Mavzu: korxona foydasini shakllantirish va undan samarali foydalanish yo`llari


Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqali foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari



Download 429 Kb.
bet8/9
Sana17.07.2022
Hajmi429 Kb.
#816571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KORXONA FOYDASINI SHAKLLANTIRISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO`LLARI

Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqali foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
«Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz»1.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni ta’minlash muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz korxonalarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirishni taыozo etadi (4-rasm).

4-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari.
Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq soha bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy
jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga
oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va
vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-
uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va
sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi
raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori
darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.
Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (5-rasm):


Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish