Mavzu. Massa o'lchov birliklari. Kilogramm. Gramm. 495-504-misol va masalalar.
Tayanch tushunchalar: Massa o'lchov birliklari, kilogramm, gramm.
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Massa o'lchov birliklari, kilogramm, grammga doir misol va masalalar
yechish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: darslik, chizg'ich mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni
yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga
qarab o'quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: O'quvchilarda massa o'lchov birliklari, kilogramm, gramm haqida bilim,
ko'nikma va malakalarni shakllantirish.
B) Tarbiyaviy:
Turli miqdoriy masalalarni yechishda hisoblashning bu usuli yordamida tez, oson, qulay ko'paytirish
usullaridan foydalanishga o'rgatish va shu asosda bolada o'z kuchiga ishonishga, tabiat, jamiyatdagi turli
voqea-hodisalarga ongli munosabatda bo'lish, topqirlik, ijodkorlik kabi axloqiy xislatlarni tarbiyalashga.
Rivojlantiruvchi: Massa o'lchov birliklari, kilogramm, gramm va ularga doir misol va masalalar yechish
bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega boiadilar.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa
ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa
olish va ifodalay olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini
himoya qila olish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyasi:
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilimi tekshiriladi. Og’zaki savol va javoblar o’tkaziladi.
Doskada misollar yechiladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Massa o'lchov birliklari, kilogramm, gramm, ular orasidagi munosabat haqida tushunchalar beriladi. 495-,
496- va 498-topshiriqlar o'quvchilar bilan birgalikda og'zaki bajariladi. Har bir o'quvchi kilogramm,
gramm, ular orasidagi munosabatni bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
497- va 499-misollar mustaqil bajariladi. Shu bilan birga o'quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
500-masala quyidagicha yechiladi:
1-usul: 1) ko'k choy - 400 - 150 = 250 (g);
2) hammasi - 400 + 250 = 650 (g).
2-usul: 400 + (400 - 150) = 650 (g).
501-topshiriqdagi kesmalaming uzunligi va farqi:
AB = 8 sm 2 mm, CD = 11 sm 6 mm;
CD-AB = 11 sm 6 mm - 8 sm 2 mm = 3 sm 4 mm.
502-topshiriqdagi boshqotirmaning yechilishi:
1)
tarozida tortilgan 1 kg guruch tarozining ikki pallasiga teng bo'linadi;
2) tarozining bir pallasiga 3 kg li tosh, ikkinchi pallasiga tortilayotgan guruch bilan birgalikda 1 kg li tosh
ham qo‘yiladi;
3) tarozining bir pallasiga 3 va 5 kg li tosh, ikkinchi pallasiga tortilayotgan guruch bilan birgalikda 1 kg li
tosh ham qo‘yiladi.
V. Uyga vazifa: 503-misol va 504-masala uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko'rsatmalar
beriladi.
VI. dars yakuni.
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
Uyga qo'shimcha topshiriq: Kilogramm, gramm, ular orasidagi munosabatni puxta bilib kehsh.