Mavzu: Maxsus qorishmalar



Download 22,21 Kb.
bet4/6
Sana28.06.2022
Hajmi22,21 Kb.
#713305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maxsus qorishmalar

Pardozlash qorishmalari
Pardozlash qorishmalari tsementlar, oh’ak, gips, tsement-oh’ak, oh’ak-gips, gipstsementputstsolan va boshqa bog’lovchilar asosida tayyorlanadi. Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzarali qorishmalarga bo’linadi. İshlatilish soh’asiga ko’ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq qorishmalariga bo’linadi. G’isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi tomondan suvash uchun tsementli, tsement-oh’akli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim sharoitida yog’och yuzalarni suvashda oh’ak-gipsli qorishmalar ishlatilishi mumkin. Doimo nam va suv tasir etadigan binolarning tsokol, karniz va boshqa qismlarida tarkibiga gidrofob moddalar qo’shilgan tsementli va tsement-oh’akli qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiqdir. Xonalar h’avosining nisbiy namligi 60% gacha bo’lganda binolar ichki devorlari va qavatlararo yopmalarni suvash uchun oh’akli, gipsli, oh’ak-gipsli va tsement-oh’akli qorishmalar ishlatiladi. Suvoq qorishmalarining h’arakatchanligi standart konusning cho’kishi chuqurligi bilan aniqlanadi. Mexanizatsiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma h’arakatchanligi 6-10 sm ni, qo’l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi. Bunda qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak. Pardozlash qatlamining h’arakatchanligi 8-12 sm bo’lishi kerak. Bu qorishmalarda qumning eng yirik donasi 1,25 mm bo’ladi. Manzarali qorishmalar binolarni tashqi va ichki tomondan bezashga mo’ljallangan. Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik bloklarning sirtqi yuzalarini zavodning o’zida pardozlash, shuningdek qurilish maydonlarida bino fasadlarini pardozlash mumkin. Turarjoy va jamoat binolarining ichki devorlarini pardozlashda h’am manzarali qorishmalar ishlatiladi. Manzarali qorishmalar olishda bog’lovchi sifatida oq, rangli va oddiy portlandtsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa oh’ak va gips ishlatiladi. Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to’ldirgich sifatida toza kvarts qumlari, granit, marmar, oh’aktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog’ jinslarini maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga bezash faolligini oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, perlit, shisha maydasi kiritiladi. İchki bezakda pardoz qatlamiga dekorativ ko’rinish berish uchun rangli polimer donachalar h’am qo’shilishi mumkin. Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muxitiga chidamli va quyosh nuriga bardoshli tabiiy va suniy pigmentlar (lazur, ultramarin,oxra,temirli surik, mo’miyo va boshq.) ishlatiladi. Temirbeton panellarni pardozlash uchun kamida 150 markali, engil betonlardan tayyorlangan panellarni pardozlash h’amda binolarning fasadlarni suvash uchun 50 markali qorishmalar ishlatiladi. Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida /35 markada bo’lishi kerak. Qorishmaning massa bo’yicha suv shimuvchanligi 8% oshmasligi zarur. Yirik panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar asosida fakturali ishlanishi tavsiya etiladi. Buning uchun rangli metallar, plastik va shishaplastik relefli matritsa joylashtirilgan qoliplar ishlatiladi. Qorishma yuzasini abraziv disklar va boshqa usullarda ishlov berish qorishma qotgandan keyin h’am amalga oshirilishi mumkin.

Download 22,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish