Mavzu: Lanshaftlarning dam olish maqsadidagi organilish masalalari



Download 315,1 Kb.
bet1/4
Sana30.10.2022
Hajmi315,1 Kb.
#858317
  1   2   3   4
Bog'liq
landshaft planirovka

Mavzu: Lanshaftlarning dam olish maqsadidagi organilish masalalari.

Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, to‘xtovsiz ravishda tabiatga ta’sir ko‘rsatib, undan foydalanish va o‘ziga qulay qilish maqsadida o‘zgartirib kelmoqda. Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi. Bu bir tomondan Lanshaftlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir

Lanshaftlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, antropogen ta’sirga chidamliligi yoki chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo‘ladi. Shu bilan birga, inson faoliyati ham turlichadir. Masalan, inson geotizimlarga konchilik sanoati orqali bir xil ta’sir ko‘rsatsa, shahar qurilishida boshqa xil, dehqonchilik, chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligida esa yana boshqacharoq ta’sir etadi. Natijada har xil daraja va ko‘rinishda inson uchun ijobiy va salbiy o‘zgargan Lanshaftlar hosil bo‘ladi.

Ko‘pincha insonning xo‘jalik faoliyati ma’lum tabiat komponentlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Lalmi dehqonchilikda tuproq, chorvachilikda va o‘rmonchilikda o‘simlik (o‘t o‘simliklar va daraxt), konchilik sanoatida tog‘ jinsi (foydali qazilma) bilan bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, ushbu komponentlar o‘sha hududlarda ma’lum darajada o‘zgarishga uchraydi. Ba’zan bu o‘zgarishlar boshqa komponentlarning ham u yoki bu darajada o‘zgarishiga olib keladi. Ayrim xo‘jalik sohalarida inson ikki va undan ortiq tabiat komponentlari bilan munosabatda bo‘ladi. Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproq va suv, sanoat ishlab chiqarishida tuproq, suv, havo, o‘simlik bilan munosabatda bo‘ladi.

Tabiat komponentlarining, shuningdek, yonma-yon Lanshaftlarning uzviy bog‘liqligi komponentlardan biriga biror maqsadda qilingan ta’sir, ko‘pincha boshqa komponentlarga ataylab qilinmagan ta’sirning sodir bo‘lishiga olib keladi (suvomborlarini qurish – atrofdagi yerlarni suv bosishiga, yerosti suvlarining olinishi – yer yuzasining cho‘kishiga va h.k.). Aslida, xo‘jalik faoliyatining deyarli barcha turi (ishlab chiqarish, rekreatsiya, tabiatni muhofazalash, ilmiy-tekshirish) amalda doimiy yoki vaqti-vaqti bilan geotizimlarga ta’sir etadi. Mazkur ta’sirning miqyosi, tezligi va boshqa ko‘rsatkichlari asosida geotizimlar ma’lum darajada o‘zgarishga uchraydi. Lanshaftlarning o‘zgarish, o‘z navbatida, aholining sog‘lig‘i va xo‘jalik faoliyatida ijobiy yoki salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.


Download 315,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish