Mavzu: Menejment fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. Reja



Download 2,48 Mb.
bet1/3
Sana21.05.2022
Hajmi2,48 Mb.
#605590
  1   2   3
Bog'liq
Menejment 1-mavzu


Mavzu: Menejment fanining predmeti, mazmuni va vazifalari.
Reja :
1.Menejmentning mohiyati va vazifalari
2.Menejmentning predmeti va izlanish uslublari.
3.Kursning mazmuni va vazifalari.
Menejment inglizcha («manejment») so‘z bolib, u o‘zbek tilida boshqarishni idora qilish, tashkil etish, rahbarlik qilish ma’nolarini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalarni boshqarish shakli hisoblanadi. Menejment inson hayotidagi iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni ishbilarmonlik asosida tashkil etish hamda boshqarishni bildiradi.
Inglizcha «menejment» so‘zi, boshqaruv degan ma’noni anglasada, dastlab asov otlarni jilovlash ma’nosini bildirgan. Keyinchalik bu atama ikki g’ildirakli aravaga nisbatan qo‘llanila boshlangan. Bugungi kunda esa gap odamlarni, jamoalarini boshqarish xususida boryapti. Bu o‘rinda odamlar mehnati, xohish irodasidan foydalanib mo‘ljaldagi maqsadlarga erishish tushuniladi. Lekin menejmentni faqat odamlarni boshqarish jarayoni deb tushunmaslik kerak.
Ingliz tilida «Menejment» so‘zining ma’nosi nihoyatda murakkab.
Ingliz tilining fundamental Oksford lug‘atida bu so‘zning quyidagi talqinlarini uchratish mumkin:
1. Odamlar bilan muomala qilish usuli, tarzi;
2. Hokimiyat va boshqaruv san’ati;
3. Ishbilarmonlikning o‘ziga xos turi;
4. Ma’muriy vazifa.
Iqtisodiyotni boshqarish – bu muayyan doirada tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va firmalarni boshqarish tushuniladiki, bunda mehnat jamoasi, personal (xodimlar) va ishchilarni boshqarish o‘ziga xos muhimlikni bildiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning ana shunday muhim qismi menejment sohasi bilan bog‘liq.
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan quyidagilarni o‘rganadi:
  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
  • boshqarish obyekti va subyekti;
  •  boshqarish tamoyillari va usullari;
  • boshqarish madaniyati;
  • menejer va uning fazilatlari;
  • menejer reytingi;
  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
  • boshqarish funksiyalari;
  • xodimlarni boshqarish;
  • ishlab chiqarishni boshqarish;
  • samaradorlikni boshqarish;
  • o‘z-o‘zini boshqarish;
  • hududiy boshqarish va hokazolar.

Menejment obyekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo, obyekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda obyekt - bu:
bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
kishi faoliyati, diqqat - e’tibori qaratilgan hodisa, predmet, shaxs;
xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.
Demak, obyekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Haydovchi o‘z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yo‘ldan chiqib ketgan”. Bu yerda boshqaruv obyekti bo‘lib mashina hisoblanadi.
Yoki, “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu yerda boqaruv obyekti bo‘lib kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki shahar transporti harakatini boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va hokazolar menejmentning yoki boshqarishning obyektlaridir.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning subyekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - bashqaruvchilar bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday xodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish