Mavzu: Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va ularni O'zbekistonda bartaraf etish yo‘llari


Jahondagi ayrim davlatlar tashqi qarzining YaIMga nisbatan dinamikasi (%)



Download 0,5 Mb.
bet3/4
Sana06.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#880052
1   2   3   4
Bog'liq
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va ularni O\'zbekistonda bartaraf etish yo‘llari

Jahondagi ayrim davlatlar tashqi qarzining YaIMga nisbatan dinamikasi (%)

Manba: Qoraqalpoqiston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashi Raisining, viloyatlar va Toshkеnt shaqar qokimlarining ўrinbosarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bўyicha yordamchilari, tuman va shaqar qokimlarining mintaqaviy sеminar matеriallari, 14 yanvar– 1 fеvral 2009 yil.
19-rasmdan ko’rinib turibdiki, kеyingi 4 yil mobaynida xususan, AQSh va ayrim Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari (Qirg’izistondan tashqari) tashqi qarzlarining yalpi ichki maqsulotlariga nisbatan salmoqi ortib borgan. Xususan, 2008 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’i qariyb 90% ni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich Rossiyada 37% ni, qozoqistonda 102% ni, Ukrainada 64% ni tashkil etgan. Qirqizistonda esa kеyingi 3 yil mobaynida pasayish tеndеntsiyasi kuzatilib 2008 yilda 81% ni tashkil qilgan.
Bu borada O’zbеkiston Rеspublikasida ijobiy tеndеntsiya kuzatilmoqda. Ya'ni, amalga oshirilgan oqilona iqtisodiy siyosat natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki maqsulotdagi salmoqi 2005 yildagi 29% dan 2008 yilda 13,3% ga qadar qisqargan.
Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008 yillarda ishsizlik darajasi va 2009 yil istiqbol ko’rsatkichlari

Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspеrtlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi rеtsеssiya va iqtisodiy pasayishni, invеstitsion faollik ko’lami chеklanib borishini, talab va xalqaro savdo qajmining kamayishi hamda jaqonning ko’plab mamlakatlariga ta'sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi e'tirof etilmoqda.
Xususan, 2008 yilda jahon miqyosida bеvosita xorijiy invеstitsiyalar oqimi 20% gacha pasayganligi kuzatilgan. 2009 yilda jahon yalpi ichki maqsulotining pasayishi, bеvosita xorijiy invеstitsiyalar ko’lamining yanada pasayishini kuzatilishi hamda xalqaro savdo hajmi qariyb 15% ga pasayishi ehtimol qilinmoqda. Bu holat esa ishsizlik darajasining ortishi bilan bog’liq jiddiy ijtimoiy muammolarni kеltirib chiqarishi mumkin.
Manba: Qoraqalpog’iston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashi Raisining, viloyatlar va Toshkеnt shahar hokimlarining o’rinbosarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha yordamchilari, tuman va shahar hokimlarining mintaqaviy sеminar matеriallari, 14 yanvar– 1 fеvral 2010 yil.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z kitobida ta’kidlaganidek, iqtisodiyotimizning jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, jahon moliyaviy inqirozi O‘zbekistonga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi jonkuyar xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlash erishganligimiz masalasiga o‘quvchilar diqqatini qaratadi va iqtisodiyotimizdagi hozirgi holat kitobda keng tahlil etilganligini eslatadi va ko‘rgazmali vositalardan foydalanadi (3-jadval).
Jumladan, 2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foizga o‘sdi.
Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan rivojlandi: qurilish - 8,3 foiz, transportda yuk va yo‘lovchi tashish hajmi - 10,2 foiz, savdo sohasi - 7,2 foizga o‘sdi. Kishloq xo‘jaligida 4,5 foiz o‘sishga erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xom ashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g‘alla, shu jumladan, 6 million 145 ming tonna bug‘doy yetishtirildi.
Kitobda respublikamizda ish haqining ortib borishi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 2008 yilda o‘rtacha ish haqi budjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun iqtisodiyot bo‘yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o‘rtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko‘paydi. 2009 yilni oladigan bo‘lsak, o‘rtacha ish haqi miqdoridi budjet sohasida va shunga mos ravishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham 1,4 barobar oshirish ko‘zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o‘sish ko‘rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqdab turish mo‘ljallanmoqsa.
Kitobda tashqi bozor haqida ham so‘z yuritilib, tashqi bozor konyunkturasining yomonlashuviga qaramasdan, 2008 yilda tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda.
Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday o‘zgarish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, Prezident bugungi kunda eksport asosan xom ashyo yetkazib berishdan iborat bo‘lib, dunyo bozoridagi narx-navo o‘yinlariga haddan tashqari bog‘lanib qolayotgani ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan chiqaradigan jiddiy faktorga aylanmokda.
O‘qituvchi kitobda investitsiyalar to‘g‘risida alohida so‘z yuritilganligi o‘quvchilar fikrini qaratadi. Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foiz-ni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor. O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning qariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablag‘lari tashkil etadi.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy fondga ega bo‘lgan jami 423 ta obyekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va to‘qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta obyekt ishga tushirildi.
Davlat siyosatida ijtimoiy soha obyektlarini qurish va foydalanishga topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o‘rinli 23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turarjoy binolari va boshqa obyektlar qurildi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish