Mavzu: Munis-tarixnavis tarjimon



Download 51 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2022
Hajmi51 Kb.
#678592
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hujjat


Mavzu:Munis-tarixnavis tarjimon

Mundarija




    1. Kirish...........................................................................................

    2. Munis Xorazmiy.........................................................................

1.3 Shoir Ijodi Haqida.......................................................................
2.1 Munis ,,savodi ta’lim” asari.......................................................

2.2 Xulosa...........................................................................................


2.3 Faoydalanilgan adabiyotlar.........................................................

1.1 KIRISH
Munis Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778— Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1829) — oʻzbek shoiri, tarixnavisi, tarjimonixattoti va maʼrifatparvari.Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-yilda otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq Munis Xorazmiyni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan.Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida tugʻildi. 1800-yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813-yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.Munis „Munisul-ushshoq“ („Oshiqlar doʻsti“) nomli devon (1804–1805) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda koʻchirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari OʻzFAShI qoʻlyozmalar fondida saqlanadi(inv.¹ 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning sheʼriy merosi 10000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning „Ravzat us-safo“ asarini oʻzbek tiliga tarjima qiladi. 1804-yilda arab alifbosini oʻrganishga bagʻishlangan „Savodi taʼlim“ nomli sheʼriy manzumani yaratdi. Tarixiy asarlari N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Ya.Gʻulomov, Q.Munirov tomonidan, adabiy merosi V.Abdullaev, S.Dolimov, R.Majidiy, N.Jumaev va boshqa olimlar tomonidan oʻrganilgan. Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, bilimi, salohiyati va kuch-quvvatini sheʼriyatga, ilm-fan va maʼrifatga bagʻishlagan. Munis 1804-yilda birinchi sheʼrlar devoni — „Devoni Munis“ni yaratgan. 1806-yilda Eltuzarxon Munisga Xiva xonligi haqida kitob yozishni topshirgan. Munis oʻz asarini Shergʻozixon davrigacha yozib yetkazganda, Eltuzarxon fojiali halok boʻladi. Munis kitobini davom ettiradi va 1819-yilda Mirxondning „Ravzat ussafo“ („Soflik bogi“) tarixiy asarini turkiy tilga tarjima qilishni boshlaydi. Munis bu asarning 1jildini tarjima qilishga ulguradi. U bu ikki asarni ham tugata olmay vafot etadi. Uning „Firdavs ul-iqbol“ („Baxtlar bogi“) asarini va „Ravzat ussafo“ tarjimasini shogirdi Ogahiy nihoyasiga yetkazadi.
1.2 Munis Xorazmiy
Amir Avazbiy oʻgʻli Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmdayashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va marifatparvardir.Munis oʻzbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli oʻrinni egallaydi. U muarrix sifatida oʻzining “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarini yozdi, shoir sifatida devon tuzdi. Tarjimon sifatida tarixiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qildi, pedagog sifatida “Savodi taʼlim” nomli risola yozdi. Munisning hayoti va ijodini oʻrganar ekanmiz, avvalo uning adabiy va tarixiy asarlariga murojaat qilamiz. U oʻzining “Munis ul-ushshoq” devoniga yozilgan soʻzboshida va “Firdavs ul-iqbol” nomli tarixiy asarida tarjimai holiga oid anchagina maʼlumotlar keltirgan.Munis 1778 yili Xivada tugʻildi. “U Xivadagi Qiyot qishloqlik Avazbiy Mirobning oʻgʻlidir”. Uning ota-bobolari xonlar saroyida miroblik ishlarini boshqarib kelganlar.U yoshlik chogʻlaridan boshlab ilm olishga qiziqib, tarix va adabiyotga mehr qoʻydi. Dastlabki maʼlumotni Qiyot qishlogʻida olib,keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqidi. 1800 yilda otasi vafot etgach, Xiva xoni AvazInoq Munisni Xiva saroyining farmonnavis kotibi qilib tayinlaydi. Munis zamonasining mashhur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, oʻzini ilm-fan, maʼrifatga bagʻishladi. Oʻzidan ilgari yashagan shoir va tarixchilarning asarlarini ishtiyoq bilan oʻrganadi. Bu hol Munisning quyidagi sheʼrida yaqqol koʻzga tashlanadi:
Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur manga,
Manzili maʼniga Xizri roh Jomiydur manga.
Xotirimgʻa Xisraviydin har zamon shoʻre yetib,
Banda davronning bari shirin kalomidur manga.
Pir Ansoriy soʻzidan choshni nutqum topib,
Soʻzda hosil sharbati yuhyal Nizomiydur manga.
Hofizi Sheroz, Lutfiydin taraqqiylar topib,
Jilvagoh aqli tasavvufning maqomidur manga.
Yuzima Attor har lahza doʻkoni fayz ochib,
Doim andin atrparvar jon mashomidur manga.
Fayzi Firdavsiy gahi qoʻnglum ochib firdavsdek,
Goh Xoqoniy futuhining payomidur manga.
Goh taʼbim Anvariy nuri bila ravshan boʻlub,
Goh Saʼdiy jomining fayzi mudomidur manga.
Topibon ishqi Iroqiydin zamirim nashʼayi,
Hosil ahli ishqning shoʻri tamomi dur manga.
Nusxai taʼyid Bediddin topib, Fayzi suxan,
Maʼni ichra nomayi Iqbol nomidur manga.
Qilsa hosil daxp bejo soʻz aro yoʻqdir gamim,
Kim bu maʼnida Navoiy ruhi homiydur manga.
Tong emas, Munis, agar boʻlsam Kiromiy qadrikim,
Ustozi zohiru botin – Kiromiidur manga.
Bu gʻazalda keltirilgan maʼlumotdan Munisning qator sharq mumtoz shoirlarining ijodidan bahramand boʻlganligi koʻrinib turibdi. Munis yoshligidanoq sheʼr yozish bilan mashgʻul boʻlgan va oʻzidan ilgari oʻtgan tarixchilarning asarlarini zoʻr havas bilan oʻrgangan. Shoir birinchi yoshlik devonini 1804 yilda tuzdi. 1813 yilda barcha sheʼrlarini toʻplab “Munis ul-ushshoq” deb nomlangandevon tuzdi.Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Sharq qoʻlyozma asarlar fondida Munis devonlarining bir necha qoʻlyozma nusxalari saqlanmoqda. Ulardan1330-raqamli qoʻlyozma Munis 27 yoshga kirgan vaqtda 1804–1805 yili shoir tarjimai holidan koʻchirilgan. Devon oxirida quyidagi toʻrtlik keltirilgan:
Muniso, toʻkmay yigirma yetti yosh,
Vah, yigirma yetgi uzra yetti yosh.
Yosh kabi mashgʻullik qilmoq nedur,
Har qachonkim suhbatishta yetti yosh.
Shoirning bu devonidan uning gʻazallari, muxammaslari, musaddaslari, ruboiylari va boshqalar oʻrin olgan. Devonning oxiida muallifning “Savodi taʼlim” nomli ilmiy asari ham bor boʻlib, unda xattotlik qoidalari bayon etilgan.Shoir sheʼriyatida goʻzallik va muhabbatni kuylagan boʻlsada, uning gʻazallarida oʻsha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot ham oʻz ifodasini topgan. Zamonasining ilgʻor fikrli kishisi sifatida u oʻzi yashayotgan hayotda faol ishtirok etdi. Munis tarixnavis olim sifatida Xorazm tarixiga oid qimmatli “Firdavs ul-iqbol” nomli muhim tarixiy asarini ijod etdi. Olim oʻz asarini sharq tarixchilarining anʼanasiga muvofiq hamd va naʼt boʻlimlar bilan boshlagan. Soʻngra oʻz hayoti va asarining yozilishi haqida qisqacha maʼlumot berib, Xorazm tarixini yozgan.Asar muqaddima, besh bob va xotimadan iborat.I bobda Odam Atodan to Nuh paygʻambar avlodigacha boʻlgan hodisalar bayon etilgan. II bobda Yefasdan Qoʻngʻirot shoʻbasigacha boʻlgan Moʻgʻul hukmdorlari davri xususida fikr yuritilgan. III bobda Kurlos avlodiga mansub podshohlar davrida sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan. IV bobda Eltuzorxonning ota-bobolari hayoti tasvirlangan. V bobda Eltuzorxonning tugʻilishidan bu asarning yozilib tamom boʻlishiga qadar sodir boʻlgan voqealar xususida qalam tebratilgan.Xotima esa olimlar, avliyolar, amirlar, beklar, shoirlar, hunarmandlar haqida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.Munis “Firdavs ul-iqbol” nomli asarini yozib tamomlay olmagan. U qadim zamonlardan boshlab Muhammad Rahimxon I hukmronliganing yettinchi yiligacha (1813) boʻlgan voqealarni yozishga ulgurgan. Uning bu chala qolgan asarini shogirdi Ogahiy davom etdirgan. Ogahiy bu asarni qanday qilib davom etdirganligini quyidagicha bayon etadi. Eltuzorxon xonlik qilgan davrda Munisni chaqirib, Xorazm tarixini yozishni buyuradi. Munis oʻz asarini Shergʻoziyxon davrigacha yozib yetkazganda Eltuzorxon vafot etadi.Undan soʻng davlat tepasiga uning birodari Muhammad Rahimxon I keladi.Muhammad Rahimxon I Munisga oʻz asarini davom etdirishni buyuradi. Munis asarni davom etdirarkan, Muhammad Rahimxon I hukmronligining yettinchi yilida sodir boʻlgan voqealarni yozib tamomlaganda, xon 1819 yili Munisga Mirxondning mashhur “Rav-zat us-safo” nomli tarixiy asarini oʻzbek tiliga tarjima qilishni buyuradi. Munis bu asarning birinchi jildini oʻzbek tiliga tarjima qilib, ikkinchisini davom etdirayotganida Muhammad Rahimxon I vafot etadi. Uning oʻrniga oʻgʻli Ollohqulixon keladi. Bu ham Munisga tarjimani davom etdirishni buyuradi. Biroq Munis ikkinchi kitobni oxiriga yetkazaolmay, 1829 yili vafot etadi. Ollohqulixon taxtga oʻtirgandan keyin 1839–1840 yili Munisning shogirdi va uning tarbiyasini olgan Ogahiyni chaqirib, 1813 yil voqealarini bayon etish bilan uzilib qolgan “Firdavs ul-iqbol” asarini davom etdirishni buyuradi. Ogahiy 1813 yildan boshlab Xorazmda sodir boʻlgan voqealarni yoza boshlaydi.Tarixnavis olim Munisning “Firdavs ul-iqbol” nomli asari uzoq davrni qamrab olgan Markaziy Osiyo, ayniqsa Xiva xonligi tarixini oʻrganishda boy qimmatli tarixiy asardir. Asarda Xorazmning qadimiy davri bilan bir qatorda, Xiva xonligining 1825 yilgacha boʻlgan siyosiy tarixi mufassal bayon etilgan, toj-taxt, boylik uchun olib borilgan kurashlar va shuningdek, Xiva xonlarining qoʻshni turkman va qoraqalpoq xalqlari bilan boʻlgan munosabatlari haqida ham koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.Asarda Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini oʻrganish boʻyicha ham anchagina maʼlumotlar bor. Xiva xonligining Buxoro, Qoʻqon xonliklari, Rusiya bilan olib borgan diplomatik va savdo-sotiq munosabatlari, xonliqdagi sugʻorish, soliq, qurilish ishlari oʻsha davrda yashagan olimlar, shoirlar hayoti, ijodi qalamga olingan.Shunday qilib, Shermuhammad Munis Xorazmiy oʻz davrining talantli shoiri, atoqli tarixnavis olimi, davlat arbobi va mohir tarjimoni boʻlgan. Uning asarlari oʻzbek xalqi madaniyati tarixini oʻrganishda ajoyib manba boʻlib xizmat qiladi. Munis kitobini davom ettiradi va 1819 yilda Mirxondning «Ravzat us-safo» («Soflik bog‘i») tarixiy asarini turkiy tilga tarjima qilishni boshlaydi. Munis bu asarning 1-jildini tarjima qilishga ulguradi.U bu ikki asarni ham tugata olmay vafot etadi. Uning «Firdavs ul-iqbol» («Baxtlar bog‘i») asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi Ogahiy nihoyasiga etkazadi.
Munisning «Firdavs ul-iqbol» asari uzoq davrni qamrab olgan bo‘lib, Markaziy Osiyo, ayniqsa, Xiva xonligi tarixini o‘rganishda qimmatli manbadir.Asarda Xorazmning qadimiy davri bilan bir qatorda, Xiva xonligining 1825 yilgacha bo‘lgan siyosiy tarixi bayon etilgan, toj-taxt, boylik uchun olib borilgan kurashlar va, shuningdek, Xiva xonlarining qo‘shni turkman va qoraqalpoq xalqlari bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ham ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Asar muqaddima, 5 bob va xotimadan iborat. Xotima esa olimlar, avliyo, amir, bek, shoir, hunarmandlar haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Munis o‘z davridagi sug‘orish inshootlari va er-suv munosabatlariga doir «Arnalar» (arna-anhor, kanal) nomli risola ham yozgan. Bu risola 18-asr oxiri va 19-asr boshlaridagi dehqonchilik bilan bog‘liq, ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishda ahamiyatli.
Munisning asosiy adabiy merosi – 1815–20- yillarda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiqlar do‘sti») devoni g‘azal, muxammas, kasida, ruboiy, qit’a va boshqa janrlardan iborat bo‘lib, 20000 dan ziyod misrani o‘z ichiga olgan. U xattotlar tomonidan qayta-qayta ko‘chirilib, 1880 yilda Xiva toshbosmasida nashr etilgan[4].
Munis Navoiyning «Mezon ul-avzon», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarlarini kitobat qilgan (1794, 1797). Ayniqsa, «Mezon ul-avzon»ni oldingi ayrim xattotlar yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatib, savodli ko‘chirgan. Bu uning aruz ilmining xos bilimdoni ekanligidan ham dalolat beradi.
Munisning savod chiqarishni engillatish va xusnixat san’atini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan «Savodi ta’lim» (1804) she’riy risolasi ham bor. Devonlarining bir necha qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Sharq qo‘lyozma asarlari fondida saqlanadiAdabiyotshunosligimizda Munis hayoti va ijodiga doir ko`plab ishlar qilindi.
Chunonchi, shoirning ijodiy merosiga aloqador bo`lgan qo`lyozma va litografik asarlar Xiva, Urganch, Samarqand, Buxoro va Dushanbe kutubxonalarida, ayniqsa Toshkentda ko`proq to`plandi. Munisning adabiy faoliyatiga doir bir necha maqola va tadqiqotlar bunyodga keldi. Dissertatsiyalar yozildi. Munis asarlari majmua va darsliklarga antologiya va to`rt tomlik “O`zbek adabiyoti”ga kiritildi. Shoiring o`n ming misragacha she`ri aloo`ida “Devon qilib nashretildi.
Bulardan ko`rinadiki, Shermuhammad Munisning ijodi keng o`rganilmoqda.
Hozirda Munis ijodining namunalaridan keng kitobxonlar ommasiga yetkazishda katta yutuqlar qo`lga kiritildi.
Munis asosan lirik shoirdir. Devonining nomidan ko`rinib turibdiki,
she`rlarining asosiy qismi muhabbat taronalaridir. Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy va falsafa mavzusidagi asarlar g`oyat siyrakdir. Munis talqinicha, she`r jahon xalqlari dillarini oson zabt eta oladigan eng
qudratli quroldir. U bitmas tuganmas buloq, qulash nimaligini bilmaydigan buyuk
koshona, bag`ishlov she`rlar kishilarni abadiylashtiruvchi mislsiz vositadir. Shoir haqli ravishda she`r va uning manbaini adabiyotga dao`ldor xodisalar sifatida belgilaydi. Munis aksariyat g`azallari nio`oyasida she`riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ruo`ida ko`mak va tarbiya kutadi. Munis ijodida ko`plab talmeh sa`atiga murojaat qiladi. U she`rlarida, g`azallarida tarixiy shaxslardan Navoiy, Sulton Xusayn, Mao`mud g`aznaviy, Firdavsiylarni keltiradi. Munisning ko`p she`rlari musiqaga solinib, xofizlar tomonidan aytilmoqda. Munis devoni asosan iloo`iy va insoniy muhabbat kechinmalari talqinidaniborat bo`lsada, san`at sankor moo`iyati ijtimoiy hayotning dolzarb masalalari aks etgan g`azallari ham uchrab turadi. Munis “So`z”, ”Shuaro” she`larida she`r va ijodkor qadr qimmati haqida qalam tebratadi:She`r ul tig`i dudamdurkim, jahonni fatx etar,
Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoo`.
She`r ul nemat erurkim, har necha bazm etsalar,
Lazzati ortar, dog`i qadrig`a topmas nuqs roq.
Munis qasida janrida ham barakali ijod qiladi. U qasidalarini asosan Avazbek inoqqa bag`ishlab unga maqtovlar yog`diradi. Munis ijodida jamiyat o`zgarishlari ham o`z aksini topadi. Muhammad Raximxon vafotidan so`ng hukmronlik uning katta o`g`li Olloquliga o`tadi. Munis hayotining keyingi to`rt yili Olloquli o`ukmronligi davrida o`tadi. Munis o`zining bu davrida yaratgan baytlarida Olloqulini mamlakat obodonligi, elementlar osoyishtaligi uchun harakat qilishga da`vat etish payida bo`ldi. Muhammad Rahimxon hukmronligining ettinchi yili Munis o`z she`rlarini to`plab devon tartib bera boshladi. Devonga kiritilgan she`r turlari va baytlarining soni haqida shoirning o`zi “Munis ul -ushshoq” ning debochasida quyidagilarni yozadi. “...Garro qasidalar, dil gusho g`azallar, fasohatayin tarkibbandlar, latofat tazyin qit`alar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy va muammolar, shirin masnaviy va g`amgin tuyug`lar va g`ayr ham taxminan olti ming baytdir”[6]. Mumtoz poeziyaning xilma -xil turlari bo`yicha yaratilgan baytlari o`z ichiga olgan ana shu “Munisul ushshoq” devonining bir qo`l yozma, ikki tosh bosma varianti bor. “Munisul ushshoq” devonining muallifi O`zbek adabiyoti xazinasiga qimmatbaho durdonalar qo`shish yo`lida she`r san`ati ustida qanday ishlaganini she`rlarining mavzui doirasi g`oyaviy mazmuni, badiiy saviyasi qanday ekanini klassiklardan yoki zamondoshlardan kimlar unga ustozlik qilganini umumiy tarzda devonda o`n sakkizinshi she`rida ko`rish mumkin.
Ma`lumki, Munisning hayoti Xiva xonligiga saroy doirasi bilan bog`langan holda o`tdi. Lekin u saroy muo`itida yashagan bo`lsada, o`zining fikr hayoli bilan xalq tomoniga intilib, ish olib borgan. 
1.3 Shoirning ijodiy merosi.
Munis keng ko'lamli ijod sohibidir. U badiiy ijodda o'zbek adabiyotidagi go'zal she'riyat namunalarini yaratdi. Ilmiy she'riyat namunasi bo'lmish ma'rifiy ruhdagi "Savodi ta'lim" risolasini yozdi. Tarixchi sifatida "Firdavs ul-iqbol" (Sao-
dat bog'i) asarini bitib, Xorazm o'tmishiga oid qadimdan to 1812-yilgacha bo'lgan voqealarni yoritib berdi. Keyinchalik uni Ogahiy nihoyasiga yetkazdi. Tarjima bilan ham shug'ullangan adib Mirxondning "Ravzat us-safo" asarini forsiydan o'zbek tiliga
o'girib (asarning birinchi jildini), uning o'zbek xalqi ma'naviy mulkiga aylanishiga hissa qo'shdi.
Xattotlik san'atida beqiyos kamolot kasb etgan Munis Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarini 1794-yilda ko'chirgan. Shuningdek, u 1797-yilda daho ijodkorning "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" nomli asarini ham husnixat bilan kitobat qildi.
Munis, shuningdek, meloratsiyaga oid iqtisodiy xarakterdagi Xorazm sug'orilishi tarmoqlari haqida "Ornalar" nomli asar yaratib qoldirdi.
Bu ijod turlari ichida, albatta, she'riyat Munis uchun qadrli va suyukli edi. U 1804-yili 27 yoshda ekan o'zining ilk devonini tuzgan. Shoir 1814— 15-yillarda adabiy merosini hajman to'liq aks ettirgan to'plamini — "Munis ul-ushshoq" (Oshiqlar do'sti) nomli mukammal devonini yaratdi.
Mukammal devonda jami 10000 baytga yaqin she'riy asar mavjud.
Munis mumtoz adabiyotda mavjud bo'lgan deyarli barcha she'riy janrlarda ijod etgan. Ayniqsa, uning qasida janri taraqqiyotiga qo'shgan hissasini alohida qayd etish kerak. Shoir Avazbiy inoq, Eltuzarxon, Muhammmad Rahimxon I, Olloqulixon singari hukmdorlar va o'z davrining boshqa mashhur shaxslariga atab bir necha qasidalar yozgan. E'tiborli jihati shundaki, qasidalarida u madh qilinayotgan bir shaxsga xos eng muhim jihatni ko'rsatgan holda, ko'nglidagi o'ylarini, orzularini qog'ozga tushiradi, ularga pand-nasihat qiladi. Minba'd maddohlik, xushomadgo'ylikka berilmaydi. Shuning uchun Munisning qasidalarida didaktik mazmun yetakchilik qiladi.Aksariyat mumtoz adiblar singari g'azal Munis she'riyatining ham asosiy janridir. Uning shoir sifatidagi mahorati, o'ziga xosligini avvalo g'azallarida kuzatishimiz mumkin. Adabiyotimiz tarixidagi hajman eng katta g'azallarni aynan u yozgan. De-vonidan joy olgan g'azallar orasida yigirma uch, yigirma to'rt, hattoki, o'ttiz uch baytdan iborat bo'lganlari borki, bunaqasi boshqa o'zbek shoirlari ijodida deyarli uchramaydi. Munis shoir sifatida she'rning qudratini juda yaxshi his etadi, unga yuksak baho beradi. "She'r ul tiyg'i dudamdurkim..." she'rida quyidagi satrlar bor:She'r ul tiyg'i dudamdurkim, jahonni fath etar

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish