mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‘llari



Download 0,76 Mb.
bet95/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

2. Risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‘llari



Investorlar uchun investitsiya kiritish vaqtidagi muhim masalalardan biri bu mavjud investitsiya risklarini tahlil qilish va ularni boshqarish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Mavjud riskli muhitga qaramasdan ayrim brokerlik idoralarining fikricha, qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olish qarori hamma vaqt irratsionaldir. Undan
1 . Мирзаев Ф.И. Молиявий рискларнинг турлари, таснифи, бошқариш ва баҳолаш усуллари. - Т.: «Молия». 2006. –234-б.
tashqari oxirgi yillardagi texnik analizning rivojlanishi, ko‘pgina hollarda investitsion qarorlar (ayniqsa rivojlanayotgan bozorlar) yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan omillar guruhini batafsil tahlil asosida qabul qilinadi.
Investitsion risklar nafaqat investitsion qarorlar qabul qilish, balki qilingan investitsiyaning butun hayot siklida tahlil etish lozim. Investitsion qarorlarni qabul qilish mas’uliyati va faoliyati jarayoni maxsuslashtirilgan moliyaviy vositachilar tizimini shakllantirishga olib keladi va ular quyidagi funksiyalarni belgilangan rag‘batlantirish evaziga o‘z yelkalariga olishadi:

  • barcha yoki ularning ayrim sifatlari xususiy investitsiya risklari tahlili;

  • investitsiya qarorlarini qabul qilish;

  • investitsiya qarorlarini qabul qilish qilish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni taqdim etish;

  • investorlarni u yoki bu ko‘rinishdagi risklardan sug‘urtalash (xedjerlash);

  • investitsion risklarni keng doirada har qanday holat bo‘lmasin investitsiya qilingan kapitalning to‘liq yoki qisman yo‘qotish sifatida anglash mumkin.

Mos ravishda investitsiya risklarini boshqarishning keyingi bosqichida (muvofiqlashgan qimmatli qog‘ozlar bozori darajasi) investor siyosiy, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy risklarni boshqarish tizimi zarurligi. Shunday qilib investor tadbirkorlik risklarining tayanch ko‘rinishlarini asl ko‘rinishiga qaytishishi ko‘rinadi, lekin bu boshqa sifatdagi darajada amalga oshadi.
Siyosiy va makroiqtisodiy risklar bilan bog‘liq risklarni boshqaruvi qoidaga ko‘ra iqtisodiy sube’ktlarning o‘zaro munosabatlari me’yorida va siyosiy va davlatlararo munosabatlar terminlarini tavsiflaydi. Investorlar nuqtai nazaridan, bu turdagi risklar boshqaruvi vositachilari ularning manfaatlarini miqiyosida to‘nashuvidan maqsad quyidagilarni tashkil etadi: siyosiy partiyalar va harakatlar, professional assotsiatsiyalar va biznes klublar va boshqalar.
Mikroiqtisodiy risklarni boshqarish (g‘arb adabiyotlari corporate governance sifatida aytiladi), davlat makroiqtisodiy siyosati shakllanishiga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi, lekin odatda ularni minimizatsiyasi uchun moliyaviy vositachilar (auditorlik kompaniyalari, boshqaruv konsultantlari) keyinchalik moliyaviy
infrastruktura elementlari sifatida qaraladi, shu orqali muammo bartaraf etiladi.
Investitsion risklarni boshqarish tizimi rivojlanish sxemasi shuni ko‘rsatadiki, qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini ob’ektiv ravishda paydo bo‘lishi va shakllanishini risklarni minimallashtirish instrumenti sifatida qaraladi.
Investitsion risklarning organik o‘zaro uzviy aloqasi aniqlanishi tartibi amalda uchramaydi, shu vaqtda infrastruktura risklarining umumiy kompleks tarzda ajratib ko‘rsatishi o‘z navbatida uning tizimli tadqiqoti imkoniyatini isbotlaydi. Ushbu ish hajmining qisqaligi moliyaviy strukturani xuddi investitsion risklarni boshqaruv tizimi sifatida taxlil etishni chegaralaydi. Ushbu tizimlar sub’ektlarining o‘zaro munosabatlari asosiy qonuniyatlari shakllanishidagi yondashuvlarni o‘rganish, milliy qimmatli qog‘ozlar bozori doirasi (masshtabi)da, bu tizim amal qilishining optimizatsiyasi va muvofiqlashuvi. Talab qilinayotgan daromadlilikni baholayotganda investitsiya riskining hisobga olinishining aniqligi uchun investor- kompaniya kapitalining egasi qabul qilgan qarorlar mantig‘ini tushunish lozim. Investorlar o‘z kompaniya pul mablag‘larini kapital bozoriga ma’lum bir aniq shart sharoitlarda yo‘naltirishadi (tikilgan mablag‘ning qaytishiga turli xil risklar analitikasi va qo‘shimcha ravishda daromad olish).
Kapital bozori bilan o‘zaro hamkorlikda, kompaniya menedjerlari moliyaviy resurslarni bozor investorlaridan sotib oltishni afzal ko‘rishadi. Taxlilning qiymat modelining markaziy momenti – investorlar tomonidan kapatalga mablag‘ni yo‘llashda tanlovni tan olish imkoniyatidir. Bozor investorlari alternativga ega bo‘ladi, va bozor qancha rivojlangan bo‘lsa, alternativ ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Xuddi shunday kompaniyani moliyalashtirish manbalari orasida topish imkoni mavjud. Ularning maqsadi - moliyalashning eng arzon variantini jalb qilish sharti (kompaniyaga risklarni) bilan topishdan iborat. Kreditorlar (ushbu vaziyatda investorlar) va investitsiyani qabul qiluvchilarning bozor munosabatlari kapital bozorini shakllantirishadi. Kapital bozorining rivojlanishi kapital egasi qo‘lga kiritadigan daromadlilik va investitsiya riski orasidagi bog‘liqlikni tushunish imkonini berad. Daromadlilik tahlilining kalit jarayoni kapital bozorida moliyaviy resursning “narx”ni aniqlashdan iborat.
Risk to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lgach, moliyaviy aktivlvrning, eng avvalo aksiyalarning bazaviy narx shakklanish modellari xolatini aytishimiz lozim. Risklarni baholashning maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko‘ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug‘urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Risklarni baholash, odatda, bir-birini to‘ldiruvchi ikki turga, ya’ni:

  • risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko‘zlovchi sifat tahlili;

  • loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko‘rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo‘linadi.

Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta’sir etuvchi risk turlarini aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo‘llashdan iboratdir. Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo‘lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash – sifat tahliliga; risklarni baholash – miqdor tahliliga taalluqlidir. Risklarni boshqarish jarayoni korxona hayotiyligining barcha bosqichlarida muntazam ravishda amalga oshirilishi lozim. Risklarni boshqarish risk va foyda miqdorini oqilona qo‘shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – ularni pasaytirish hisoblanadi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘linadi:

  1. Risk omilini aniqlash;

  2. Risk omilini tahlil qilish va baholash;

  3. Risklarni pasaytirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish;

  4. Risklarni oldini olish va nazorat qilish;

  5. Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo‘llash;

  6. Risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma’lumot to‘plash va kelajakka tavsiyalar ishlab chiqish.

Shu o‘rinda aytish joizki, risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushiniladi. Riskni boshqarishdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi xodimlari o‘z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun riskni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishlari kerak
Risklarni baholash algoritmi (ketma-ketligi) quyidagi tartibda bo‘ladi:

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish