Mavzu: “Islom ma’rifati” Islom



Download 28,71 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2022
Hajmi28,71 Kb.
#427364
  1   2
Bog'liq
37-ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ


Mavzu: “Islom ma’rifati”


Islom so‘zi lug‘atda bo‘ysunish va tinchlik ma’nolarini anglatadi. Bu ikki tushuncha o‘zaro bog‘liqdir. Qaerda belgilangan me’yorlarga bo‘ysunish bor, o‘sha yerda tinchlik bor. Qaysi joyda itoatsizlik, isyonkorlik hukmron u yerda ziddiyat, notinchlik, hatto urush...
Bugun ayrim xorij o‘lkalarda kuzatilayotgnan guruhbozlik va ixtiloflar, to‘qnashuv va qarama-qarshiliklar aynan bo‘ysunmaslik va isyonkorlikning ayanchli oqibatidir. Binobarin, islom itoatdir, isyonkorlik emas. Tinchlikdir, urushqoqlik emas. Omonlikdir, dahshat soluvchilik emas. Bag‘rikenglikdir, tarafkashlik emas. Do‘stlikdir, tarqoqlik emas. Bunyodkorlikdir, yalqovlik emas. Vatanparvarlikdir, buzg‘unchilik emas. Mehr-muhabbatdir, qahr-adovat emas. Ma’rifatdir, jaholat emas. Ziyodir, zulmat emas....
Islom dinining asrlar davomida bashariyatni ezgulikka, ma’rifatga chorlab kelayotgan, yillar davomida hayotbaxsh ma’nolari kishilar qalbidan o‘rin olib, tarixning turli murakkab onlarida ham benazir hamdam, dillarga malham bo‘lib, hazrat Navoiy ta’birlari bilan aytganda, turmushiga ro‘zg‘or safoligini, dunyoqarashiga hidoyat ziyosini olib kirayotgan tushunchalarini islomiy qadriyatlar deb ataymiz.
Bu qadriyatlar imon, e’tiqod, vijdon, diyonat, ma’naviyat kabi o‘lmas va yengilmas tuyg‘ular samarasidir. Bu qadriyatlar oliy darajadagi odob-axloq, chuqur bilim va ma’rifat taqozosidir. Bu qadriyatlar tinchliksevarlik va sulhparvarlik, haqsevarlik va insonparvarlik, vatansevarlik va xalqparvarlik, bilimsevarlik va ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik va bunyodkorlik kabi bugun umuminsoniy deya e’tirof etilgan, jahon tamadduni taraqqiyotiga bemisl ulush qo‘shgan an’analar hosilasidir.
Islom ta’limotining mohiyatida yuksak axloqiy qadriyatlarni muhofaza qilish yotadi. Masalan, Qur’oni karim va hadisi shariflarda ota-onaga yaxshilik qilish ta’kidlangan. Bu qadriyat savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi. Shoir ta’kidlaganidek, “Otang bilan onang qalbi o‘tar Ka’ba tavofidin, Alar ko‘nglini shod etsang bu xizmat ham ibodatdir”. Islomdagi besh asosning mohiyatiga e’tibor qaratilsa ularning barchasi insoniyat uchun qadriyat hisoblangan ezguliklarga chorlashi ma’lum bo‘ladi. Masalan, imonning eng kichik belgisi yo‘ldan kishilarga ozor beradigan narsani olib tashlash deyiladi. Insonlar uchun yo‘l qurish yoxud yo‘llarni obod qilish qadriyatiga imon belgisi sifatida qaralgan.
Islom asoslari insoniyatni fahsh va buzg‘unchi ishlardan qaytarishi qayd etilgan. Savob uchun ochlik va tashnalikni iroda qilsa-yu, yomonliklardan tiyilmasa, bunday mashaqqatdan hech qanday manfaat yo‘qligi, savob uchun ulug‘ ziyoratga borsa-yu ammo tilini buzuq so‘zlardan, o‘zini fisqu fujur ishlardan tiymasa hatto uzoq davom etgan safaridan ham foyda bo‘lmasligi ta’kidlangan. Daromadini qirqdan birini ehtiyojmand kishilarga beraman desa-yu, bu daromad nopok yo‘llardan kelgan bo‘lsa, yoxud nopok yo‘llarga sarflansa, savob qilaman, deb gunoh va jinoyatga botib ketishi haqida ogohlantirilgan. Demak, islomda savob va qadriyat tushunchalari o‘zaro chambarchas bog‘langan.
Islomiy qadriyatlari orasida birinchi o‘rinda turuvchi bu albatta imondir. Imon barcha ezguliklar manbai, yaxshilik va go‘zallik asosi sifatida qaraladi. Mo‘min so‘zining ma’nosi – imonli, imon egasi deganidir. Halollik, poklik, hayo, vafo, to‘g‘riso‘zlik, sadoqat singari barcha ma’naviy fazilatlar imonning bo‘laklari sifatida talqin etiladi. “Imon yetmishdan ortiq bo‘laklardan tashkil topgan, hayo imonning bo‘lagidir” deyiladi hadisi sharifda.
O‘zini imonli deb hisoblovchi har bir inson atrofga faqat ezgulik sog‘inishi va kishilarga ozor beradigan ishlarning barchasidan o‘zini tiyishi lozim. Bu borada avliyolar avliyosi, mutafakkirlar mutafakkiri, shoirlar sultoni bo‘lgan Alisher Navoiy insoniyatga ibratdir. Alisher Navoiyning umrini buyuk ishlarga bag‘ishlashiga sabab bo‘lgan tuyg‘u komil imon edi. Shuning uchun hazrat: “Naqdi jon chiqqanda imon gavharin ko‘nglimg‘a sol, Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo” deya munojot qildilar.
Islomdagi eng muhim qadriyatlardani yana biri halollikdir. Buyuk bobokalonimiz Bahouddin Naqshbandning: “Ibodat o‘n qism bo‘lsa, shundan to‘qqiz qismi halollikni talab qilish, qolgan bir qismi boshqa ibodatlardir” degan fikrlari halollik maqomi qanchalar yuksak ekanini ko‘rsatib beradi. Halollik har tomonlama poklikni ifodalaydi. Shu o‘rinda yana Navoiy o‘gitlari yodga keldi. Buyuk mutafakkir barkamollik namunasi bo‘lgan Farhodni tavsiflab, “Demangkim, ko‘zi poku ham so‘zi pok, Dili poku, tili poku ham o‘zi pok” deydilar.
Halollik muhimligidan, unga olib boruvchi vositalarning barchasi, ayniqsa, mehnat qilish, kasbu hunar bilan shug‘ullanish ham islomiy qadriyatlar orasida alohida o‘rin tutadi. Kishilar haqiga ko‘z olaytirish, tama’girlik, dangasalik muqaddas dinimizga qoralanadi. Hadisi sharifda “Inson o‘z qo‘li bilan ishlab topgan luqmasidan shirinroq ne’mat yo‘q” ekani ta’kidlangan. Shuning uchun, diyorimizdan o‘tgan buyuk alloma va mutafakkirlar kasbu hunar bilan shug‘ullanganlar. Masalan, Toshkentning Hastimom — Hazrat Imom dahasiga nomi qo‘yilgan Abu Bakr Shoshiy qaffollik, ya’ni qulfsozlik qilganlar. Abu Sa’id Xarroz kosiblikni, Abu Hafs Haddod temirchilikni kasb qilgan bo‘lsalar, Bahouddin Naqshband matoga gul solganlar. Diyorimiz musulmonlari amal qiladigan hanafiy mazhabi asoschisi – Imoi A’zam No‘mon ibn Sobit tijorat bilan shug‘ullanganlar va hokazo ko‘plab misollarni keltirish mumkin.
Islomda inson haqi shunchalar ulug‘vor maqomdaki, bandaning haqiga xiyonat qilish Yaratganning haqiga xiyonat qilishdan og‘irroq hisoblanadi. Chunki Parvardigor hech narsaga muhtoj emas, hojatlardan pok zot. U o‘zining haqini kechishi mumkin. Ammo, bir inson boshqa insonga tajovuz qilsa, to o‘zi zulm qilgan kimsaning roziligini olmaguncha gunohi kechirilmaydi.
Shu o‘rinda, islom nomi bilan zo‘ravonlik va buzg‘unchilik qilayotgan, ming-minglab begunoh kishilarning yostig‘ini quritayotgan buzg‘unchi oqimlar ummon tubiga botgandek, gunohga botib ketganlarini, kezi kelganda qilgan qilmishlari uchun javob berib, eng xor, eng bechora, eng zor kimsalar qatoridan o‘rin olishlarini ta’kidlash o‘rinli.
Islom dinidagi bugungi kunda dolzarb bo‘lgan qadriyatlardan biri bu kattaga hurmat, rahbarga itoatdir, qonunga rioyatdir. Har bir imonli inson yoshi ulug‘larni e’zozlashi, rahbarlarga bo‘ysunishi, davlat va jamiyat qonun-qoidalariga amal qilishi o‘ta muhimdir. Ayni paytda dunyoning ba’zi nuqtalarida yuz berayotgan parokandalik va ziddiyatning, ixtilof va adovatning, xarobalik va halokatning asosiy sabablaridan biri kattaga hurmat, rahbarga va qonunga itoat tushunchasining barbod bo‘lganidir. “Kattalarimizni hurmat, kichiklarimizga shafqat qilmaganlar bizdan emas”, “Baraka kattalaringiz bilan birga”, “Bir qavmning mo‘tabar kishisi kelsa siz ham uni izzat-ikrom qiling”, “Kim sultonni xorlasa Alloh uni xorlaydi” mazmunidagi hadislar mazkur fikrlar isbotidir. 
Islom madaniyati -  islom dinidagi e’tiqod qiluvchi xalqlar faoliyati natijasida yuzaga kelgan moddiy va ma’naviy boyliklarni aks ettiruvchi tushunchadir. Moddiy boyliklar deganda ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik kabi faoliyat natijasi bo‘lgan yillar o‘tishi bilan qadri oshib boradigan asarlar, ashyolar va binolar va obidalar tushuniladi. Ma’naviy boyliklar deganda moddiy boyliklardan foydalanish asnosida yuzaga keladigan insonning ma’rifati, axloqiy fazilatlarini yuksaltiradigan, ruhiyatiga zavq bag‘ishlaydigan, hayotga bo‘lgan munosabatini shakllantiradigan qadriyat, an’ana va me’yorlarni tushunamiz.
Islom madaniyati musulmon xalqlar tomonidan yaratilgan jahon tamadduni xazinasidan munosib o‘rin olgan benazir ilmiy asarlar, san’at namunalari, betakror obida va ziyoratgohlarni, shuningdek, Qur’oni karim va hadisi shariflarda zikr etilgan, olimlar, fozillar, mutafakkirlar tomonidan jamlangan, insoniyat ma’naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan imon, vijdon, diyonat, halollik, poklik, bag‘rikenglik, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat kabi axloqiy fazilatlarni o‘zida aks ettiradi.
O‘zbekistonning islom madaniyatiga rivojiga o‘rni beqiyos. Bu diyordan chiqqan buxoriylar, samarqandiy, termiziy, xorazmiy, nasafiy, marg‘inoniy, shoshiylar asarlarisiz islom ilm-fani va adabiyotini tasavvur etish mahol.
O‘zbekiston obida va ziyoratgohlari xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishsha muhim omil bo‘lishi bilan birga dunyo ahlini, xususan, diyorimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar, sayyohlar va ziyoratchilarni o‘ziga rom etib kelmoqda. Vatanimizning islom sivilazitsiyasi rivojidagi benazir o‘rnini hisobga olgan holda AYSESKO xalqaro tashkiloti tomonidan 2020 yilda Buxoro islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi.
Islom madaniyatining kattaga hurmat, kichikka izzat, ota-onaga xizmat, qarindoshlarga oqibat, ko‘ni-ko‘shnilarga mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlari diyorimiz xalqlari hayotida muhim o‘rin tutgan va bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega.
Aql sohiblari fitratda, ya’ni har qanday gunohdan pok tug‘ilib, voyaga yetishi asnosida shakllanadi, o‘zgaradi. Mana shu o‘zgarish insoniy tanlov asosiga qurilgan bo‘lib, uning keyingi hayotini belgilab beradi. Insonda faqat ota-ona va vatanni tanlash imkoni berilmagan. Shundan bo‘lsa kerak, ular mudom qiyoslanadi. Din ham tanlovlardan biri va shuning barobarida huquq hamdir.
Umuman, din – insonlarni g‘oyaviy maqsadli birlashtirish usuli. U – musaffolik manbai, dillar sokinligi. Odob-axloq va ma’rifat dindan boshlanadi. Din orqali qalblar yaqinlashadi, madaniyatlar birlashadi. Bugun ma’naviyat ham din bilan chambarchas bog‘liq ekani tobora anglab borilmoqda.
2016 yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusidagi 43-sessiyasi ochilish marosimidagi nutqida bu g‘oya “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan mashhur hadisga hamohangligini ta’kidlaydi. Shuningdek, “Bugun ma’rifatga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir” deya, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Iso va Hakim Termiziylar, Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab daholar nomi nafaqat islom, ayni vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan bitilganligin alohida aytib o‘tadi. 
2017 yil Andijon viloyatiga tashrifida “Adashgan insonlarni ma’rifatga chaqirishimiz kerak” hamda BMT Bosh Assambleyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifini kiritdi.
2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitidagi nutqida ulug‘ vatandoshlarimiz – algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilgan Ibn Sino, davlat arbobi va buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek singari mutafakkir zotlarning nomlarini hurmat bilan tilga oladi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozmalar saqlanmoqda, ularning asosiy qismi YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasasi, ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari va innovatsiya markazlari faoliyat olib bormoqda.
Prezidentimiz ushbu anjuman buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek Buxoro shahrida bunyod etgan madrasa peshtoqiga bitilgan “Ilm egallash har bir muslim va muslima uchun farzdir”, degan hadisi sharifni hayotimiz qoidasiga aylantirishga xizmat qilishini ham e’tirof etdi.
Davlat rahbarini shu qadar tashvishlantirayotgan millat taqdiri, axoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyati har bir aql egasini daxldorlikka chaqirishi lozimligi quyidagi: “Bugun ma’rifatga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz bo‘lishi lozim. Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidlarida namoyon bo‘layotgani hech kimga sir emas.
Ma’rifat” arabcha so‘z bo‘lib, “arafa” fe’lidan olingan – “bilimdonlik” degan ma’noni bildiradi.
Ma’rifatning, ya’ni bilimdonlikning asosi o‘zining kimligini, hayotdagi o‘rnini va maqsadini, burchi va mas’uliyatlarini anglashdan boshlanadi. Ana shularni to‘g‘ri anglab yetmagan inson har qancha bilimli bo‘lsa ham ma’rifatli hisoblanmaydi. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra insonni kamolotga yetkazuvchi yo‘llardan birining “Ma’rifat” deya atalishi ham bejiz emas.

Download 28,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish