Mavzu: Maxsus qorishmalar



Download 22,21 Kb.
bet3/6
Sana28.06.2022
Hajmi22,21 Kb.
#713305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maxsus qorishmalar

Qurilish qorishmalari - bogʻlovchi aralashmalar (sement, alebastr va boshqalar) ga suv, mayda toʻldirgichlar (shagʻal, chaqiq tosh, toshqol va boshqalar) qoʻshib tayyorlanadigan qurilish materiallari. Bir xil bogʻlovchi ishlatilgan Qurilish qorishmalari oddiy, 2—3 xil bogʻlovchi aralashma (sement, ohak va boshqalar) ishlatilgani murakkab Qurilish qorishmalari deyiladi. Toʻldirgichlarning hajmiy ogʻirligiga qarab, yengil va ogʻir turlarga boʻlinadi. Yengil Qurilish qorishmalari uchun yengil gʻovakli materiallar (turli shlaklar, keramzit, ag-loporit va boshqalar) ishlatiladi. Ogʻir Qurilish qorishmalari uchun tabiiy va togʻ minerallarini maydalab olingan toʻldirgichlar ishlatiladi. Ogʻir Qq.ning hajmiy ogʻirligi 1500—-2500 kg/sm3(quruq holda), yengiliniki 1500 kg/m3dan kam.
Qurilish qorishmalari devorbop (gʻisht va terilgan tosh, yirik panel, bloklar choklarini toʻldirishga moʻljallangan), par-dozbop (har xil suvoqlar uchun) va maxsus (gidroizolyatsiya, akustika, rent-gen nurlaridan himoya qilish uchun moʻljallangan) xillarga; siqilishga mustahkamligiga qarab, 4 dan 300 gacha 9 markaga boʻlinadi. Qurilish qorishmalarining fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash maq-sadida ularning tarkibiga 0,1—0,25% har xil qoʻshilmalar — kul, ohak, shlak, sovun, polimer smolalar va boshqa qoʻshiladi.
Qurilish qorishmalari zavodlarda yoki qurilishning oʻzida qorgichlarda tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari qurilishga tayyor holda va ishlatishdan oldin suv qoʻshiladigan quruq aralashma holida maxsus avtomashinalarda yoki quvurlar orqali nasoslar yordamida keltiriladi.

G’isht-tosh terish va montaj qorishmalari
Bino va inshootlarda g’isht-tosh terishda va zavodda tayyorlangan yig’ma temirbeton konstruktsiyalarni montaj qilishda tsementli murakkab qorishmalar turli markalarda ishlatiladi. G’isht-tosh terishga mo’ljallangan qorishmalarning h’arakatchanligi ularning ishlatilish soh’asi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo’ladi: keramik g’isht, beton, tosh va g’ovak tabiiy toshlar terish uchun 9-13sm, kovakli g’isht, keramik toshlar terish uchun 7-8sm, devorlarni beton bloklar va panellardan montaj qilishda gorizontal choklarni to’ldirish uchun 5-7sm, xarsang tosh va bloklarni terish uchun 4-6sm, ular oraliq bo’shlig’ini to’ldirish uchun 13-15 sm. Demak, zich materiallar terilsa h’arakatchanligi yuqori qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Qorishmaning h’arakatchanligini belgilashda teriladigan materiallarning namligini h’am h’isobga olish kerak
Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini taminlash zarur. Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida vaqtincha saqlanganda suvning bug’lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda saqlash, to’kma h’olatda bo’lsa o’rama materiallar bilan berkitish va sh.k. usullardir. Qorishma material ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun ularni namlash tavsiya etiladi. Qish mavsumida g’isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan h’olda ishlatilishi tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma komponentlari (suv, tsement va qum yoki qum) bug’ yoki elektrotenlar yordamida 60-80 0 S h’aroratgacha isitiladi. Yirik uysozlik panellarni montaj qilishda tsement-qum pastasi (1:1 nisbatda portlandtsement va qum) ishlatiladi. Tsement-qum pastasi 28 sutkada 400 marka mustah’kamlikka erishadi. Qorishmalar va pastaning muzlash h’aroratini pasaytirish uchun tarkibiga kaltsiy xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati kabi tuzlarning 5% suvdagi eritmasi ishlatiladi. Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalarini zavodda quruq h’olda tayyorlash, maxsus qorishma tashuvchi va qoruvchi avtomashinalardan foydalanish rusum bo’lmoqda.

Download 22,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish