Mavzu: Moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlariga transformatsiya qilish masalalari. Reja: Kirish. Asosiy qism: Moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilish Xalqaro standartlarga yaqinlashish



Download 270,78 Kb.
bet5/10
Sana16.01.2022
Hajmi270,78 Kb.
#375466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs iwi final

Uchinchidan, MHXSlari darajasiga yetkazish uchun tegishli to‘g‘irlashlar kiritish, qo‘shimcha provodkalar jadvalini ishlab chiqish kerak.

To‘rtinchidan, tegishli to‘g‘irlashlar buxgalteriya provodkalari yordamida kiritilgandan keyin MHXSlari talablariga muvofiq keladigan hisobotni tuzish.

Beshinchidan, MHXSlariga o‘tishda atamalardan to‘g‘ri foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotlardagi atamalar, ko‘rsatkichlarning nomlanishi, ularning qisqarmasini xalqaro standartlarga mos keladigan atamalarga o‘tkazish lozim. Agarda ko‘rsatkich qayta guruhlanish, baholash asosida qiymati xalqaro standartlarga muvofiq kelsada uning nomlanishi muvofiq bo‘lmasa, uni o‘qish qiyinlashadi, chalkashliklarga olib keladi. Shu bois, atamalar tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi. Milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga transformatsiya qilishning yagona metodologiyasi mavjud emas. Har bir korxona o‘zining moliyaviy- xo‘jalik faoliyati xususiyati, resursi va xodimlarining professional darajasidan kelib chiqib transformatsiya jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq. Fikrimizcha, har bir korxona moliyaviy hisobot transformatsiyasi bo‘yicha hisob siyosatini ishlab chiqishi shart. Shu bois, kompaniyada moliyaviy hisobot transformatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak:

Kompaniyada MHXSlari bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotiga zaruriyat

bo‘lishi kerak. Kompaniyaning ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarida MHXS bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotdan foydalanish va uning asosida qarorlar qabul qilishiga muhit yuzaga kelishi shart;

·   milliy standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot obyektiv, ishonchli, uyg‘un va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlariga to‘liq muvofiq kelishi kerak. Auditorlik xulosasi olinishi maqsadga muvofiq. Farqlanishlar va qalbakilashtirish hamda milliy standartlar talablaridan chetlanishlar katta bo‘lgan hollarda transformatsiya kutilgan natijani bermaydi. Chunki, BHMSlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot MHXSlari bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga xomashyo hisoblanadi.

·   korxonaning zamonaviy menejment tizimi, xususan moliyaviy departament boshqaruv tizimi, uning tarkibida moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi mavjud bo‘lishi kerak.

·   kompaniya barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lishi kerak. Barqaror bo‘lmagan, surunkali zarar bilan ishlaydigan kompaniyalar moliyaviy hisobotini transformatsiyasi yetarli shaffof bo‘lmaydi va kutilgan natijani bermaydi.

·   kompaniyada MHXSlarini biladigan, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida chuqur professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan, iqtisodiy matematikani qo‘llay oladigan mutaxassislarga ega bo‘lishi kerak. Chunki, transformatsiya qiyin, murakkab va professional yondashuvni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Chet tilini mukammal biladigan va soha bo‘yicha xorijda malaka oshirgan, xorijiy kompaniyalarda moliya sohasida ishlagan mutaxassislarga zarurat mavjud.

MHXSni qo‘llashda ayniqsa birinchi hisobotni tuzishga juda katta eʼtibor qaratish kerak. Bu borada G. Islomovaning “MHXS bo‘yicha dastlabki hisobotni taqdim etish juda sermehnat va murakkab jarayon bo‘lib, ko‘rsatkichlarni talqin qilish chog‘ida malakali yondashuv, juda katta hajmli ishonchli axborotni professional baholash va yig‘ishni talab qiladi. 2015 yil uchun MHXS bo‘yicha dastlabki hisobotni tuzish uchun kompaniya hozirdanoq avvalgi yillar uchun hisobotni transformatsiyalashni, aktivlar va majburiyatlarni baholashni boshlashi kerak. Joriy hisobot yilini “yopgandan” keyin uni chop etish uchun 2015 yilgi MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish kerak” [8] degan fikrlariga to‘liq qo‘shilamiz.

MHXSlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzishda “Mazmunning shakldan ustunligi” tamoyiliga amal qilinadi. Bu shuni anglatadiki, bizning milliy hisob tizimimizda barcha jarayonlar yalpi va uzluksiz hujjatlashtiriladi. Xalqaro tamoyillar esa operatsiyaning qanday shaklda va hujjatda rasmiylashtirganligiga emas, balki uning iqtisodiy mohiyatiga eʼtibor qaratadi. Masalan, adolatli qiymat asosida baholanishi ko‘p jihatdan jarayonning iqtisodiy mazmunini to‘laroq tavsiflaydi. Shu bois, xalqaro standartlar adolatli baholashga ustuvor ahamiyat qaratadi. MHXSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning bosh sifat tavsiflaridan bo‘lib uning uyg‘unligi, yaʼni qabul qilinayotgan qarorlarga qanchalik darajada taʼsir ko‘rsata olishi hamda ishonchliligi, yaʼni axborotlarning qanchalik darajada obyektiv va haqqoniy jarayonlarni aks ettirishi bo‘lib hisoblanadi.

Adabiyotlarni o‘rganish asosida xulosa qilish mumkinki, transformatsiya jarayonini bir qancha bosqichlarga ajratish mumkin. Bunga har bir kompaniya o‘z imkoniyatlari va professionallik darajasida yondashadi. Fikrimizcha, har qanday bajariladigan ishni shartli ravishda uchta bosqichga ajratishimiz mumkin, masalan birinchi bosqich shu ishni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rish, keyin ikkinchi bosqichda uni amalga oshirish va so‘nggi uchinchi  bosqichda natijaga erishish va uni foydalanuvchilar va buyurtmachilarga yetkazish bosqichlariga ajratish maqsadga muvofiq. Shu naqtai nazardan kelib chiqadigan bo‘lsak, transformatsiya jarayonini ham shartli ravishda tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish hamda natijaga erishish va uni taqdim etish bosqichlariga ajratishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi:




Download 270,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish