Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana01.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#291805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bolalar lug'atiga yangi so'zlar kiritish

vov-vov-kuchuk, 

miyov-miyovmushuk,

 

chiq-chiq- soat 

va hokazolar. Endi bola 

«Bu nima?, 

Nomi nima?» degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning 

o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so‘z) 

o‘rtasida yangi bog‘lanishlar paydo bo‘lganligidan dalolatdir. 

Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so‘zlarni 

ko‘proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi 

so‘zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning 

so‘z boyligi 250-300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi 

bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi 



orqada,

 

yuqorida, pastda, yonda 

kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la 

boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-

atrofidagi kishilarning nutqini tobora mukammalroq 

tushunadigan bo‘ladi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik 

she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi 

so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? 

Nima uchun? Nega 

shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan 




 

yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga 



to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti 

yashar bolaning so‘z miqdori 3-3, 5 mingtagacha yetadi. Demak, 

bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi. 

Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi 

so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha 

takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z 

boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-l, sh-s, j-z kabi) 

yaxshifarqlay olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa bunday 

tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, 

so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza 

oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida ham 

so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z 

to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayotgan 

oila sharoitiga, oila a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi 

muhit ta’siriga bog‘liqdir. 

Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus 

shug‘ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni 

ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli 

ishharakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz 

savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga 

aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan 

tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan 




 

suhbatlashadilar, kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar 



o‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda 

tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z miqdoriga 

ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keyingi 

faoliyatga) tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga, 

nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega 

bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining o‘sishiga e’tibor 

berilmaydi. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar 

so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa ushbu katta yoshdagi 

bolalarga xalq-so‘zlashuv frazeologiyasidan ularning imkoni 

yetadigan, mazmunan oddiy bo‘lgan ayrim so‘zlarni, shu 

jumladan o‘zbek folklorining barqaror oborotlari, maqollar va 

matallarni qabul qilish, tushunish, eslab qolish va kezi kelganda 

foydalanishni o‘rgatish zarur. Biroq ushbu ishni amalga 

oshirishda unutmaslik lozimki, bolalar so‘zning raqobatchi 

mazmuniga, uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan butun so‘z 

birikmasining umumiy mazmunini o‘zlashtirishlari qiyin 

kechadi (masalan, og‘zi qulog‘ida, yettinchi osmonda va 

boshq.). SHuning uchun tarbiyachi o‘z nutqiga ma‘nosi 

bolalarga muayyan vaziyatlarda tushunarli bo‘ladigan, yoki 

tegishli tushuntirish natijasida tushuniladigan ifodalarni kiritishi 

lozim. Bunday ifodalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

«o‘zim, shunchaki», «eng shimarib», «azamat paxlavon» va x.k.  

Har bir so‘zda quyidagilarni ajratish mumkin: uning mazmuni 

yoki unga yashiringan ma‘nosi; so‘zning tovush tarkibi, uning 

morfologik tuzilmasi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini amalga 

oshirishda so‘zning ushbu uchta xususiyatini hisobga olish 

zarur. Amaliyotda ko‘pincha bolalarning so‘z ma‘nosini 

bilmasliklari yoki uning ma‘nosini buzib talqin qilishlarini 



 

uchratish mumkin (masalan, langar – bir qo‘ng‘izcha. Bu suvga 



tashlanadigan narsa). SHuningdek, mazmuniga ko‘ra bolalarga 

yaxshi tanish bo‘lgan so‘zning tovush tarkibini buzish xollariga 

duch kelish mumkin (tramvay, kutubxona, kotlet, kompot va 

x.k.). Bu buzilishlarni sabr-toqat bilan tuzatish, shuningdek 

yangi so‘zlarning bolalar talaffuzida to‘g‘ri jaranglashini nazorat 

qilish lozim. Morfologik tizimga oid murakkab holatlarni 

bilgani holda tarbiyachi bolalarning diqqat-e‘tiborini ataylab 

ayrim so‘zlarning grammatik jihatiga, ularning so‘z bilan 

birikishiga qaratishi mumkin. Masalan: Paltoning yoqasi 

qunduzli ekan. Paltoning ilgichi ham bor ekan va x.k.  

Alohida holatlarda tarbiyachi maxsus usullar bilan ba‘zan 

atrofdagilar nutqida buzib talaffuz qilinadigan so‘zlarda to‘g‘ri 

urg‘u qo‘yilishini mustahkamlashi lozim (masalan, sur‘at – 

surat).  

Bolalarga ayrim otlarni tanishtirishda tarbiyachi ularning turini 

ta‘kidlashi, otni sifatlar bilan birgalikda qo‘llashi, bunda 

sifatning yakuniga e‘tiborni qaratishi zarur: palto-kichik, 

ko‘ylak-chiroyli, qizil, oq, sichqon – kulrang va x.k.  

Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan 

so‘zlar (otlar, sifatlar, ravishlar, fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi. 

Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib, ular nomlar sifatida 

xizmat qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib 

xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol 

vazifasida chiqadi). Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng 

avvalo mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar sohasida olib 

borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga ancha 

qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish 

asosan, ularda matematik tasavvurlarni shakllantirishga doir 

mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni faollashtirish va 

mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus 

mavzusi bo‘lmog‘i lozim.  

Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi 

lozimki, toki u bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot 



10 

 

qilish, maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish, adabiyotni, 



televizion va radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




11 

 

2.2. O‘yin – lug‘at ishining eng natijali vositasi 



Maktabgacha tarbiya pedagogikasida ishlab chiqilgan 

nazariya asosida bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish bolalar xulqini 

tarbiyalashda muhim o‘rinni egallaydi. Ana shu o‘yinlarning 

ko‘pchiligidan bolalar nutqini rivojlantirishda ham foydalanish 

mumkin: jumladan, o‘zaro kelishib olish; rol va majburiyatlarini 

taqsimlash; o‘zi nimani bilsa, o‘rtog‘ini ham shunga o‘rgatish va 

hokazo. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, 

ularning bir-birlari bilan samimiy ohangda, muloyim 

so‘zlashishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar 

lug‘atini va bilimini o‘yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini 

oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi kerak: o‘yinni buyumlar bilan, 

milliy kiyimlardagi 




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish