Mavzu: Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma'naviy tizimi Reja


Partiyaviylik (faqat kommunistik partiya bo‘lishi)



Download 31,2 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2022
Hajmi31,2 Kb.
#507238
1   2
Bog'liq
Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma\'naviy tizimi


Partiyaviylik (faqat kommunistik partiya bo‘lishi).
Ijtimoiy mulk hukmronlik (xususiy emaC).
Farovon jamiyat ma’naviy hayot uyg‘unligida emas, balki iqtisodiy farovonlikni apparat yo‘li bilan quriladi bu o‘zini oqlamadi. Prezident I.A.Karimov Farovon jamiyat asosi ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligida deb ma’naviyatni oldinga qo‘ydi.
T.Parsons nazariyasi.
T.Parsons (amerikalik: 1902-1979) sotsiologiyasida “Harakat nazariyasi” va “Tizimli – funksional nazariyasi”ni yaratadi hamda shu maktabga asos soldi. Bu g‘oyani Shilz, Olport, Sheldon va boshqalar bilan birga yozgan “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir” nomli kitobida bu nazariyani quyidagi o‘ziga xos jihatlar bilan asoslanadi.
T.Parsons “Harakat nazariyasining o‘ziga xos jihatlari”.
1. Harakat nazariyasiga ko‘ra jamiyatni tartibga solishning til, qadriyatlar kabi ramziy mexanizmlarining mavjudligi.
2. Individual harakatning umumiy qabul qilingan qadriyatlar va me’yor-normalarga bog‘liqligi.
3. Uning irratsional (aqlga zid)ligi va muhim sharoitlarida mustaqilligi hamda shu vaqtning o‘zida vaziyatni sub’ektiv aniqlashga bog‘liqligida.
T.Parsons kitobda “faol harakat qiluvchi” (individ yoki jamoa), “Vaziyat” (dan kelib chiqib ijobiy va salbiy ob’ektlarni farqlaydi) va “faolning vaziyat (ob’ekt)ga yo‘nalganligi” (vaqt bilan o‘lchanadi) tushunchalari asosiy hisoblanadi.
Shuningdek, T.Parsons “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir asarida ta’kidlanganidek, ijtimoiy sub’ektlar bir-biri bilan “o‘zaro kutish tizimi orqali bog‘langan”:
Harakatning umumiy nazariyasi:
Shaxs to‘laqonli psixologik tuzilma.
Ijtimoiy faollikda harakat nazariyasi mavjud.
Harakat tizimining formallashtirilgan modeli madaniy, ijtimoiy, shaxsli va organistik tizimchalarni o‘z ichiga oladi.
Faollik individual ehtiyojlargagina emas, balki madaniyatning umumiy nazariyasi, qonunlariga ham tayanadi.
Harakat qadriy konfiguratsiyalar namunalarining o‘zgaruvchanligidir.
Parsonsning harakat nazariyasi biologiyadan o‘zlashtirilgan tizimli tasavvurlar bilan boyitilgan bo‘lib, ijtimoiy harakatchanlik quyidagi funksional muammolar to‘plami bilan shakllantirilgan:
Tizimning tashqi ob’ektlariga moslashish muammosi.
Maqsadga erishish muammosi.
Integratsiya muammosi.
Tuzilmani qaytadan tiklash muammosi.
Keskinlikni yumshatish muammosi.
Parsons fikricha, organizm moslashuv vazifasini bajaruvchi tizim hisoblanadi. Bu moslashuv tizim muhiti bilan o‘zaro harakat qilishda jismoniy va energetik zaxira (resurC) kuch-quvvat beradi.
T.Parsons fikricha, Ijtimoiy tizim darajasiga ko‘ra:
1. Moslashuv funksiyasini – iqtisodiy tizimcha ta’minlaydi.
2. Maqsadga erishish funksiyasini – siyosiy tizimcha ta’minlaydi.
3. Integratsiya funksiyasini – huquqiy institut va urf-odatlar ta’minlaydi.
4. Tuzilmani qayta tiklash funksiyasini – e’tiqodlar tizimi, ahloq va ijtimoiylashuv agentlari (oila, tarbiya, ta’lim institutlari) ta’minlash.
T.Parsons fikricha, murakkab tizimlarda o‘zaro ayirboshlash bevosita emas, balki bilvosita formallashtirilgan ramziy vositalar (til, qoniqish, madaniyat, pul, hokimiyat, ta’sir o‘tkazish, qadriy tarafdorlik (urf-odatlar) yordamida amalga oshiriladi.
T.Parsons XX asr 60-yillarida jamiyat evolyusiyasi muammolarini tahlil etdi va jamiyat evolyusion doktrinasi asosida differensiatsiya g‘oyasini yaratdi.
T.Parsonsning jamiyat evolyusiyasi nazariyasidagi paradigmalar:
1. Jamiyat funksional differensiya va umumlashgan moslashuvchanlik mezonida rivojlanadi.
2. Rivojlanish evolyusion umumlashmalar asosida kengayib boradi.
3. “Oraliq davr”ga o‘tish yozuvning vujudga kelishi bilan belgilanadi.
4. Iqtisodiy va siyosiy tizimlar, “sanoat inqilobi”dan so‘ng, demokratik inqilob keladi.
5. Demokratik inqilob, ijtimoiy jamiyatni siyosiy tizimdan ajratib oladi.
6. “Zamonaviy” tizimga o‘tish ma’muriy byurokratiyadan bozor iqtisodi va demokratik saylov tizimining shakllanishi bilan yuz beradi.
7. Ma’rifiy inqilob, ijtimoiy tizimni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sotsiologiyada jamiyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud.
Mexanik yo‘nalish (maktabi) – (XIX asrda paydo bo‘ldi, sotsial harakatni biologik harakat shaklida tushunadi, olamni mexanik talqin qiladi).
Organik yo‘nalish (maktabi): (XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan, jamiyatni organizmga tenglashtirgan va ijtimoiy hayotni biologik qonuniyatlar bilan tushuntirishga urinadi, jamiyat organizm bilan bir, deydi).
Kulturologik yo‘nalish (maktabi) – qadriyatlar madaniyatni vujudga keltiradi, deb talqin qiladi.
Davlat mexanizmi – davlat hokimiyati amalga oshiriladigan, jamiyatga davlat rahbarligini ta’minlovchi davlat tashkilotlari tizimidan iborat.
Davlat mexanizmining belgilari:
Davlat mexanizmi boshqaruv (qonun ijodkorligi, qonunlarni ijro etish, ularni buzilishdan muhofaza qilish) bilan maxsus shug‘ullanuvchi iborat. Davlat hokimiyatining mavjudligi shundaki, uning amaldorlari – yuqori siyosiy elitasi, armiyasi, ma’muriyati, sud’yalari va boshqalardan tashkil topadi.
Davlat mexanizmi idoralari va muassasalarining murakkab tizimidan iborat bo‘lib, ular bevosita hokimiyatga daxldor funksiyalarni bajaradi.
Davlat mahkamasi barcha bo‘g‘inlari faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan zarur hollarda esa, majburiy ta’sir yo‘li bilan ham ta’minlanadi.
Davlat mexanizmi o‘z fuqarolarining qonuniy manfaatlari va huquqlarining ishonchi tarzida kafolatlash va muhofaza qilishga da’vat etilgan.
Davlat funksiyalari:

  • Iqtisodiy tashkilot

  • Siyosiy boshqaruv

  • G‘oyaviylik

  • Harbiy

  • Milliy.

  • Zamonaviy jamiyat turlari:

  • Demokratik jamiyat

  • Postikdustrial jamiyat

  • Fuqarolik jamiyati va h.k.

Bugungi kunda jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni samarali echish, keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish zarurati davlat boshqaruvi sohasida mutlaqo yangi tizim yaratishni taqozo etmoqda. O‘ylaymanki, buning uchun “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish vaqti keldi.


Biz boshqaruv sohasida birinchi navbatda ijro hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, kadrlar, moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq mezon va tartiblarni joriy etishimiz zarur.
Ikkinchidan, ijro hokimiyati organlari zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish tartibini, ularning mas’uliyat doirasini aniq belgilash lozim.
Uchinchidan, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirlarni qisqartirish va bozor mexanizmlaridan keng foydalanish kerak. Ya’ni davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarini tashkil etishni cheklash, bu borada bozorga xos mexanizmlarni ishlab chiqish, davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish darkor.
To‘rtinchidan, hokimiyatning vakillik organlari va ijro hokimiyati idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlaydigan usul va uslublarni takomillashtirib, o‘ta markazlashgan boshqaruvdan bosqichma-bosqich voz kechish lozim. 
Davlat xizmatlarini bevosita quyi bo‘g‘inlarda ko‘rsatish, mahalliy hokimiyat idoralari uchun moliyaviy va boshqa imkoniyatlarni kengaytirish zarur. Bu boradamavjudtartib-taomillarnioptimallashtirishvasoddalashtirish, boshqaruvninginnovatsionshakllarinijoriyetishlozim.
Beshinchidan, davlat xizmati institutini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi ta’sirchan kurash mexanizmlarini joriy etish kerak.

An’anaviy va industrial jamiyat hamda ularning belgilari.


Formatsion jamiyatlarning turlari (marksistik ta’limotga ko‘ra):
Ibtidoiy jamiyat.
Quldorlik jamiyati.
Feodal jamiyat.
Kapitalistik jamiyat.
Sotsialistik (kommunistik).
1)Sivilizatsion jamiyatlarning turlari (G‘arbdagi Tofler ta’limotiga ko‘ra):
Agrar jamiyat.
Industrial (sanoat) jamiyat.
Postindustrial jamiyat.
a)Axborotlashgan jamiyat
b) Intellektual – ma’naviy mulk jamiyati.
4. Fuqarolik jamiyati va h.k.
Bugungi kunda sivilizatsion nuqtai nazaridan jamiyatlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.An’anaviy jamiyatda yerga bo‘lgan mulkchilik asosiy o‘rinni egallaydi. Boylik tashqi manbalar asosiga qurilib. Tabiat manbalarini egallash, o‘zlashtirish kuchayadi.
An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchanlik ijodiy qobiliyati ancha chegaralangan edi. Chunki, an’anaviy jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatlarning o‘ta tabaqalashuvi, o‘zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirish, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug‘chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini cheklab qo‘ygan bo‘lib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko‘rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘l bermas, o‘zaro munosabatlarning esa biqiq bo‘lishini taqozo etar edi.
2.Industrial (sanoat) jamiyat. (XX asr 50-60-yillarida yuzaga keldi. Bu konsepsiyaga o‘z mohiyatiga ko‘ra markscha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to‘g‘risidagi ta’limotlarga qarshi qaratilgan.
Industrial jamiyat ta’limotiga ko‘ra jamiyat turi: texnikaviy, industrial-rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat tilini sinfiy strukturadan ajratib olib qaraydi. “Industrial” jamiyat 2 bosqichda kechadi:
“Industrial” sanoat jamiyati;
“An’anaviy” jamiyatdan sanoat jamiyatiga o‘tib boradi.
Industrial jamiyatda mulkning barcha ko‘rinishlariga bo‘lgan munosabat shakllanadi. Yirik mashina ishlab chiqarishi qo‘l mehnati o‘rniga kelib yuksak mehnat unumdorligiga asoslangan ishlab chiqarishni izohlaydi. Avtomatik ishlab chiqarish vujudga keladi. Ommaviy ishlab chiqarish belgiga aylanadi. Ishlab chiqarishda yuksak malakali ishchilarning roli ortib boradi, ular mutaxassislashadilar. Natijada mashina yordamida standartlashgan operatsiyalar bajariladi. Ho‘jalik sohasida sanoat va moliyaviy kapital ustunlik qiladi. Mahsulot bozor uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Industrial jamiyatni iqtisodiy jamiyat deb atash ham mumkin. Chunki real bog‘liq iqtisodga qaratilgan bo‘ladi. Natijada erkin xalqaro iqtisodiy hamkorlik mamlakat davlatlari qatoriga qo‘shila boradi. Urbanizatsiyalashuv ta’lim tizimiga yangicha yondoshuvni, ommaviy madaniyatni vujudga keltira boradi.
3.Postindustrial jamiyat. U 3 bosqichda yuzaga keladi:
1) industrial jamiyatgacha bo‘lgan davr;
2) industrial sanoat jamiyati davri;
3) postindustrial jamiyat davri.
Postindustrial jamiyati ta’limotiga ko‘ra davlat – monopolistik kapitalizm o‘rnini bosadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida fan va maorifga e’tibor beradi. Olim, mutaxassis roliga yuksak baho ko‘rsatiladi. Sinflarga munosabati, uning ishlab chiqarishga egaligini inkor qiladi. Jamiyatni boshqarish olimlar va mutaxassislar qo‘liga o‘tishi tarafdori. Sotsial tengsizlik saqlanib qolishini e’tirof etadi.
Postindustrial jamiyatda intellektual mulk, insonning aql-zakovati, bo‘limi asosiy o‘ringa chiqadi. XX asr o‘rtalaridan qator G‘arb davlatlari jamiyatning uchinchi bosqich – postindustrial jamiyatga o‘ta boshladi. Sotsiologiyada bu jamiyat nomi har xil, jumladan “informatsion” jamiyat, inson bilimi va informatsiya zahiralariga ko‘ra jamiyatning asosiy manbai bo‘lib qoladi.
Zamonaviy mikroelektronika va kompyuter texnikasiga asoslanmoqda. Bular ommaviy axborotlarni vujudga keltiradi va qayta ishlab chiqaradi. Kommunikatsiya tizimida ho‘jalik tizimi tubdan o‘zgaradi. Tabiat manbalaridan, ishlab chiqarish, metallurgiya, qishloq ho‘jaligi qisqaradi, mashina ko‘lami kengayadi, aholi deyarli 50 % shu sohani tashkil etadi. Postindustrial jamiyat – maishiy xizmat qilish jamiyati deb yuritiladi. Ishlab chiqarish (moliyaviy, bank, sug‘urta, savdo, ilmiy maslahat, dastur) va noishlab chiqarish sohalarida xizmatlar (fan, ta’lim va boshqa) o‘sib boradi. Bunda urbanizatsiya jarayoni industrial jamiyatga nisbatan teskari ravishda yuz beradi. Qishloqqa sanoat kirib boradi va vokalizatsiyalanadi.
Teylor fikriga ko‘ra, intellektual omil birinchi o‘ringa chiqadi. Inson yuksak kapital emas. Balki o‘z mohiyatini bilim va iqtidorini, qadriyatlarini namoyon qiluvchi ijtimoiy kuchga aylanadi.
Hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida barpo etilgan fuqarolik jamiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, u holda fuqarolik jamiyati bu:
Birinchidan, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlattizimlarini o‘z ichigaqamrab olgan insoniy birlikdir;
Ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, ahloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir;
Uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarningturli davlat organlari taziqlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyat bo‘lib, unda ular o‘zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi – insonning yalpi huquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan jamiyat tuzilishi. Bunda har bir fuqaro, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi o‘z ixtiyori bilan fuqarolikdan chiqishi mumkin. Fuqarolikdan chiqmoqchi bo‘lganlar oldiga ma’lum shartlar qo‘yiladi, ya’ni ular davlat, jamoa, fuqarolar oldida hech qandan majburiyati qarzdor yoki davlat va harbiy sirlardan voqif bo‘lmasligi kerak. Agar fuqarolikdan chiqishni iltimois qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo‘lgan sud hukmi bo‘lsa, u fuqarolikdan vaqtincha chiqarilmaydi. Quyidagi hollarda O‘zbekistonfuqarosi fuqaroligini yo‘qotadi4:
1) Chet davlatda harbiy xizmatga, havfsizlik idoralari xizmatiga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati idoralariga ishga kirsa.
2) Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi 5 yil davomida uzrli sababsiz konsullik hisobida turmasa.
3) Fuqarolikni soxta hujjatlar taqdim etib olgan bo‘lsa.
Fuqarolikdan chiqarish O‘zbekiston Prezidenti vakolatiga kiradi.
Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Farovonlik (mo‘l-ko‘llik) jamiyati: - (Ko‘proq G‘arbda Skandinaviya davlatini misol keltirish mumkin).
2.Iste’mol qilish jamiyati (AQShda XX asr 40-50 yillarda yuzaga kelganligi bilan harakterlanadi).
3.Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq jamiyat – demokratik jamiyat bo‘lib tashqi muhit sharoitlarida osono‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqqa moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat – dogmatik – avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (matik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi
ADABIYOTLAR
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
2. Mirziyoyev Sh.Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – T.: «O‘zbekiston», 2017 yil.
3. Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Т.: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт – матбаа ижодий уйи, 2009й. – 156-бет.
4. Социологический энциклопедический словарь: На русском, английском, немецком, французском и чеш­ском языках / Ред.-координатор Г.В.Осипов; Ин-т соци-ально-политич. исслед. РАН: Ин-т социологии РАН. — М.: Издательская группа ИНФРА*М-НОРМА, 1998. – С.212.
5. Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализatsiя в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.54.
6. Аристотель Государство. –М. –С. -129.
7. AbuNosirForobiy. Fozilodamlarshahri.– Toshkеnt: A.Qodiriynomidaginashriyot, 1993.
8. Кравченко А.И. Социология. – M., 2006.
9. Латипова Н.М.Poлитиеская социология. Mетодическиепособие. –T.:- 2010.
10. Saitxodjayiv H.B. Sotsiologiya. Ma`ruzalar kursi. –T.: Akadеmiya, 2008.
11.Xolbеkov. A.J. Boshqaruv sotsiologiyasi (o‘quv qo‘llanma). –Toshkеnt: Akademiya, 2007.
12. Ubaydullaеva R.A., Ota-Mirzaеv O.B. va boshq. Sotsiologik tadqiqotlar amaliyoti (O‘quv-uslubiy qo‘llanma). –T.: «Ijtimoiy fikr», 2001.
13. Farfiеv B.A., Nurullaеva U.N. Sotsiologiya tarixi. (Uslubiy qo‘llanma). T.: Univеrsitеt, 2009.


1 Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Т.: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт – матбаа ижодий уйи, 2009. – 156-бет.

2Социологический энциклопедический словарь: На русском, английском, немецком, французском и чеш­ском языках / Ред.-координатор Г.В.Осипов; Ин-т соци-ально-политич. исслед. РАН: Ин-т социологии РАН. — М.: Издательская группа ИНФРА*М-НОРМА, 1998. – С.212.

3 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.54.

4Аристотель Государство. –М. –С. -129.

Download 31,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish