Mavzu: Loyihalarni boshqarish. Reja


Jadval-munosabatining kaliti



Download 55 Kb.
bet3/3
Sana17.03.2023
Hajmi55 Kb.
#919980
1   2   3
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish.

Jadval-munosabatining kaliti. Kortejlar jadval-munosabati ichida takrorlanmasligi zarur va ular tegishlicha yagona identifikator - dastlabki (birlamchi) kalitga ega bo’lishi kerak.
Dastlabki (birlamchi) kalit atributdan tashkil topgan bo’lsa oddiy, bir necha atributdan tashkil topganda esa turli tarkibli deb ataladi. Munosabatda dastlabki kalitdan tashqari ikkilamchi kalit ham bo’lishi mumkin.
Ikkilamchi kalit - mazmuni turli satr - kortejlarda takrorlanishi mumkin bo’lgan kalitdir. Ular bo’yicha ikkinchi kalitning bir xil mazmuni satrlar guruhi izlab topiladi.
Satrlar ustunlardan farqliroq o’z nomlariga ega emas, ularning jadvalda joylashish tartibi aniqlanmagan va satrlar soni mantiqan chegaralanmagan bo’ladi. Satrni tartib raqamiga ko’ra tanlab olib bo’lmaydi. Faylda har bir satr o’z raqamiga ega bo’lsa ham, bu narsa satrni tavsiflamaydi. Bu raqam satr jadvaldan olib tashlanganda o’zgaradi. Mantiqan satrlar o’rtasida “birinchi” va “oxirgi” degan tushuncha yo’q.
Relyatsion tizimlarning qo’llanilishi murakkab siljishlar zaruriyatini bartaraf qildi. CHunki ma’lumotlar endi bir fayl ko’rinishida emas, balki mustaqil to’plamlar asosida tuzilib, ma’lumotlarni tanlab olish uchun amaliy to’plamlar nazariyasi – relyatsion algebra amallari qo’llaniladi.
Ma’lumotlar bazalarning ob’ektga – mo’ljallangan modeli dasturlashning ob’ektga mo’ljallangan tillari paydo bo’lishi bilan yuzaga chiqa boshladi. Bunday bazalarning paydo bo’lishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Ushbu turdagi bazalar sinflar usullarini o’zida saqlaydi. Ko’pincha, doimiy sinflar ob’ektlarini o’zlarida saqlab ma’lumotlar orasida to’siqsiz uyg’unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov berishni amalga oshiradilar.
Relyatsion modellarning hozirgi zamon MBBTlarida ustunlikka erishilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:

  1. rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani);

  2. ma’lumotlarni boshqa modellarini relyatsion modellarga keltirish apparatining mavjudligi;

  3. axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini mavjudligi;

  4. tashqi xotirada MB aniq ma’lumotlarni fizik joylashishi haqida bilimga ega bo’lmay ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan MBga nisbatan standartlashgan yuqori darajadagi so’rovlar tilining mavjudligi.

Ma’lumotlar bazalarni ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish mumkin. Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal qilish uchun baza yaratiladi hamda masalaning ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi usulda, muammo sohasining namunaviy (tipik) ob’ektlari birdaniga o’rnatiladi. Bu erda eng optimal usul-ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog’liqki, dastlabki bosqichda barcha masalalar to’g’risida etarlicha ma’lumotlarning yo’qligidadir.
Ma’lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga bo’linadi: muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini (MAMM) ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlash.
Axborot-mantiqiy model muammo sohasini axborot ob’ektlarining majmui va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko’rinishida aks ettiruvchi ma’lumotlar modelidir. Muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish shu sohani tekshirish natijasida olingan tavsifigaasoslanadi (5.6-rasm).
Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual (mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi.
Ma’lumotlar bankiing mantiqiy tuzilishi—obektga tegishli bo’lgan axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo’lgan Ma’lumotlar bankiing mantiqiy bog’lanish modeli ikkinchi bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot ifodalanadi: ob’ekt to’g’risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o’zaro munosabatlari. Har bir ob’ekt modeli yozuv turlari orqali ko’rsatiladi. Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa -- yozuv va maydon turlari o’rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining, MBBT ning mohiyatiga bog’liq bo’lmaydi, yahni axborotning ma’nosiga bog’liq bo’lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini ta’minlaydi.

5.6-rasm. MB loyihalash bosqichlari



Mantiqiy modelni chizmali va jadvalli usullar yordamida ifodalash mumkin. CHizmali usulda ma’lumotlar o’rtasidagi bog’lanish graflar yordamida tasvirlanadi. Bunda grafning uchlari yozuvlarni ifodalaydi, qirralari esa yozuvlar o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatadi. Jadvalli usulda ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlar bir yoki bir nechta ustundan iborat bo’lgan jadvallar orqali ifodalanadi.
Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning poьonali (ierarxik), tarmoqli va relyatsion turlaridan foydalanilmoqda.
Pogonali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma’lumot yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va xar bir yozuv oldingi poьona uchlariga bog’langan bo’ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta yo’nalish bo’yicha qidiriladi va uning joylashgan o’rni to’liq ko’rsatiladi. Poьonali (ierarxik) modelga asoslangan MB 1-chi va 2-chi avlod EHM lari yordamida ishlab chiqilgan. IBM firmasi 1968 yilda IMS (Information Menagement System) deb nomlangan ma’lumotlar bankini tashkil qilgan.
Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin bunda tegishli axborotlar bir nechta yo’nalish bo’yicha olinishi mumkin. Tarmoqli model ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu modelning asoschisi CH. Baxman. Tarmoqli modelga asoslangan MB – Integrated Database Menegement System (IDMS) Cullinet Software Inc. Kompaniyasi tomonidan 70 yillari ishlab chiqilgan. Ierarxik va poьonali Ma’lumotlar bankiing afzalligi — ularning tezkorligi.
SHaxsiy EHM larning paydo bo’lishi relyatsion modellarning keng tarqalishiga sababchi bo’ldi. Relyatsion model jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo’lgan bir qancha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ustun va qator o’rtasidagi bog’lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o’z nomiga ega bo’ladi.
Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil qilinadi:

  • ustun va qator kesishgan erda joylashgan ma’lumotlar element hisoblanadi;

  • munosabatlarda ikkita bir hil qator bo’lmaydi;

  • ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas.

Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi mumkin. Relyatsion modelning asoschisi—Amerika olimi E.F. Kodd. Bu modelning ikkinchi nomi – Kodd modeli.
Ma’lumotlar bankii tashuvchilarda xosil qilish bosqichi fizik tuzilishni tashkil etadi. Fizik tuzilishi tashqi xotiralarda ma’lumotlarni joylashtirish usullari va vositalaridan iborat bo’lib uning natijasida ichki model xosil qilinadi. Ichki model ma’lumotning mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va yozuvlarning joylashishini, aloqasini va tanlab olinishini ko’rsatadi. Ichki model MBBT orqali hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo’yiladi :

  • ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash;

  • tashqi xotiradan maksimal foydalanish;

  • Ma’lumotlar bankii yuritish xarajatlarini kamaytirish;

  • ma’lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini oshirish va boshqalar.

5.7-rasm. Ma’lumotlarga kirish arxitekturasi


Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:
Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress.
SHaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBT lar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access.
Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma’lumotga kirish arxitekturasini ko’rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (5.7-rasm).
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob’ektlari kiradi: jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma’lumotlar ombori. Bu blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Access da mdb-fayllar). MB protsessori. MS Access MBBT 2000-da ma’lumotlar disketlari MS Jet (Joınt Engine Technolıgy) ma’lumotlar bazasi yadrosining yangi 32 razryadli 3.5. versiyasi qo’llanilgan. Bu versiya yuqoriroq unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega.
Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish