Mavzu: mahalla-fuqorolik jamiyati inistituti sifatida


FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT:MOHIYATI VA



Download 27,31 Kb.
bet2/4
Sana10.06.2022
Hajmi27,31 Kb.
#649774
1   2   3   4
Bog'liq
MAHALLA-FUQOROLIK JAMIYATI INISTITUTI SIFATIDA

2.FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT:MOHIYATI VA
MAZMUNI
Davlat, siyosiy hokimiyat jamiyat va uning a’zolari ustidan hukmron bo‘lgan mamlakatda emas, balki davlatga nisbatan shubhasiz ustunlikka ega bo‘lgan tom ma’nodagi demokratik jamiyatda shaxs real erkin bo‘ladi. Bunday jamiyatga o‘tish tarixan uzoq jarayon bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan bog‘liq. Xo‘sh, fuqarolik jamiyatining o‘zi nima? Demokratizm, inson shaxsiga hurmat, uning huquq va erkinliklari kafolatlangan tuzumda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy munosabatlarga rivojlanish imkonini beradigan ichki mexanizmlar qanday? Bu savolga javob berish uchun, avvalambor, «fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikkina emas, jiddiy farqlar ham mavjudligiga e’tibor berish kerak. Jamiyat odamlar o‘rta-sidagi munosabatlar majmui sifatida o‘z rivojlanishining ma’lum yetuk bosqichida va ma’lum sharoitlardagina fuqarolik jamiyatiga aylanadi.
«Jamiyat» iborasi falsafiy-ijtimoiy ma’noda olib qaralganda, makon va zamonda mavjud bo‘lgan, turmush tarzi hamda manfaatlari mushtarak bo‘lgan insonlarning o‘zaro aloqador birligidir.«Jamiyat odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi... Mashhur alloma Abu Ali ibn Sino o‘z davrida ilg‘or qarashlarni ilgari surib, jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatdi»Jamiyat insonlarning umumiy manfaatlari hamda ehtiyojlari birligi asosida, ularni qondirish maqsadidagi birikuvi va kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, aloqadorlik, hamkorlik ifodasidir. «Jamiyat» bilan «fuqarolik jamiyati» kabi ijtimoiy kategoriyalar o‘rtasidagi muhim farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
mazkur har ikki murakkab sistema, avvalo, o‘z mohiyati va tuzilmaviy tarkibi bilan ajralib turadi. An’anaviy ma’nodagi jamiyat o‘z tarkibiga barcha ustqurma hodisalari bilan birga davlatni ham qamrab oladi. Fuqarolik jamiyatining tarkibiga, uning institutsiyaviy elementlari qatoriga davlat kirmaydi. Siyosiy davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘zaro qarama-qarshi, lekin birga faoliyat yurituvchi,amal qiluvchi dialektik juftlikdir;
an’anaviy jamiyat muayyan mamlakatda, ya’ni bir makon va zamonda hayot kechiruvchi barcha aholini qamrab oladi. Fuqarolik jamiyati esa insonlarning xususiy hayot sohasidagi mulkiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy, axloqiy va boshqa manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi institutlarni (uyushmalar, ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari) va mexanizm-larni qamrab oladi;
fuqarolik jamiyati insonlar birligi taraqqiyotining alohida ma’rifiy darajasini, benazir sifat holatini ifodalashi bilan an’anaviy jamiyatdan farq qiladi. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyati insonlar jamoasini, uning manfaatlarini siyosiy hokimiyat oldida, davlat apparati qarshisida muhofaza etuvchi o‘ziga xos fenomen, tegishli mexanizm (majmua) sifatida maydonga chiqadi;

Download 27,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish