Mavzu: jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar reja: Jahon xo‘jaligining mohiyati



Download 0,5 Mb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#648997
  1   2
Bog'liq
iqtisod


Mavzu: JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

Reja:

  1. Jahon xo‘jaligining mohiyati.

  2. Jahon iqtisodiyotining subyektlari.

  3. Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari.

  4. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

  5. Xulosa.

Jahon iqtisodiyotiga keng ma’noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim, tor ma’noda iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizim, deb ta ’rif berish mumkin. Amaliyotda keng ma’nodagi ta ’rif ko‘proq qo‘llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari yuzlab milliy xo‘jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir. «Jahon iqtisodiyoti» tushunchasidan «xalqaro iqtisodiyot» tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqtisodiyot, deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi.




Jahon iqtisodiyotining subyektlari.
Jahon xo'jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining muhim subyekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Avvallari u yoki bu mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan milliy firmalar shug'ullanishgan va ular uchun mamlakat ichki bozori asosiy bozor hisoblangan. Ammo oxirgi o ‘n yillikda ularning ko‘pchiligi TMK lar darajasiga ko‘tarilishdi va butun dunyo ularning faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMK lar jahon iqtisodiyotining muhim mustaqil qismiga aylandi va jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi ular hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. TMK lar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o‘zaro birlashib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashmalar jahon xo‘jaligining tarkibiy mexanizmiga aylandi, ba’zilari, jumladan, Yevropa Ittifoqi (Yel) tashqi dunyoda o‘z a ’zolari nomidan faoliyat olib borishmoqda. Ammo ko‘pchilik integratsion birlashmalar (Yel va Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o‘z a’zolari milliy iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko'rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan mutanosib ravishda chuqurlashib boradi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va mavqeyi tubdan ortdi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri - jahon iqtisodiyotining rivojlanishi to‘g‘risida statistik tahlillar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Jahon banki (World Developm ent Report), YuNKTAD (World Investm ent Report), Jahon savdo tashkiloti (JST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlarning nashrlaridan keng foydalaniladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo‘yicha guruhlash mumkin. An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarining xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Kapital, mehnat va texnologiyadan farqli o‘laroq muhim iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo'jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansada, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy munosabatlar sifatida tan olingan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish