Mavzu: Joyni qurilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarning tarkibi. Yer ishlarini bajarishda belgilash ishlari. Reja



Download 17,45 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi17,45 Kb.
#651858
Bog'liq
2.1-ma'ruza


Mavzu: Joyni qurilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarning tarkibi.
Yer ishlarini bajarishda belgilash ishlari.


Reja



  1. Aerodromlar qurilishi boshlangunga qadar tashkiliy tayyorgarlik tadbirlari.

  2. Tayyorgarlik ishlar tarkibi.

3. Polosalarni daraxtlardan, toshlardan tozalash, quritish ishlari.
4. Aerodromlar qurilishida geodeziya ishlari.
5. Bajarilgan qurilish ishlarining sifati.

Oʻzbekiston Respublikasida aerodromlar qurilishi SHNQ 3.06.06-07 (shaharsozlik normalari va qoidalari) talablari asosida olib boriladi.


SHNQ 3.06.06-07 “Aerodromlar” amalga kiritilishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida QMQ 3.06.06-97 “Aerodromlar” oʻz kuchini yoʻqotadi.
Aerodromlar qurilishida mazkur qoidalardan tashqari qurilishni tashkil etish loyihasi, shuningdek xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ham lozim.
Undan tashqari aerodrom qurilishida atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinishi, texnologik yechimda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik koʻzda tutilishi va tabiiy muvozanatning barqaror holati saqlanishi taʼminlanishi kerak.
Aerodrom qurilishi uchun ajratilgan hudud tashqarisida chimzor-oʻsimlik qatlamiga shikast yetkazish, yerni tekislash, quritish ishlarini amalga oshirishga ruxsat etilmaydi. Muvaqqat inshootlar va yoʻllar, qurilish transporti yoʻllar, mashinalarning toʻxtash joylari, materiallarni qoʻyish uchun joylar va boshqa maqsadlar uchun vaqtinchalik ajratilgan yerlarda tabiiy muhitga yetkazilgan barcha zararlar aerodrom foydalanishga topshiriladigan vaqtga qadar bartaraf etilishi talab etiladi.
Ishlarni bajarish usullarini va mexanizatsiya vositalarini tanlashda tegishli sanitariya meʼyorlariga, atmosfera va suv havzalariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishning oxirgi yoʻl qoʻyiladigan meʼyorlariga amal qilish va tabiiy muhit hamda atrofdagi yer-mulkka koʻrsatiladigan zararli taʼsirlarning boshqa turlarini bartaraf etish yoki ularni iloji boricha kamaytirish lozim boʻladi.
Tosh materiallar (chaqiq tosh, shagʻal), odatda, temir yoʻl boʻyidagi bunker qurilmalariga yoki maydonchalarga tushirilishi, mineral materiallar saqlanadigan maydonchalarda suvni chiqazib yuborish uchun oqova ariqlari boʻlgan takomillashtirilgan qoplama qurilishi lozim.
Aerodromlar qurilishi qurilishning meʼyoriy muddatlariga amal qilgan holda va aerodromning alohida konstruktiv elementlarini qurish boʻyicha ishlarni bajarish loyihasiga muvofiq uzluksiz (potok) ish usulida bajarilishi kerak. Potoklarning tezligi, alohida bajariladigan ish turlari oʻrtasidagi tashkiliy va texnologik tanaffuslarning miqdori, eng murakkab va sermehnat qurilish jarayonlarining optimal bajarilish tezligini hisobga olgan holda, qurilishni tashkil etish variantlarini texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida belgilanishi lozim.
Mexanizatsiya vositalari va uskunalar, mazkur ishlab chiqarish va qabul qilish qoidalarining tavsiya etiladigan ilovasini hisobga olgan holda qurilish-montaj ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirishning turli variantlarini texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlanishi lozim.
Yozgi vaqtda 5-chi yoʻl-iqlim hududida ishlarni bajarish uchun, odatda, janubiy hududlar uchun moʻljallab tayyorlangan mexanizatsiya vositalari ishlatilishi kerak. Agar qurilish ishlari faoliyat koʻrsatayotgan aerodromda olib borilayotgan boʻlsa, havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlovchi maxsus tadbirlar koʻrilishi kerak.
Aerodromlar qurilishi boʻyicha asosiy qurilish-montaj ishlari boshlangunga qadar tashkiliy tayyorgarlik tadbirlari, maydoncha tashqarisidagi va maydoncha ichidagi tayyorgarlik ishlari SHNQ 3.01.01-03 “Qurilish ishlarini tashkil etish” ga muvofiq bajarilgan boʻlishi kerak.
Aerodromlar qurilishida qoʻshimcha ravishda quyidagi tayyorgarlik ishlari bajarilishi kerak:
ajratilgan karyer va zahiralarni mahkamlash uchun geodezik rejalashtirish asosini tuzish;
karyer va zahiralar hududlarini, shuningdek unumdor tuproq qatlami qoʻyiladigan joylarni tozalash;
rels boʻyida joylashgan material taʼminoti bazalari va SBZ (ABZ), shuningdek borish yoʻllari tarmogʻini (baza va karyerlardan chiqadigan tashqi va maydoncha ichidagi) yaratish;
vaqtinchalik suvni chetga chiqarib yuborish inshootlarini qurish.
Tayyorgarlik ishlari texnologik jihatdan umumiy qurilish-montaj ishlari potogi bilan bogʻlangan hamda koʻtarmalar, oʻymalarni qurish, quvurlar, kabellar va boshqa yer osti kommunikatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha asosiy ishlarni olib borish uchun zarur ish kulamini taʼminlashi kerak.
Aerodromlar qurilishida geodeziya ishlari va geodezik rejalashtirish asosini tuzish ishlari QMQ 3.01.03-97 “Qurilishda geodeziya ishlari” talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
Uchish-qoʻnish mintaqasi (UQM), yurgizib yuborish yoʻlkasi (YUY), samolyotlar turar joyi (TJ) va boshqa aerodrom inshootlarining asosiy loyiha oʻlchamlarini reja boʻyicha ishchi chizmalardan joyga koʻchirish nisbiy chiziqli masshtab koʻpi bilan 1:2000 boʻlganda amalga oshirilishi kerak.
Tuproq ishlari loyihasini joyga koʻchirish hududni qurilish uchun tayyorlash ishlari yaʼni, daraxtlarni kesish, toʻnkalarni qazib olish, havo va kabelli elektr uzatish va aloqa liniyalarini, quvur oʻtkazgich liniyalarini, kollektorlar va boshqa kommunikatsiyalarni koʻchirish va qayta qurish ishlari bajarilgandan keyingina amalga oshirilishi kerak. Rejalashtirish ishlarini boshlashdan oldin kvadratlarning nivelir toʻri nuqtalarining saqlanganligi tekshirilishi kerak.
Loyihani joyga koʻchirishda piketajlar va plyus nuqtalarni rejaga olish rejada ( 0,1) m va balandlik boʻyicha ( 10) mm aniqlikda bajarilishi kerak.
Loyihani joyga koʻchirish boʻyicha nivelirlash va burchak oʻlchash ishlarini amalga oshirish chogʻida maxsus jurnallar yuritilishi lozim. Loyiha belgilari boʻyicha nuqtalar qatorini joyga koʻchirishda tuproq ishlarini, asoslar, qoplamalar, kollektorlar va hokazalarni rejaga olish chogʻida jurnal yuritilib, unda, shuningdek, mahalliy sharoitlarning loyihada aks ettirilmagan xususiyatlari (mahalliy botqoqlar, oʻralar va h.) qayd etilishi kerak. Bu maʼlumotlar qabul qilingan loyiha yechimlariga aniqlik kiritish uchun loyiha tashkilotiga taqdim etilishi lozim.
Bajarilgan qurilish ishlarining sifati nivelirlash yordamida nazorat qilinganda nivelirlash jurnali yuritilishi, unda haqiqiy va loyihaviy belgilar oʻrtasidagi farqlar yozib borilishi kerak. Koʻrsatilgan ishlar teodolit yordamida bajarilganda burchak oʻlchovlari jurnali yuritiladi.
Loyihani joyga koʻchirish ishlari tugagandan keyin dalolatnoma tuzilib, ushbu dalolatnomaga inshootlarning oʻqlarini mahkamlash sxemalari ilova qilinadi. Bu sxemalarda oʻrnatilgan geodezik belgilar va ularni geodezik rejalashtirish asosiga bogʻlanishi boʻyicha haqiqiy maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Agar yer osti yoki yuza suvlar qurilish ishlarini bajarishda qiyinchiliklarni yuzaga keltisa, bunday hollarda hududni oldindan quritish yoki suv qochiradigan vaqtinchalik zovurlar qurish koʻzda tutiladi.
Tuproq ishlari boshlangunga qadar aerodrom qurilishi uchun ajratilgan hudud daraxtlar, butalar, toʻnkalar, yirik toshlar, qurilish chiqindilaridan tozalanishi kerak. Daraxt va butalarni kesish ishlari loyihada koʻzda tutilgan maydonlarda amalga oshirilishi lozim. Nodir daraxt navlari boshqa joylarga koʻchirib oʻtkazilishi, shuningdek aerodromdan foydalanish chogʻida toʻsqinliklar hosil qilmaydigan buta va daraxtlar saqlab qolinishi kerak.
Tuproq ishlari boshlangunga qadar karyerlar, zahiralar, oʻymalar va tabiiy asoslardagi gruntlarning tarkibi va holatining loyihada qabul qilingan koʻrsatkichlarga muvofiqligi tanlab tekshiriladi.

Nazorat savollari:



1. Aerodromlar qurilishida qanday tashkiliy tayyorgarlik tadbirlari amalga
oshiriladi?
2. Tayyorgarlik ishlar tarkibini tushuntiring.
3. Polosalarni tozalash ishlariga nimalar kiradi?
4. loyihani joyga ko‘chirish ishlari qanday amalga oshiriladi?
Download 17,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish