Mavzu: Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari reja


Hamisha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish



Download 44,09 Kb.
bet2/10
Sana25.02.2022
Hajmi44,09 Kb.
#464632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Marketing mustaqil ish

Hamisha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish – savdo faoliyatini iste’molchilar talablariga, bozorga yo‘naltirish. Marketingda asosiy e’tibor iste’molchilar talablarini o‘rganishga qaratiladi. Ishlab chiqarish uchun rejalashtirilayotgan tovarlar firma tomonidan ular xaridorlarga muammolarini hal qilishda qanchalik yordam bera olishini hisobga olgan holda qarab chiqiladi. T.Levitt marketingning bu prinsipini quyidagicha tariflagan:

“So‘zsiz sotib olinadigan tovarlarni ishlab chiqaring va soting, ishlab chiqarish kerak bo‘lgan narsalarni odamlarga majburlab o‘tkazishga urinmang”.

  1. Iste’molchi talablariga faol ta’sir etish, talabni shakllantirish firma tovarlariga potensial talabni real talabga aylantirish uchun zarur, binobarin, buni raqobatchilar o‘z tovarlariga nisbatan amalga oshirmaslaridan oldinroq bajarish zarur.

  2. Bozorga differensiallashgan yondashuv bilan bog‘liq talab keskin bir xil xarakter kasb etadi. Shuning uchun potensial xaridorlarni guruhlarga ajratish zarur, bu esa firmaga imkoiyatiga ko‘ra raqobatchilardan tortib olingan xaridorlar guruhini o‘ziga xos talablariga moslashish va ta’sir o‘tkazish bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi.

  3. Yangilik kiritishga yo‘nalish bozorda raqobatli pozitsiyani saqlab turish uchun zarur. Iste’molchilar so‘rovlari o‘ta tez o‘zgaradi, shuning uchun yangi texnologiyalar, texnikalar, materiallarni o‘zlashtirish, bozorga yangi tovarlar joriy etish va mavjudlarini mukammallashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish savdoni va reklama faoliyatini rag‘batlantirish, tovarlar harakati va savdo (o‘tkazish)da yangi vositalar yaratish zarur. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, mahsulotlar muhandislik fikrining ideal ixtirosi bo‘lishi mumkin, biroq u iste’molchilar muammolarini hal qilmasa, shunchaki buyum sifatida qoladi, tovar bo‘la olmaydi hamda marketolog va iste’molchi uchun ortiqcha buyum bo‘ladi.

  4. Marketing bozorning har qanday o‘z garishlariga turlanuvchi e’tibor qaratish

prinsiplariga asoslanadi. U talab miqdori, iste’molchilar xulq-atvori, yetkazib beruvchilar, vositachilar, raqobatchilar muammolarining mavjud va bashoratlangan miqdori (kattaligi)ga nisbatan bozor konyunkturasini tizimli va sinchiklab hisobga olishni bildiradi. Firma tomonidan xo‘jalik qarorlari qabul qilish markazlarini uzluksiz kelib tushayotgan marketing ma’lumotlari asosida bozorning holatini his qilib turadigan bo‘limlarga qo‘shib (aralashtirib) yuborilishi bozorning o‘zgarayotgan talablarini uning ishlab chiqarish, savdo va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tez sezib olish (zudlik bilan e’tibor qaratishi)ga imkon beradi.
Bill Geyts “Fikr tezligidagi biznes” kitobida ta’kidlaydiki, hozirgi zamon informatsion texnologiyalaridan foydalanish bozordagi vaziyatni bir necha hafta emas, bir necha soat oldin ko‘ra olib, biznesda bozorda yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun zarur bo‘ladigan tezlikka erishish imkonini beradi. Raqobatchilarga nisbatan esa “kim raqobatchilarini unutsa, o‘sha bozorni unutadi” degan fikrni hamisha unutmaslik kerak. Bugun raqobatchilarni yo‘q qilish emas, hurmat qilish kerak, chunki u mudrashga emas, o‘ylashga, ijod qilishga, intilishga undaydi.

Download 44,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish