Mavzu: Metod (glossariy)



Download 19,63 Kb.
Sana14.05.2022
Hajmi19,63 Kb.
#603740
Bog'liq
Yakubova N. Psixologiya Glossariy


101-guruh talabasi Yakubova Nodiraning
psixologiya fanidan mustaqil ishi


Mavzu: Metod (glossariy)
1. Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli). Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test va boshqalar.
2. Kuzatish metodi. Psixologiyada keng qo‘llaniladigan bu metodning mohiyati shundaki, tadqiqotchi mutaxassis boshqa odamning xatti-harakatlarini, xulq-atvorini, psixikasining tashqi ko‘rinishlarini kuzatadi va xulosa chiqaradi. Ilmiy kuzatishlar jarayonida tadqiqotchi kuzatadigan obyektlarni nihoyatda diqqat bilan aniq o‘rganishi, pala-partishliklarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Psixik holatning tashqi alomatlariga ishongan holda ish ko‘rish har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Odamning xatti-harakatlarini to‘g‘ri talqin qilish ayniqsa muhimdir.
3. Subyektiv kuzatish, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatish metodidan keng foydalanib kelingan bo‘lishiga qaramay, bu metodni ilmiy metod deb bo‘lmaydi. O‘z-o‘zini kuzatish metodining bir qator salbiy tomonlari bor. Birinchidan, o‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanilganda har bir odam o‘z manfaati yuzasidan subyektiv xulosa chiqaradi. Ikkinchidan, subyektiv kuzatish metodidan foydalanilganda odam o‘z shaxsiga xos bo‘lgan ayrim salbiy (ya’ni irodasizlik, nomustaqillik, qo‘rqoqlik, qobiliyatsizl ik kabi) xususiyatlarni boshqa odamlarda ham xuddi shunday bo‘ladi, deb o‘ylashi mumkin. Buning natijasida odam o‘z subyektiv kuzatishlaridan noto‘g‘ri xulosa chiqaradi. Bu metoddan ayrim hollarda ehtiyotkorlik bilan tanqidiy tarzda foydalanish mumkin. Bolalar psixologiyasida subyektiv, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi.
4. Obyektiv kuzatish, ya’ni tashqi kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari (sezgilari, idroklari, xotira va tafakkurlari) hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari (qobiliyatlari, layoqatlari, temperamenti, xarakteri) o‘rganiladi. Tashqi kuzatish hamma vaqt ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lib aniq bir reja bilan kuzatishni taqozo etadi.
5. Eksperiment metodi psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bunda sinaluvchi shaxsda o‘rganish lozim bo‘lgan psixik jarayon oldindan maqsad qilib olinadi. Masalan, matnni tushunish va o‘zlashtirish uchun uni qanday tezlikda o‘qish samarali bo‘lishi aniqlangan. Eksperiment metodida bizni qiziqtiruvchi jarayon qachon paydo bo‘lishi kutib o‘tirilmaydi. Bundan tashqari eksperimentda psixik jarayonning sodir bo‘lish sharoitlarini o‘zgartirib turish va shu yo‘l bilan mazkur jarayon haqida ko‘proq kerakli ma’lumotlar to‘plash mumkin.
6. Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodining effektivligi aniqlanadi. Tarkib toptiruvchi eksperiment metodini pedagogik eksperiment metodidan farqlash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali turli yoshdagi bolalarni u yoki bu narsalarni to‘g‘ri idrok qila olishga o‘rgatilsa, peda­gogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodining afzalligi aniqlanadi.
7. So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga javob qaytarish kerak bo‘ladi. So‘roq metodining og‘zaki, yozma (anketa), erkin (suhbat), usullari mavjud.
8. Og‘zaki so‘roq yoki oddiygina qilib suhbat metodini o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Agar professional mahorati yoki tajribasi yetarli bo‘lmasa so‘rov natija bermasligi mumkin.
9. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa) yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi. So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
10. Testlar hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan tekshiruv metodlaridan biridir. Test inglizcha so‘z bo‘lib sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladi. Testlar, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli yo­ki iste’dodli emasligini, aqliy darajasini aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi.
Download 19,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish