Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib


chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana01.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#291805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bolalar lug'atiga yangi so'zlar kiritish

chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza

) ona tilidagi 

tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.

 

      Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida 

qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi 

so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalarning bir-biriga qilgan 

iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug‘atiga kiritiladi. 

Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish 

bilan bog‘liq bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar, 

topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha 

qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ularning 



30 

 

passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga 



nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish 

jarayonida bolalarning nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha 

o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va hodisalar haqida 

tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, 

nimcha, sumalak, navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida 

yana quyidagilarga e’tibor 

berish zarur: 

- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro 

bog‘liq bo‘lgan bir guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga 

o‘rgatish; 

- yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan 

izchillikda amalga oshirish; 

- bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z 

fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli 

vaziyatda qo‘llash ehtiyojini uyg‘otish. 

Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas 

bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning 

tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda 

bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati 

deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, 

so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga 

qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga 




31 

 

solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash 



ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri 

talaffuz  etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, 

to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli 

balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, 

intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi 

va tempi, xushohanglik)  shakllantirishni o‘zida 

mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi 

rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va 

rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish 

bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi 

kerak: 

1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy 

komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu 

tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik 

eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.

  

2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish. 



3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa 

nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. 

Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi. 

4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini 

boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash. 

5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni 




32 

 

shakllantirish. 



6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan 

talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash. 

7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) 

asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish. 

8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni 

so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham, 

sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari 

uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish. 

9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni 

mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr 

yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq 

ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy 

buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, 

duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu 

tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini 

olish, bolani mutaxassis – logopedga yuborishlari uchun 

zarurdir. “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da 

yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning 

yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan 

 

 



 


33 

 

                                     XULOSA 



1.

 

Nafaqat  o‘zbek  tilshunosligi,  balki  jahon  tilshunosligida  lug‘atlar 



dastlab  maktablar  uchun  yaratilgan  o‘quv  qo‘llanmalari  hisoblangan, 

ya’ni ilk lug‘at namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‘quv 

qo‘llanmalari  bo‘lgan.  Keyinchalik  lug‘atchilik  rivoji  bilan  ularning 

qamrovi kengaygan. 

2.

 

Bugungi  zamonning  murakkab  manzarasi  ta’lim  oldida  ham  qator 



muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-barang 

va  takomillashganki,  ta’lim  jarayonida  o‘qituvchi  eng  qulay,  eng 

zamonaviy,  eng  qiziqarli,  eng  oson  usul  bilan  ma’lumotni  yetkazmasa, 

ko‘zlangan natijaga erishishi qiyin.  

3.

 

Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish 



oson kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv 

lug‘atchiligi tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi.  

4.

 

Ta’limiy  maktab  lug‘atlari  o‘quvchining  yoshi,  qiziqishi, 



dunyoqarashiga  mos  tuzilib,  e’tiborini  o‘ziga  jalb  qila  oladi,  u  kerakli 

ma’lumotni tez va qulay topish vositasi hisoblanadi. 

5.

 

Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat 



yordamchisi,  so‘z  zahirasini  boyitadigan  manba,  to‘g‘ri  yozish,  to‘g‘ri 

talaffuz,  so‘z  tanlash mahoratini  oshiradigan  bebaho  xazinadir.    Lug‘at 

beradigan yordamni o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa kishisidan 

ham olishi mumkin, biroq ularning hech qaysisi bolaning lug‘atchalik boy 

doimiy hamrohi bo‘la olmaydi.  

Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish, 

imlo, badiiy asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga 

o‘xshash tilimizda mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman, 




34 

 

nafaqat yozma, balki og‘zaki savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan 



hisoblanadi. O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni 

ajratish (palata, palla, oqibat, rasta, banda, sandal,  pilla va h.), ular 

orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lgan shakldosh-ko‘p ma’noli 

so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand, oqlamoq, bitmoq),  

talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-nufus, yod- 

6.

 



yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash, 

juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-

Damaz)  va  boshqa  shu  kabi  topshiriqlarni  bajarish  samaradorligi 

o‘quvchining  o‘z  ona  tilisi lug‘at boyligini qay  darajada  o‘zlashtirgani, 

o‘z  ustida  mustaqil  ishlashi  bilan  belgilanadi.  Bunda  esa  unga  axborot 

banklari – lug‘atlar yordamga keladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



35 

 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish