Mavzu: Mahalla ma’naviyat o’chog’i Reja: Mahalliy o'zini o'zi hoshqarishning tashkil etilishi. Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida



Download 16,92 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi16,92 Kb.
#205809
  1   2   3
Bog'liq
Маънавият соати


Mavzu: Mahalla ma’naviyat o’chog’i

Reja:

1. Mahalliy o'zini o'zi hoshqarishning tashkil etilishi.

2. Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida.

3. O'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari va faoliyati.
Mahalliy o'zini o'zi hoshqarishning tashkil etilishi

O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li jamiyatni demokratlashtirish, adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir.

Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tay-yor qolip va andazalar yo'q. Islom Karimov dunyoda bir-biriga o'xshagan ikkita inson bo'lmaganidek, bir-biriga aynan o'xshagan ikki davlat ham yo'q deganida haqlidir. To'g'ri, demo­kratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat hokimiyat organlarining saylab qo'yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O’zbekiston demokratik jamiyat qu-rishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining hosilini, milliy davlatchiligimiz negizlarini, buyilk madaniyatimiz tomirlarini, ma'naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo'lidan bormoqda.

Demokratik jarayonning individualizm falsafasiga tayanuvchi, inqilobiy o'zgarishlarga moyil g'arb namunasi O’zbekistonga unchalik to'g'ri kelavermaydi. Sharq falsafasi va islom dini ta'limotlarini aks ettiruvchi hamjihatlik g'oyasi va jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar O’zbekiston uchun asos qilib olindi. O’zbekistonda shoshma-shosharlikka yo'l qo'yilmasdan, odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o'zgarishlar darajasi va sur'atlari bir-biriga qanchalik mutanosib ekanligi hisobga olinmoqda.

O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g'oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o'z qobiliyati va ehti-yojlarini to'la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e'tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo'lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o'rni uning o'ziga, salohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog'liq bo'ladi.

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish masalalari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, O'zbek jamiyatida jamoa bo'lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla" so'zi arabcha „Mahallun" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaliarlar ichidagi kichik hududiy birlik bo'lib, o'tmishdan meros bo'lib kelmoqda. Ma'lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo'ni-qo'shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib-qoida, ma'naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar, an’analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog'liqdir. Agar Yevropa mamla-katlaridagi shaliarlarda odamlar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab „aslzodalar kvartali", „kambag'allar kvartali" va hokazolarga bo'linib yashasa, bizning Vatanimizdagi mahallalarda aholining turli ijtimoiy tabaqalari yonma-yon yashab kelmoqda.

Mahalla hayotining jamoa bo'lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yilritadigan o'zini o'zi boshqarish tizimini kel-tirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi to-monidan saylab qo'yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan.

El ishonchiga sazovor bo'lgan oqsoqol katta-yil kichikning boshini qovushtirib, mahalladoshlarning og'irini yengillashtirish ishlari bilan shug'ullanardi. Mahalla oqsoqoli, uning maslahatchilari mahalladoshlarining to'ylari, ma'rakalari, rasm-rusumlarining boshida turar, ularni kerakli ro'zg'or ashyolari-idish-tovoq, samovar-choynak, stol-stul, ko'rpacha-yil dasturxon bilan ta'minlardi. Shuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf qilish, bir-biri bilan kelisholmay qolgan kelin va qaynonaning orasiga tushish, qo'ni-qo'shni o'rtasidagi kelishmovchiliklarga hakamlik qilish, beboshroq yoshlarni tartibga chaqirish singari vazifalarni ham bajarardi.

Ular aholiga yashash joyi, oila tarkibi to'g'risida ma'lu-motnomalar ham berardi. Mahalla oqsoqoliga davlat tomonidan maosh ham berilmasdi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, yirik shaliarlarda qad ko'targan ko'p qavatli binolar, gavjum bo'lgan turar joy mavzelari, kvartallari mahalla maqomiga ega emasdi, ularda mahalla qo'mitalari ham tuzilmasdi. Nihoyat mustaqillik sharofati bilan 1992- yil boshlaridan boshlab bunday mavze (kvartal)larga ham mahalla maqomi berilib, ularning har biriga joylashgan hududining tarixiy atalishiga mos keladigan nomlar qo'yildi. Yangi mahallalarda mqarolar yig'ini o'tkazilib, mahalla oqsoqoli va mas'ul kotiblar saylandi.

Sobiq Ittifoq davrida O’zbekiston qishloq va posyolka (shaliarcha)larida vakillik boshqaruv organlari tuzilgan bo'lib, ular qishloq sovetlari yoki posyolka sovetlari deb atalardi va faoliyat yilritardi. Mazkur sovetlar mustaqil hokimiyat organi bo'lmay, xalq deputatlari tuman yoki shaliar kengashlari, ularning ijroiya qo'mitalariga bo'ysunar edi.

O’zbekiston davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, mahallaga munosabat tubdan o'zgardi, mahalliy o'zini o'zi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi. Bu borada fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimini davlat hokimiyati tizimidan ajratish tomon yo'l tutildi.



Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir.I. A. Karimov. O’zbekistonning siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. 11- bet.

O’zbekiston Konstitutsiyasining 105- moddasida „Shaliarcha, qishloq va oyilllarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaliarlardagi mahallalarda fuqaro­larning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi", deb belgilab qo'yildi.

1993-yil 2-sentabrda „Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida" O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaliarcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari - qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo'ldi, ularning o'rniga o'zini o'zi boshqarish or­ganlari - mahalla qo'mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko'rsatmaydi, ularning bog'liq tomonlari mavjud. Ular o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari ,, Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida" gi qonunda belgilab qo'yilgan. Har ikkalasi ham mahal­liy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shaliar kengashlari fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishni rivojlantirishga ko'maklashadi, o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini yo'naltirib turadi.

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish ,organlarini shakllantirishga davlat homiyiik qilmoqda. Bu borada O’zbekiston Prezidentining Respublika „Mahalla" xayriya jamg'armasini tuzish to'g'risida 1992-yil 12-sentabrdagi hamda „Mahalla" xayriya jamg'armasiga mablag' ajratish to'g'risida 1992- yil 8- oktabrdagi farmonlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ldi. Davlat homiyligida Respublika „Mahalla" jamg'armasi, viloyat, shaliar, tuman „Mahalla" jamg'armalari tashkil etildi. Mahallalar faoliyatini yorituvchi „Mahalla" gazetasi (1994- yil) ta'sis etildi. Davlatning „Mahalla" jamg'armalari orqali ko'rsatayotgan homiyligi mahalla qo'mitalarining o'z hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalarga, nogironlarga, yolg'iz keksalarga moddiy yordam berish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlariga katta ko'mak bo'lmoqda.

Hukumat mahallalarga dastlab davlat byildjeti hisobidan 25 million so'm mablag' ajratdi. Viloyat, tuman, shaliar hokimliklari tomonidan mahallalar rolini oshirish, ular faoliyatini takomillashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyatini yo'lga qo'yish uchun tegishli binolar ajratildi, ularni jihozlashga ko'maklashdi. Mahalla oqsoqoli va kotiblariga oylik ish haqi belgilandi. Bu maqsadlar uchun hokimiyatlar mahalliy byildjetdan zarur mablag'lar ajratdilar.

1994- yiigi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, butun respublika hududida 12 mingdan ortiq mahalla shakllantirildi. 1994- yilda barcha mahallalarda fuqarolar yig'ini bo'lib, mahalla oqsoqollari va mas'ul kotiblar saylandilar.


Download 16,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish