Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand Filiali
Falsafa
Zoirbek Bosimov
Mavzu: Ilmiy ijod falsafasi.
REJA: 1. Fan – faoliyat. Ilmiy izlanish faoliyati, uning o`ziga xos jihatlari. 2. Ijod. Ilmiy ijod. 3. Ilmiy ijodning ma`naviy-ruhiy omillari.
4. Ilmiy ijod metodologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
5. Falsafaning ilmiy ijoddagi vazifasi.
Fan – ilmiy bilimlar tizimi. Fan – faoliyat. Fan – olamni bilish usuli. Fan – faoliyat “Fan – faoliyat” hozirgi zamon jamiyatida amalga oshirilgan ta`lim tarbiya jarayonida o`z ifodasini topadi. “Fan – faoliyat” ilmiy bilimlarni qo`lga kiritishga yo`naltirilgan faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat ilmiy ijod deb yuritiladi. Ilmiy ijod bilan shug`ullanuvchilar olimlar (izlanuvchilar), tadqiqotchilar.
Ilmiy izlanish faoliyatining o`ziga xos jihatlari Ilmiy bilimlarni ishlab chiqishga yo`naltirilgan faoliyat ilmiy izlanish (ilmiy ijod) deb yuritiladi.
- Ilmiy izlanish jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadi.
- Ilmiy izlanish - ilmiy izlanish faoliyatining o`ziga xos ko`rinishi hisoblanadi.
- Ilmiy izlanish sub`ekti – ijodkor inson.
- Ilmiy izlanish natijalari – qadriyat hisoblanadi.
- Ilmiy bilimlar jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotining muhim omili hisoblanadi.
- Ilmiy izlanish natijalari ilmiy tushuncha, ilmiy g`oya, qonun va nazariyalarda aks etadi.
- Ilmiy izlanish- dinamik jarayon. Ilmiy bilimlar rivoji fan mazmunida aks etadi.
- Ilmiy izlanish ilmiy bilish metodlaridan foydalanishni taqozo etadi.
Ijod. Ilmiy ijod Ijod – insonning fan, madaniyat, texnika va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan yangilik yaratish faoliyati. Inson ijodiy faoliyatining mohiyati, qonuniyatlarini evristika fani o`rganadi. Ijodning badiiy, ixtirochilik, texnik, ilmiy turlari mavjud. Ilmiy ijod insonning ma`naviy faoliyatining murakkab ko`rinishi. Ijod olamdagi narsa hodisa jarayonlarning mohiyati, qonuniyatlari haqidagi bilimlarni qo`lga kiritish jarayoni. Bu 2 (ikki) tipdagi bilimlarda o`z ifodasini topadi. Ilmiy bilimlar: gipoteza, qonun, nazariya… Ilmiy bilish metodlari ishlab chiqiladi. Ilmiy izlanishdan ko`zda tutilgan maqsad – yangi ilmiy bilimlarni qo`lga kiritish. Ilmiy ijod – olamni ratsional o`rganish va o`zlashtirish, olamda amal qiladigan qonunlarni ochishga yo`naltirilgan bilish jarayoni .
Ilmiy ijodning ma`naviy-ruhiy omillari Ilmiy ijodning ma`naviy-ruhiy omillari:- zehn; - tafakkur;- ijodiy tafakkur;
- tasavvur /xayolot/;
- ilhomlanish; - intuitsiya. Zehn – insonning ob`ektga qiziquvchanligi ifodasi hisoblanadi. Bu o`z navbatida narsa, hodisalarning muayyan tomonlariga alohida e`tibor qaratishda, tomonlari, xususiyatlarini to`g`ri fahmlay olishda namoyon bo`ladi. Fikrlash (tafakkur) – bilishning ratsional bosqichi hisoblanadi. Fikrlash jarayonida predmet hodisalarning muhim tomonlari, xossa-xususiyatlari aniqlanadi. Ijodiy tafakkur – ilmiy ijodda muhim o`rin tutadi. Ijodiy tafakkur olam (tadqiqot ob`ekti)ni o`zgacha – “aql ko`zi bilan ko`rish”, uning mohiyatini anglashda namoyon bo`ladi. Tasavvur – hissiy bilim shakli. Tasavvur biluvchi sub`ekt faolligining o`ziga xos ko`rinishi.
Tasavvur ko`rinishlari: reproduktiv tasavvur; konstruktiv (ijodiy) tasavvur.
Konstruktiv tasavvur tadqiqot ob`ektini “o`zgacha”, yangicha nazar bilan qarash Konstruktiv yoki ijodiy tasavvur - ob`ektni kelajakda kutilishi mumkin bo`lgan holatning namoyon bo`lishi. Ijodiy tasavvur (hayolot) ijodkorda o`ziga xos ruhiy holat – ilhomlanishda o`z aksini topadi. Ijodiy fikrlash, xayolot, ilhomlanish yaxlit ijodiy faoliyat tarzida kechadi. Intuitsiya - ijodkor insonga xos haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz bevosita anglab olish qobiliyati. Bu holat – “oldinda ko`rish”, “to`satdan anglash”.
ADABIYOTLAR: 1. J.Tulenov, S.Komilova, S.Valiyeva, M.Rustamova. Ilmiy ijod metodologiyasi. Magistratura yo`nalishi uchun ma`ruza matnlari. –T.: 2002-y., 3-10-betlar.
2. Bilish falsafasi. /gnoseologiya/–T.: “Universitet” nashriyoti, 2005 y., 155-69-betlar.
3. Soifnazarov, Niktchinko, B.Qosimov. Ilmiy ijod metodologiyasi, - T.: “Yangi asr avlodi”, 2004 y., 9-28-betlar. 4. Y.Raximov, A.O`tamurodov. Fanning falsafiy masalalari. /Fan falsafasi/.-T.: 2005-y., 150-155-betlar. 5. Е.В.Ушаков. Введение в философию и методологию науки. Учебник-Москва, изд., “Экзамен” г., 2005 , 37-46- стр. 6. А.М.Нoвиков, Д.А.Новиков. Методология и научного исcледования. - Москва, 2010 г., 61-166- стр. 7. Ж.Туленов. Методология научного творчества. –T.: 2001 г., 5-20- стр. 8. Философские проблемы методологии науки. –T.: Институт философии и права, 2006 г., 30-37- стр.
9. Falsafa. Ensiklopedik lug‘at. - T.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti, 2010 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |