Mavzu: Mineral xom ashyo resurslaridan majmuali foydalanish Reja



Download 321,89 Kb.
bet1/2
Sana10.04.2022
Hajmi321,89 Kb.
#541708
  1   2
Bog'liq
ekologik kimyo mustaqil ta`lim


Mavzu: Mineral xom ashyo resurslaridan majmuali foydalanish
Reja:
1. Mineral xom-ashyo resurslari va ularning ekologik-iqtisodiy xususiyatlari.
2. Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning 
asosiy yo’nalishlari 
3. Mineral xom-ashyo zahiralaridan foydalanishdagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etishni ahamiyati.
Mineral xom ashyo resurslari jonsiz tabiat resurslari bo’lib, ulardan konstruksiya materiallari, kimyoviy qo’shilmalar, o’g’itlar, har xil buyumlar, qurulish materiallari, asbob uskunalar, yoqilg’i kabi xalq xo’jaligida ishlatilayotgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga kiradi, yo’qolib ketmaydi va shu bilan birga o’zining xususiyatlarini ham o’zgartirmaydi. Geologik va xo’jalik modda aylanishida esa o’z shakllarini va joylarini o’zgartiradi. Litosfera va qisman gidrosfera mineral xom ashyo resurslarini manbai bo’lib xizmat qiladi. Mineral xom-ashyo resurslari hududlar, rayonlarga joylashish chuqurligi bo’yicha notekis joylashgan va xom-ashyo tarkibi bo’yicha xilma-xil. Shu sababdan ulardan foydalanish samarasi ham har xil. Bunda yuqori sifatli resurslar cheklangan, ayniqsa hududlar bo’yicha, chunki ular tiklanmaydigan resurslarga kiradi. Shunga bog’liq holda resurslar tugashi va xom-ashyo yetishmasligi to’g’risida tasavvur paydo bo’ladi. Haqiqatda esa bunday tasavvur shartli va faqat xomashyoni qazib olishning iqtisodiy sharoitlarini ifodalaydi. Amaliyotda mineral xom-ashyo resurslardan undagi xom-ashyoning turli tarkiblarida mavjudligi sharoitida foydalaniladi. Masalan, temir rudasi sof xom-ashyosi 80 foiz, oltin konlarida esa foizning kichik bir qismini sof oltinlar tashkil etadi. Bir xil xom-ashyoning tarkibi va sifatiga qo’yiladigan talablar ham hududlar bo’yicha ijtimoiy zarur harajatlarga bog’liq holda har xil bo’ladi.

Mineral resurslar - alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning o`zlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geol.da Mineral resurslar deb Yer qaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega bo`la oladigan boyliklarga aytiladi.
Mineral resurslar ishlatilishiga qarab turlarga ajratiladi: yoqilg`i va energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, slanetslar, torf, uran rudalari); kora metallar rudasi (temir, marganets, xrom va boshqalar); rangli va legirlovchi metallar rudasi (alyuminiy, mis, qo`rg`oshin, pyx, nikel, kobalt, volfram, molibden, qalay, surma, simob va boshqalar); noyob va nodir metallar rudasi; konchilikkimyo sanoati xom ashyosi (fosforitlar, apatitlar, kaliy va boshqa tuzlar, oltingugurt va uning birikmalari, brom va yod tarkibli eritmalar, barit, flyuorit va boshqalar); zebu ziynat buyumlari yasashga ishlatiladigan qimmatbaho toshlar; noruda sanoat xom ashyosi (slyuda, grafit, asbest, talk, kvars va boshqalar); noruda qurilish materiallari (sement va shisha sanoati xom ashyosi, marmar, granit, shifer slanetslar, tuf, bazalt, gillar); mineral suvlar (yer osti tuzli, chuchuk, minerallashgan, shu jumladan, balneologik va termal va boshqa suvlar). Baʼzi mineral resurslar turlari bir nechta sanoat sohasida qo`llanilishi mumkin. Jamiyatning ehtiyoji, texnika va tex-nologiyalarni rivojlanish darajasiga qarab Mineral resurslar tarkibi va miqdori o`zgaruvchan bo`ladi. Mineral resurslar miqdori aniqlangan va bashorat qilingan foydali kazilmalar zaxiralari bilan baholanadi.
O`zbekiston mineral resurslarga boy. Oltin va boshqa rangli va nodir metallar rudasi, neft va tabiiy gaz, kumir, marmar, granit, mineral suvlar va h.k. zaxiralarini sanoat miqyosida o`zlashtirishi mamlakat ehtiyojini ko`p yillar mobaynida taʼminlaydi. Mineral resurslarning kayta tiklanmaslik xususiyati ulardan ratsi-onal foydalanishni, qazib olib kayta ishlash jarayonlarida nobudgarchilikni kamaytirishni taqozo etadi.

Download 321,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish