baholangan buyumlar (jismlar) sirtlari orasidagi
masofani mukammal o’lchashga to’sqinlik qila borgan.
Illyuziya fenomenlarini tadqiq etish yuzasidan bir qancha nazariyalar paydo
bo’lgan va ular ichida geshtal’tnazariya alohida ahamiyat kasb etadi.
Geshtal’tpsixologiya maktabi boshqalardan farqli o’laroq ko’proq inson idrok
qilayotgan narsalardan stimullarning o’zaro aloqasining ahamiyatliligini alohida
ta’kidlaydi hamda konstantlik gipotezasi (farazi)ning xato ekanligini ko’rsatib
beradi. Aynan xuddi shu nazariya umumiy ta’limot sifatida illyuziyalarni o’rganish
jarayonida muayyan darajada yaroqli hisoblanadi.
Ma’lumki, shaxs tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisa faqatgina
alohida (yakka) stimulga bog’liq bo’lmaydi, albatta. Shuningdek, ko’rish
maydoniga kiruvchi boshqa stimullarga ham bog’liqdir, chunki illyuziya qandaydir
anomal yoki kutilmagandek bo’lib ko’rinmaydi, binobarin, u oldindan kutilayotgan
illyuziyadir. Masalan, neytral yorug’lik boshqa intensiv (jadal) ravishda qo’shni
ruhiy maydonlar (bo’linmalar) bilan munosabatlarga asoslanadigan bo’lsa, u holda
kontrast (qarama-qarshi) illyuzor bo’lishiga qaramasdan, uni oldindan aytib berish
mumkin yoki idrok qilanayotgan tezlik koordinatalar tizimiga nisbatan aniqlanadi.
Agarla harakatning mutlaq tezligi mavjud bo’lmasa, u taqdirda uni o’lchamlarining
o’zgarishi koordinatalar tizimida kuchli tezlik illyuziyasini keltirib chiqarishi
mumkin.
Psixologiyada ko’z harakatlari nazariyasi bir qator tadqiqotchilar tomonidan
muayyan darajada o’rganilgan. Jumladan, Myuller -Layer illyuziyasida
monometrning tashqariga yo’nalgan uchi boshqa strelkaga qaraganda uzunroq
tuyuladi va buning oqibatida mazkur strelkalar turlicha uzunlikda degan noto’g’ri
idrok qilinadi, ya’ni illyuziyalanish hodisasi yuzaga keladi.
Darhaqiqat strelka uchlarining o’tkirligi ko’z harakatlariga ta’sir qilishi
haqida ma’lum darajada dalillar mavjud. SHuningdek, shu narsani alohida
ta’kidlash joizki, ko’zlarning vertikal-gorizontal harakatlaridagi vertikal
harakatning tahlili shuni ko’rsatadiki, uzunlik qisman ko’z harakatiga sarflangan
zo’r berishga bog’liqdir. Myuller-Layer illyuziyasi va ko’zning vertikal-gorizontal
illyuziyasini kuzatish juda ham qisqa vaqt oralig’ida sodir etiladi.
Ushbu nazariyaning XX asr variantiga ko’ra illyuziyani ko’z harakati
keltirib chiqarmaydi, balki taradudlanish yoki ko’z muskullariga berilgan xato
kuchlanishidan boruvchi nerv tizimi buyrug’iga bog’liqdir. Nazariyaning
variantiga, shuningdek, ko’z harakatlari amalga oshmagan davrda, ya’ni qisqa
muddatli kuzatuvda illyuziyaning hosil bo’lishi kabi omillar ham go’yoki qaramaqarshi
kelmaydi. Ba’zi bir psixologlarning mulohazasicha, joyni, uzunlikni va
shaklni idrok etishdagi ko’z harakatlari stimul konfiguratsiyasining har bir
bo’linmasini qayd qilish (fiksatsiyasi) uchun talab qilinadi, deb taxmin etiladi.
Xuddi shu bois bu nuqtai nazarga binoan ko’z burchagi bilan ajratilgan strelka
egallagan katta maydonda harakatlantirishda Myuller-Layer illyuziyasiga ko’ra
uchlarini birlashtiruvchi strelka band qilgan maydon bo’yicha harakatlantirilganda
5
birmuncha kamroq uzunlik tasavvurini yuzaga keltiradi.
Download 19,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish