Farg`ona politexnika instituti Arx Va QM fakulteti 81-20 QMBKICH talabasi Abdumo`minov Ramazonning
“Qurilishda pardozlash ishlarini quruq usulda qo`llash” fanidan tayyorlagan taqdimot ishi
Reja: 1. “knauf” ASHYO VA BUYUMLARI ISHLAB CHIQARISH UCHUN GIPS XOM ASHYOSI. 2. gIPS-tabiiy mineral ashyo. 3. Tarkibi 4.”knauf” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar.
Hozirgi kunda yuzalarni tez, sifatli va quruq usulda pardozlashning bir necha usullari qo‘llanilmoqda. Bu usullardan biri turli shakldagi plastiklar bilan yog‘och (reyka) dan sinch qurib devorlarning ichki yuzasini va shiftlarni qoplashdan iborat. Odatda plastik bilan qoplash xona namligi yuqori bo‘lgan sanitariya (dush, xojatxona) xonalari, oshxonalar va boshqa shu kabi xonalar hamda bir qavatli fuqaro binolarining bo‘g‘otlarida amalga oshiriladi.
Plastiklardan jamlama tizim hosil qilingan bo‘lib, bu tizimga quyidagi elementlar kiradi:
– plastik qoplama;
– ichki burchak uchun burchak plastik element;
– chiqiq burchak uchun burchak plastik element;
– plastik qoplamalarni tutashtirgich element;
– plastik qoplamalar yon boshini yopgich element;
– plintus element.
Plastik qoplama bo‘ylama qirralari shpuntli va egatli holda, uzunligi 3 va 6 m li qilib ishlab chiqariladi. Ichki va chiqiq burchak, qoplamalarni tutashtirgich, yon boshin yopgich va plintus elementlarning uzunligi 3 m dan ishlab chiqariladi. Qoplash ishlarini boshlashdan oldin, qoplash ashyolarining qayishqoqligini oshirish maqsadida polivinilxloridli buyumlarni kamida 2 sutka +18 ºS haroratda saqlash lozim.
Ishlarni bajarish qoplanadigan yuzaning notekisliklarini aniqlashdan, sinch o‘rnini belgilashdan boshlanadi.
Sinch beton yuzaga qotiriladigan bo‘lsa, perforator yordamida teshiklar teshilib, plastmassa dyubellar o‘rnatiladi. So‘ngra burama mix yordamida sinch elemetlari qotirilib, asosiy sinch yig‘iladi. Buning uchun sinch o‘rnatish sathida reja iplari oldindan tortilgan bo‘ladi.
Sinch o‘ratilgandan so‘ng, devor perimetri bo‘ylab plintus unsur devorga qotiriladi. Shundan so‘ng plastik qoplamalarni mayda mix yordamida yog‘och sinchga qotiriladi. Xonalarning bo‘yi uzun bo‘lgan joylarda plastik qoplamalar tutashtirgich element yordamida uzaytirilib o‘rnatiladi.
Plastik qoplamalardan osma shift qurganda sinchni ikki sathli qurib qoplash mumkin. Bunda qoplamalarning burchaklari joylashishiga qarab chiqiq yoki ichki burchak elementlari qo‘llaniladi.
Fasadlarni tabiiy tosh ashyolar-marmar, granit va boshqa plitalar bilan quruq usulda qoplash Shamollatiladigan fasad yoki “surilgan devor” nam iqlimli hududlarda paydo bo‘lib, keyinchalik boshqa joylarga tarqaldi. Bunday fasadning asosiy vazifasi yuk ko‘tarib turuvchi devorga nam tegishining oldini olishdan iborat. Ularning umumiy jihati: qoplama ortida fasadni quritish va shamollatish imkonini beruvchi havo bo‘shlig‘ining borligidir
Yuzani qoplash uchun sinch unsurlarini o‘rnatish jarayoni. Shamollatiladigan osma fasad sistemasi bevosita devorlarga qotiriladigan kronshteynlar va ularga o‘rnatiladigan yuk ko‘tarib turuvchi profillardan tashkil topgan bo‘ladi. Yuk ko‘tarib turuvchi profillarga maxsus qotirish elementlari–klyammerlar yordamida plitalar o‘rnatiladi
Klyammer Kronshteyn Maxsus qotirish elementlari. Qoplama plitalarini qotirish korroziyaga chidamli po‘latdan tayyorlangan klyammerlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj texnologiyasiga qarab klyammerlar ikki qamrovli yoki to‘rt qamrovli bo‘lishi mumkin. Bu sistema “ko‘rinadigan” hisoblanib, klyammerlar plita rangiga bo‘yalishi mumkin.
Klyammerlar tez motaj qilish imkonini berib, qoplama plitalarni profillarga mustahkam qotirish imkonini beradi
Sinch unsurlari va qoplamalarni biriktirish. Kronshteynlar barcha metallkonstruksiyalarni devorga mustahkam qotirilishini ta’minlaydi. Kronshteynlar korrozyaga chidamli po‘latdan tayyorlanib, issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlamning qalinligiga qarab chiqishi 50 mm dan 300 mm gacha bo‘lishi mumkin. Kronshteynlarning devorga qotirilishi maxsus ankerlar yordamida amalga oshiriladi.
Foydalaniladigan ankerning turi yuk ko‘tarib turuvchi devorning nimadan qurilganligiga (beton, g‘isht, ko‘pikbeton) bog‘liq bo‘lib, sug‘urib oluvchi kuch ta’siriga bog‘liq holda har bir holat uchun alohida tanlanadi.
Kronshteynlar turli hil yuklarni ko‘tarib turishiga to‘g‘ri keladi, shu sababdan ularga katta talablar qo‘yiladi. Qoplama ashyoning devordan qochirib qo‘yilish masofasi 300 mm ni tashkil qilishi mumkin, bu esa devordagi notekisliklarni yopib 250 mm qalinlikkacha issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlam qo‘yish imkonini beradi. Kronshteynning devorga tayanib turuvchi tayanch qismiga qo‘yiladigan paronit yoki boshqa polimer ashyodan (rezina, ruberoid) qilingan issiqdan saqlovchi qo‘yilma yuk ko‘tarib turuvchi devor va kronshteyn asosida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan sovuqlik “ko‘prigini” uzish imkonini beradi
Qoplama ostidagi yuk ko‘tarib turuvchi konstruksiya vertikal va gorizontal profillardan tashkil topgan bo‘ladi. O‘zida bu ikki profillarni qo‘llaydigan sistema ishonchli va maqbul hisoblanadi.
Vertikal П-shaklidagi profil L-shaklidagi profillarga o‘rnatiladi. Atrof muhitning zaralilik darajasiga qarab bu profillar polimer qoplamali ruxlangan po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi mumkin. Gorizontal L-shaklidagi profillar kronshteynga o‘zi kesib kiruvchi burama mixlar yordamida qotiriladi. Bunday profillar ruxlangan polimer qoplamali po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi mumkin
P-profil L-profil Polimer dyubel