Mavzu: Izlanish ishlarini tashkil qilish. Reja



Download 57 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2023
Hajmi57 Kb.
#905642
  1   2
Bog'liq
10-mavzu


10-amaliy mashg’ulot.
MAVZU: Izlanish ishlarini tashkil qilish.
Reja:
1. Qurilish maydonini tashkil qilish.
2. Qurilish maydoni obyektlari joyini tanlash va joylashtirish.
3. Qurilish maydoni uchun yer ajratish.
4. Topshiriq.
Suv xo‘jaligi qurilish obyektlari asosan suv yo‘llarida, cho‘l xarakterli va aholi yashash joylaridan olisda bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qurilish maydoni asosan suv, ya’ni dars yoki kanallar o‘zani havzasida joylashganligi sababli undan suvning qurilish ishlarini olib borishga ta’siri hisobga olinadi. Yer usti yoki osti suvining qurilish jarayoniga salbiy ta’siri bartaraf qilishga qurilish umumiy smeta bahosining anchagina qismi sarflanishi lozim bo‘ladi. Bu muammoni to‘g‘ri hal qilish qurilish tannarxini arzonlashtirishga olib keladi.
Qurilish maydonida asosiy obyekt va uning barcha ishlab chiqarish bazalari, xizmat ko‘rsatish korxonalari va hatto quruvchilar posyolkasi joylashtiriladi. Bularning qurilishdagi ishtiroki asosiy obyekt qurilish sur’atiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Qurilish maydonidagi barcha obyektlar va inshootlar asosiy obyekt qurilishiga xizmat qiladi. Shu sababli qurilish maydonini ilmiy va iqtisodiy asoslangan tarzda tashkil etish zamonaviy qurilish amaliyotining asosiy talabidir.
Suv xo‘jaligi qurilishi amaliyotida qurilish maydonini to‘g‘ri tashkil qilish ishlari olib borishni, obyekt qurilishining tannarxini belgilovchi hujjat va ish hisoblanadi. Qurilish maydonini tashkil qilishda asosan quyidagilarni hisobga olinadi:
1. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
2. Joyning tabiiy sharoiti;
3. Ekologik sharoiti;
4. Qurilish turi va obyektlar xarakteri;
5. Joyning gidrologik, gidrogeologik, topologik va xo‘jalik sharoitlari;
6. Qurilishni tashkil qilish;
Qurilish maydoni obyektlari joyini tanlash va joylashtirish.
Qurilish maydoni obyektlari joyini tanlash undagi ishlab chiqarish bazalarining asosiy inshoot va o‘zaro texnologik bog‘lanishini, transport sharoitini, energiya ta’minotini, tabiy sharoitini (topografik, geologik, iqlim): qurilish – arxitektura talablarini, qurilish rivojlantirishning tartibini va kelajagini hisobga olishni talab etadi. Shunga asosan loyihani ishlash oldidan bo‘lajak qurilish hududini joylashtirish nuqtai nazardan tekshiruv o‘tkaziladi, uning natijasida qurilish maydoni uchun yaroqli maydon aniqlanadi. Unda qurilish maydonini magistral transport yo‘llari bilan bog‘lovchi yo‘llar, maydonning baland-pastliklari, injener – geologik va gidrologik (gruntlarni qurilish xususiyatlari, sizot suvining mavjudligi va sifati, extimoliy suv bosimi, toshqin kelishi, yer ko‘chishlari va boshqalar) suv va energiya ta’minoti kabilar o‘rganiladi.
Qurilish maydonini tashkil qilishda uning variantlari tuziladi, iqtisodiy jihatdan solishtiriladi, arzon va bajarish uchun qulay bo‘lgani tanlanadi. Qurilishning bosh rejasi maydoniga joylashtiriladigan ishlab chiqarish bazalarining turlari ularning o‘zaro texnologik bog‘lanishini aniqlaydi. Qurilish ichki transporti aniqlanadi. Bunda mahalliy qurilish manbalari, hom ashyolari bor joyga yaqin qilib qayta ishlash korxonalari loyihalashtiradi, chunki xom ashyo materiallarini (shag‘al, qum, tosh va boshqa) tashish uchun transport xarajatlari kam bo‘lishini ta’minlash lozim. Asosiy obyekt qurilish inshooti tayyor mahsulot yetishtiruvchi ishlab chiqarish korxonalariga yaqin bo‘lishi kerak. Masalan, beton zavodi, armatura va qolip tayyorlash sexlari, kompressor va nasos stansiyalari. Davlat magistral yo‘llari hisobga olinishi zarur.
Ishlab chiqarish bazalarining joyi shu tumanda, shu maydonda uning qo‘shimcha yordamchi korxonalarini joylashtirish, inshootlarini joylashtirish mumkin bo‘lsin. Joyning relyefi hisobga olinishi kerak. Agarda relyef ishlab chiqarishning barcha qo‘shimchasi va yordamchi korxonalarini bir maydonga joylashtirish imkoniyatini byermasa, u holda ikkita va undan ko‘p alohida maydonlarga joylashtiriladi. Bunda noruda materiallar konlari yaqin qilib, ularni qayta ishlash korxonalarini unga bog‘lab joylashtiriladi. Asosiy obyektdan tashqari olisroqda asosan ombor xo‘jaligi, avtotransport konxonalari joylashtiriladi.
Agarda qurilish maydoni daryo o‘zanining ikki qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lsa, masalan, So‘x suv ombori qurilish maydoni asosiy ishlab chiqarish bazalari daryoning bir qirg‘og‘iga, uchastka ishlab chiqarish bazalari ikkinchi qirg‘og‘iga joylashtiriladi.
Qurilish maydonida ishlab chiqarish bazalarini mujassamlashtirishda (joylashtirishda) asosiy talablardan biri ishlab chiqarish bazalarini uning istemolchilariga yaqinroq bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Bulardan tashqari texnologik oqimlarni imkoniyati boricha bir – biri bilan kesishmaydigan, joy re’efini imkoniyati boricha o‘zgartirmaslik, injenerlik va konstruktiv yechimlarni unifikatsiyalash, korxonalarni mavjud texnologiyasi bo‘yicha blakirovkalashni hisobga olish kerak. Aloxida korxonalarni joylashtirishda quyidagi mulohazalarni hisobga olish lozim: beton xo‘jaligi bilan asosiy inshootlar o‘rtasidagi masofa yaqin bo‘lishi shu bilan birga uni chang chiqaruvchi korxona sifatida shu hududdagi shamol yo‘nalishi hisobga olinadi. Chunki asosiy obyektda ishlovchilar, ishchilar pasyolkasida yashovchilar, ma’muriy xodimlar chang oqimi yo‘nalishida bo‘lishi mumkin emas. Qurilish maydoniga kirish va chiqish yo‘llari asosiy yuk oqimi bo‘ladigan tomondan qo‘yilishi kerak.
Noruda materiallarni qayta ishlash korxonalari beton xo‘jaligi bilan bog‘liq texnologik liniyada bo‘lgani uchun ular bir –biriga yaqin joylashishi, imkoniyati boricha texnologik transportlardan foydalanish prinsipida joylashtirish kerak. Bu tayyor maxsulot omborlarining aksariyat hollarda birlashishiga olib keladi. Umuman ularning iqtisodiy tomonidan variantlari ko‘rib chiqiladi va qulay bo‘lgan varianti qabul qilinadi.
Maxsus subpodryat tashkilotlarning bazalari ham o‘z iste’molchilariga yaqin joylashishi kerak: gidromexanizasiya bazasi suv bilan quriladigan inshootga yoki suv bilan qaziladigan joyga; gidromaxsusqurilish – sementli yoki yer osti ishining joyiga, gidromaxsus elektromontaj – GES qurilishi maydoniga va hokazo.
Yog‘ochni qayta ishlash korxonasi maydonning tashqarisida yoki chekka qismiga unga keltiradigan materiallarni hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak. Uni joylashtirishda shamolning yo‘nalishini hisobga olish talab etiladi.
Yoqilg‘i moylash materiallari bazalari qurilish maydoniga kirish yoki chiqish joyida va avtomobil bazalariga yaqin joylashtirilishi shart. Uni tashkil qilishda yoqilg‘i quyish, yuvish – avtobaza texnologik bog‘lanish bajarilishi shart.
Portlovchi moddalar omborlari qurilish maydonidan tashqarida yoki me’yori bo‘yicha qurilish bazasi boshqa obyektlaridan ma’lum ma’sofada xavfli zonani hisobga olib joylashtirilish kerak. Suv olish inshootlari qurilish maydonidan o‘tadigan suv manbaining yuqori qismida joylashtirilishi kerak. Agarda qurilishda ishlatiladigan suv yer osti manbai bo‘lsa u holda suv minorasi qurilish maydonining eng yuqori qismiga joylashtirilishi zarur.
Ta’mirlash ustaxonalari avtomobil bazalariga, moddiy to’minot bazalariga yaqin va bir maydonda joylashtirilgani ma’qul. Agarda qurilish maydoniga temir yo‘l kiritilgan bo‘lsa ishlab chiqarish bazalari uning atrofiga bir chiziq ko‘rinishida joylashtirilishi iqtisodiy jihatdan samaraliroqdir. Shunga muvofiq qurilish ichki transporti va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar echiladi. Bunda tashish yo‘llari minimal, ya’ni eng qisqa xarakterga ega bo‘lishi kerak.
Noruda materiallar konlari (shag‘al, qum , tosh ) injener – geologik qidiruv natijalari asosida aniqlanadi.
Quruvchilar, aholi yashash hududlarini joylashtirishda alohida e’tibor va talablar qo‘yiladi. Chunki qurilish ishlari tugatilgandan so‘ng ham aholi yashab qoladi. Shuning uchun tabiatning tozaligiga, ekologik sharoitiga, transport xizmatining qulayligi va xavfsizligi kabi talablar to‘liq mos keladigan joy bo‘lishi kerak. Shu bilan birga quruvchilar posyolkasi asosiy qurilish obyektiga yaqin bo‘lishi ta’minlanadi.
Quruvchilar posyolkasini joylashtirishda uning kelajakda kengayishi ham hisobga olinishi kerak. Quruvchilar posyolkasi va umuman aholi yashash zonalari temir yo‘l liniyasidan ajratilgan bo‘lishi kerak, uni kesib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Aholi yashash joyini tanlashda injenerlik kommunikasiyalari bilan taminlashga alohida e’tibor byerilishi kerak, bajariladigan ishlar hajmi kam bo‘ladigan variantini tanlash lozim. Aholi punktining joyini tanlashda geologik, gidrogeologik, gedrologik sharoitlar hisobga olinadi. Geologik sharoitni o‘rganish inshootlar qurilishida bajariladigan ishlar turini aniqlaydi. Uni hisobga olish inshootlar mustahkamligini taminlovchi asos bo‘ladi. Yer osti suvlarining rejimini o‘rganish qurilish ishlarining turini va o‘tkaziladigan tadbirlarni aniqlaydi. Qurilish paytida yer osti suvini chiqarish va pastlatish ishlarini bajarish zaruriyatini aniqlaydi. Inshoot qurilishiga va uning tannarxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Gidrologik sharoit, ya’ni toshqin suvlarni paydo bo‘lishi, daryoning suv rejimi qurilish ishlarining bajarilish bosqichlariga ta’sir etadi. Aholi yashash joylarini tanlashda toshqinlarni paydo bo‘lishini va suv sathini ko‘tarilishi zonalari hisobga olinadi. Aholi yashash posyolkalari daryo toshqinlaridan to‘liq havfsiz joyda bo‘lishi taminlanishi kerak.
Loyihalash bosqichlarida qurilish bosh planidan tashqari qurilish ishlab chiqarish bazalarining bosh plani ishlab chiqiladi, unda doimiy va vaqtinchalik quruvchilar posyolkasi, qurilish materiallari konlari, vaqtinchalik gidrotexnik inshootlar ko‘rsatiladi. U plan ma’lum darajada kichik masshtablarda (1:10000,1:25000,1:50000) tuziladi.
Qurilish maydonidagi obyektlarini joylashtirishning fanda shartli ravishda ataladigan gorizontal va vertikal turlari bor.
Gorizantal – joylashtirish deb qurilish bosh rejasida obyektlarni o‘zaro bog‘liqligini va bog‘lanishini davlat geodezik triangulyasiya tarmog‘i bilan bog‘lab rejali joylashtirish tuziladi. Qurilish maydonining alohida obyektlarini kordinasiyalash va gorizantal bog‘lanishda shartli belgilanadigan qurilish koordinat tizimidan foydalaniladi. Qurilish koordinat tizimi topografik s’yomka o‘qlari bilan bir chiziqda yoki ustma-ust tushishi shart emas. Uni syomka tizimiga kiritish va chiqarish uchun qayta hisoblanadi.
Qurilish maydoni obyektlarini gorizantal joylashtirish loyihasi, qurilish maydonining yagona arxitekturaviy yechimi sifatida obyektlarni bajariladigan vazifasiga qaraladi. Asosiy obyektlar va inshootlar o‘rtasida oraliq masofalar talab darajasiga qo‘yiladi. Bu masofalar injener-texnik kommunikasiya inshootlarini o‘tkazish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Vertikal joylashtirishda qurilish maydonining loyihaviy relyefini tashkil qilish, bino va inshootlarning balandlik belgilarini, avtomobil va temir yo‘l transporti yurish qismlarining satxlarini o‘rnatish, yer usti suvini kyetkazishni tashkil qilish, qirg‘oqlarni va qurilish maydonini yuvish, suv bosishga qarshi tadbirlar tushuniladi. Vertikal joylashtirish shunday bo‘lishi kerakki bunda obyektlar orasida transport-texnologik aloqalar uchun qulay sharoit yaratilsin, bajariladigan ish hajmlari kam bo‘lsin, tabiiy relyef saqlansin, yer usti suvlarini yig‘ish va chiqarib tashlash qulay bo‘lsin.
Vertikal joylashtirishning 3ta tizimi mavjud: yoppasiga, tanlab va aralash. Yoppasiga joylashtirishda qurilish maydoni bo‘yicha barcha obyektlarni joylashtirish ko‘zda tutiladi. Bunda hududdan suvni ketkazish novlar orqali amalga oshiriladi. Qolgan qismlarda tabiiy relyef saqlanib qolinadi. Bu tizimning kamchiligi asosan bino va inshootlar oraliq masofalarining haddan tashqari kengligidir.
Aralash joylashtirish. Qurilish maydonida yuqorida ko‘rsatilgan talab va yoppasiga joylashtirish tizimi qo‘llaniladi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha tizimlarda joylashtirishga qurilish maydoni yerining geologik sharoiti sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Vertikal joylashtirishning barcha sxemalari 2 guruhga bo‘linadi: terassasiz va terassali. Terassasiz sxemada joylashtirilgan asosiy tekisliklar sathi va relyef keskin o‘zgarmaydi. Terassa sxemasida joylashtirish tekisliklari tik tushish yoki ko‘tarilish bilan bog‘lanadi. Bu joyning chegaraviy qismlari hatto tutib turuvchi su’niy devorlar bilan bajariladi. Bunda sathlarni tiklash uchun ko‘tarma va qazilmalar ketma-ket yaqinlashish usuli qo‘llaniladi. Agarda tashib kelinadigan yoki ketiladigan yer ishlari hajmi umumiy yer ishlari hajmining 5 foizigacha bo‘lsa tanlangan variant to‘g‘ri hisoblanadi. Terasaning baland - pastliklariga qarab qurilish transporti tashkil etiladi. Bunda ham qurilish maydoni geodezik asoslanishi davlat triangulyatsiya tarmog‘iga bog‘langan bo‘lishi kerak. Balandliklar absolyut sathlarda belgilanishi kerak.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish