Mavzu: Matematikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. Reja



Download 118,5 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi118,5 Kb.
#682369
  1   2   3
Bog'liq
15. Muslima




Mavzu: Matematikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.

Reja:
1. Innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini
insonparvarlashtirish.
2. Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda
tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari.
3. O`rta maxsus, kasb-hunar talimida matematika fanlarini o`qitishda
tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari.

1. Innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini
insonparvarlashtirish.
Davlat ta’lim standartlarida uzluksiz ta’lim tizimining xar bir mustaqil ta’lim turi boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizlik va uzviylik tamoyilligi asoson bog’lanishi ko’zda tutilgan. Shu o’rinda har bir ta’lim turi va bosqichi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, oldingisidan keyingisiga o’tishda ta’lim jarayoni samarali kechishi uchun o’qituvchi va o’quvchidan alohida tayyorgarliklarni talab etishi aniq. Bunday muammolar asosan o’rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi ta’lim mazmuni va jarayonini tashkil etishdagi uzluksizlik va uzviylik masalasini hal etishda mavjuddir.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimida va shaxsning shakllanishida muhim o’rin tutib, o’quvchilarni ijtimoiy hayot hamda mehnat faoliyatiga tayyorlaydi, shuningdek, navbatdagi ta’lim bosqichida bilim olishini davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishni ta’minlaydi.
Ma’lumki, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quvchilar tomonidan kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan bir qatorda umumta’lim fanlari asoslarini o’zlashtirishni ham nazarda tutadi. Bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun o’quvchilarda tanqidiy tafakkur, mantiqiy xotira va ijodiy tasavvurni muntazam rivojlantirib borish lozim. Bu borada matematika fani katta imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, matematika fanini izchil, bosqichma- bosqich va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’rganish o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirishga yordam beradi.
Respublikada matematika fani asoslari turli bosqichlarda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarining ta’lim mazmuniga mos ravishda o’quvchilarning psixologik va pedagogik xususiyatlariga muvofiq muayyan kurslarlar doirasida o’rgatiladi. Ta’lim turlari orasida o’zaro aloqadorlik, bog’liklik va izchillikni o’rnatish fanlar (predmetlar), boblar, mavzular, o’quv materiallari orasida uzviylikni ta’minlash asosida amalga oshiriladi. Binobarin, matematika fani asoslarini yorituvchi kurslar o’rtasida uzviylikni ta’minlash, o’quv materiallarini turli bosqich ta’lim muassasalari o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, ularning muayyan mantiqiy ketma-ketlik, fanlararo uzviylik hamda izchillik asosida joylashtirish, o’quv jarayonida uzviylik tamoyilining yetakchi o’rin tutishiga erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga keltiradi.
Shuni aytish kerakki matematika ta’limning insonparvarlashuvida, shaxs ehtiyojini qondirilishi, savodxonligini oshirish, is’tedodini to‘la namoyon qilishi, ma’naviy-madaniy fazilatlarini shakllantirish uzviyligi ta’minlanadi. Bunda quyidagi shartlarni amalgam oshirish maqsadga muvofiqdir:

  1. Matematika ta’limi jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim oluvchilarda insonparvarlikni shakllantirish omillarini takomillashtirish;

  2. Maktabda matematika ta’limining insonparvarlashuvi natijasi-o‘quvchi egallagan bilimlarning sifati va DTS talablari asosida o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, o‘quvchining intellektual faoliyatini rivojlantirish.

Ushbu sohadagi yo‘nalishlar psixologiya-pedagogika fanlari mazmun mohiyati bilan bir qatorda matematika ta’limining ilmiy, tarixiy, ma’naviy- madaniy, estetik mazmun bilan to‘ldirilishini taqozo etadi. Bunday to‘ldirish, birinchidan, matematika ta’limining zamonaviy ijtimoiy-madaniy, ilmiy va tarixiy taraqqiyot muammolari bilan bog‘lanishini;
ikkinchidan, matematika ta’limi jarayonida o‘quvchilarning matematik tafakkuri shakllanishini nazarda tutadi. Bu o‘z navbatida matematika fani o‘quv kurslari yo‘nalishi va mazmunini ma’lum darajada isloh qilishni talab etadi;
uchinchidan, o‘quvchilarning ilmiy, madaniy, ma’naviy, tarixiy, milliy qadriyatlarini egallab olishlariga doir ta’lim va tarbiyadan tashqari faoliyatini uzluksiz va uzviy holatda uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarning insonrarvarlik tayyorgarligi markazi sifatida amalga oshiruvchi aniq yo‘llar va vositalarning zamon talablari asosida ilmiy metodik jihatdan takomillashtirishni taqozo etadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy , ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiriluvchi ustivor sohadir»- deb e’tirof etilib ta’lim muassalarida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati alohida- alohida ko‘rsatilgan.


  1. Download 118,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish